• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yakkalangan odamlar, 30 kishilik to‘ylar, karantinda o‘tgan kunlar. O‘zbekistonda koronavirus kasalligi aniqlanganiga ikki yil to‘ldi

    O‘zbekiston tarixida 2020-yil 15-mart sanasi uzoq vaqtgacha unutilmasa kerak. Sababi, aynan shu kuni respublikada COVID-19 kasalligi bilan bog‘liq ilk holat aniqlangani e’lon qilingandi. Oqibati va natijalari qanday bo‘lishi noayon kasallik oldida ko‘pchilik avvaliga jim turdi, keyin ojizligini fahmlab, chora izlashga tushdi. Vaksina yaratilib, kasallik xurujini pasaytiradigan vositalar topilguncha har kim bilganicha davolandi. Lekin haligacha ushbu yuqumli ofatni batamom quritadigan davo usuli, dori-darmon topilgani yo‘q.

    “Daryo” o‘tgan vaqt oralig‘ida qanday voqealar yuz bergani, maxsus komissiya qarori bilan necha bor karantin e’lon qilinib, qayta-qayta cheklovlar joriy etilgani, kasallikdan vafot etganlar soni, dastlabki vaksina va boshqa holatlarni bir yerga jamladi.

    Noma’lum ofat qarshisida ojiz qolganda…

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    O‘zbekiston hukumati 16-martdan boshlab barcha yo‘nalishlardagi aviaqatnovlarni bekor qildi. Temiryo‘l orqali kirib keladigan poyezdlar uchun uch kunlik muhlat berildi. Mamlakatda barcha ommaviy tadbirlar, bayram dasturlari, konsertlar, diniy tadbirlar, to‘ylar o‘tkazilishi to‘xtatildi. Barcha ta’lim muassasalari ta’tilga chiqarildi. Talabalar ham uylariga qaytarildi.

    Buni avvaliga qisqa muddatli ta’til, vaqtincha davom etadigan cheklov deb o‘ylaganlar tez orada adashganini tushundi. Kasallik hali uzoq vaqt O‘zbekistonda ham “mehmon” bo‘lishi, kimlarnidir oramizdan olib ketib, boshqalarni qattiqroq siqishini hech kim oldindan aytolmasdiyam. Bu haqiqiy sinov edi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Xorijda qolayotgan vatandoshlarni ortga qaytarish bo‘yicha rejalar ishlab chiqildi. Mart oyining boshlarida kasallikning yangi o‘choqlaridan biri — Janubiy Koreyaning Seul shahridan o‘zbekistonliklarni olib kelish bo‘yicha charter reys amalga oshirilаdi.

    Shuningdek, yana bir qator xorij davlatlarida qolayotgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelinib, maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasalarida 14 kunlik karantinga olindi. Kasallik kirib kelishining oldini olish maqsadida 2020-yilning 4-mart kuniyoq O‘zbekistonga 14 ta davlatdan kelgan xorij fuqarolarini karantinga olish haqidagi qaror e’lon qilinаdi.

    COVID-19 kasalligi bilan bog‘liq holatlar ko‘paygani sari qo‘shimcha choralar ham ko‘rildi. Jumladan, 2020-yil 25-martdan boshlab ko‘chaga himoya niqobisiz chiqqan fuqarolar jarimaga tortila boshlandi.

    Uyga qamalganlar “dard”i

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Dastlab Toshkent shahri yopilgan bo‘lsa, uning ortidan birin-ketin boshqa shaharlar ham yopila boshladi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi keng miqyosda tarqalishining oldini olish maqsadida 27-mart kuni soat 10:00 dan boshlab viloyatlararo yo‘nalishlarda barcha turdagi avtotransport vositalarining harakatlanishi to‘xtatiladi.

    Bir so‘z bilan aytganda, butun dunyo uyiga, kasallik qo‘li yetmas joylarga qamalishga oshiqdi. Uyida o‘tirib, ishi, muayyan ma’noda erki, halovatini yo‘qotganlarning ko‘pi yangi turmush tarzi, qat’iy qoidalarga ko‘nikolmadi. Masofadan turib ishlash imkoni yo‘qlar esa daromadidan ayrildi, ro‘zg‘orni tebratish tashvishi ikki hissa oshdi. Lekin shunda ham hayotini bir izga tushirib, kulfatdan yo‘l topib chiqib ketganlar ham uchradi. Ammo inson irodasi, sabri, matonati va aqlini beayov sinaydigan kasallikka hammayam dosh berolmadi.

    Mavzuga doir: “Ular bir marta o‘lsa, biz 10 marta o‘ldik”. Zangiotada koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarning yo‘qotgan bemorlari, qiyinchiliklari va kechinmalari haqida

    Koronavirusga chalinganlarni davolash va karantinda saqlanayotgan fuqarolarni joylashtirish uchun respublika hududida o‘ndan ortiq kasalxona qurilishi ham ma’lum qilindi.

