Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 31-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 9-aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Real” “Santyago Bernabeu”da “Xetafe”ni qabul qildi. Asosan mezbonlar ustunlik qilgan bahsda hisob 38-daqiqada Kazemiro tomonidan ochildi. 68-daqiqaga kelib esa Lukas Vaskes oradagi farqni oshirdi. Shundan so‘ng darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.
Shu tariqa “Real” o‘z maydonida ishonchli g‘alabani rasmiylashtirib, chempionlik yo‘lidagi muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Jamoa 72 ochko bilan musobaqa jadvalini boshqarmoqda. 2-o‘rindagi “Sevilya” “qirollik klubi”dan naq 12 ochkoga ortda qolmoqda. “Xetafe” esa 32 ochko bilan 14-pog‘onada joylashgan.
“Atletiko M” kutilmaganda penaltidan o‘tkazib yuborilgan gol evaziga “Malyorka”ga mag‘lub bo‘ldi.
La Liga
31-tur bahslari
9-aprel, shanba
“Real” – “Xetafe” 2:0
Gollar: 1:0 – 38 Kazemiro, 2:0 – 68 Vaskes.“Real”: Kurtua, Alaba (Nacho, 86), Militao, Marselo, Kazemiro (Sebalyos, 75), Valverde, Kamavinga, Vaskes, Benzema (Beyl, 74), Vinisius Junior (Asensio, 83), Rodrigo.
“Xetafe”: Soriya, Suares, Mitrovich, Jene, Kuenka (Kabako, 82), Olivera, Maksimovich (Yokushlu, 86), Alenya (Oskar Rodriges, 46), Vilyar (Florentinu, 74), Unal, Mayoral (Sandro Ramires, 46).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (44), Valverde (45), Olivera (76), Jene (79).
Izoh (0)