Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yollar terma jamoasi 9-aprel tunida AQSh terma jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi.
Kolumbus shahrida (Ogayo shtati) kechgan bahsda mezbonlar 9:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Amerikaliklar safida Sofiya Smit het-trik qayd etgan bo‘lsa, Endi Sullivan, Mellori Puj, Katerina Makario, Jeylin Houell, Eshli Hetch va Eshli Sanches bir martadan o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. O‘zbekistonliklar safidagi yagona golga Aziza Norboyeva muallif bo‘ldi.
Terma jamoalar 12-aprel kuni yana bir o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu o‘yin Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, AQSh ayollar terma jamoasi amaldagi jahon chempioni va FIFA reytingi yetakchisi hisoblanadi.
O‘rtoqlik o‘yini
9-aprel, shanba
AQSh — O‘zbekiston 9:1
Gollar: 1:0 – 26 Endi Sullivan, 2:0 – 27 Mellori Puj, 3:0 – 33 Sofiya Smit, 4:0 – 35 Sofiya Smit, 5:0 – 46 Katerina Makario, 6:0 – 57 Sofiya Smit, 7:0 – 64 Jeylin Houell, 7:1 – 70 Aziza Norboyeva, 8:1 – 86 Eshli Hetch, 9:1 – 90 Eshli Sanches.O‘zbekiston: Tilovova, Zaripova, Tojiddinova, Irisboyeva, Turdaliyeva, Panjiyeva, Ablyakimova, Zariboyeva, Qudratova, Norboyeva, Habibullayeva.
Zaxira: Saidova, Uzganova, Nabiyeva, Qo‘chqorova, Zayniddinova, Ergasheva, Mirzayorova, Takaboyeva, Vohidova, Jo‘raboyeva, Kamoltoyeva, Husniddinova.
Izoh (0)