    Maxsus karantin markazlari, kasallarni saralash va taqsimlash punktlari ham tezda tashkil etilib, dastlabki zarur chora sifatida qo‘l keldi.

    Toshkent shahrida tashkil etilgan saralash va taqsimlash punkti

    Toshkent shahrida tashkil etilgan saralash va taqsimlash punkti
    Foto: Shayxontohur tumani hokimligi

    24-martdan boshlab Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi.

    Bir kishi vafot etgani haqida 27-mart kuni ma’lum qilindi. SSV xabariga ko‘ra, bemor yurak xurujidan vafot etgan. Hamma kutgan yaxshi yangilik 29-mart kuni e’lon qilindi. Shu kuni kasallikka chalingan bemorlardan yetti nafari tuzalib, virusologiya markazidan chiqarildi.

    Iztirob va quvonch baravar kelsa...

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mamlakatda 30-martdan boshlab maxsus ruxsatnomasiz shaxsiy transport vositasidan foydalanish taqiqlab qo‘yildi. 2020-yil 30-mart kuni soat 06:00 dan 20-aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat berildi.

    O‘zbekistonda COVID-19 kasalligini yuqtirgan fuqarolar soni 2020-yil 30-mart holatiga ko‘ra 150 nafarni tashkil qildi. Ikki nafar bemor vafot etgan bo‘lsa, yetti kishi tuzalib ketdi. Ayni shu kunlari emas-u, yoz oylariga borib kasallik avji nuqtasiga yetganda yo‘qotishlar soni ancha oshdi. Yo‘qotilganlar iztirobi, tuzalayotganlar quvonchi baravar kelaverdi. Ayrimlarning vahima sabab kasallikni og‘ir o‘tkazgani esa eng yomoni bo‘ldi.

    Mavzuga doir: Koronavirusga chalingan chaqaloqlar, kodlangan xonalar, nafas ololmayotgan bemorlar. Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasidan reportaj

    Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, 2020-yilning 1-aprelidan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida “o‘zini yakkalash” hayot tarzi joriy etildi. 6-apreldan boshlab tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lganlar bozor va supermarketlarga kiritilmadi.

    Mavzuga doir: Toshkent shahridagi buyum va dehqon bozorlari karantin vaqtida (foto)

    O‘zbekistonda karantin davri uchun yangi tartiblar e’lon qilindi. Adliya vazirligi Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan karantinning 2020-yil 10-mayigacha uzaytirilganidan keyin amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi. Aynan mana shu qaror asosida kichik yengilliklar, sal yumshagan ruxsatlar taqdim etildi.

    Foto: Yashil-oq avtobuslar Toshkent ko‘chalariga qaytdi

    Shundan so‘ng, O‘zbekistonda aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasining tarqalish zanjirini uzish maqsadida 2020-yil 13-iyuldan 1-avgustga qadar respublika miqyosida qo‘shimcha karantin cheklovlari joriy etildi. Aynan mana shu karantin pallasida kasallik eng yuqori nuqtasiga chiqdi. COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olganlar soni rasman 60 ming kishidan oshdi. Shundan keyin sonlar o‘sishda davom etib, kasallik kuzgacha o‘z kuchini ko‘rsatib turaverdi. Vaziyat avgust oyiga borib, sal yumshadi.

    Ming mehmon o‘rniga 30 kishi

    2020-yilning 15-avgustidan fuqarolarga o‘z uyida 30 kishilik oilaviy tantana, to‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berildi.

    Foto: MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi

    Bunday qaror avvaliga ko‘pchilikka ma’qul kelmadi. To‘ylarini mingdan oshiq mehmon bilan o‘tkazishga o‘rgangan o‘zbeklarga 30 kishi juda kamdek, oilaviy marosim ko‘ngildagidek o‘tmaydigan, yetti mahallaga ovoza bo‘lmaydigandek tuyuldi. Lekin o‘zidan-da kuchli kasallik qarshisida boshqa iloj yo‘qligi, vaqt va umr g‘animatligi to‘ysevar o‘zbeklarni ozgina-yu sozgina, ixcham to‘y o‘tkazish mumkinligiga ishontirdi.

    Buni ayrimlar xayrli, ezgu ishga ulab, orttirilgan mablag‘ini saxovat uylariga, ota-onasini yo‘qotgan bolalarga va mehribonlik uylariga topshirib, yaxshiliklar ulashdi. Masalan, Qashqadaryo MIB  xodimi to‘ydan orttirgan puliga Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun kitob sotib oladi.

    Vaksina — najotmi?

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash 2020-yilning mart oyining birinchi yarmida boshlanishi ma’lum qilindi. Nurmat Otabekov O‘zbekistonda dastlabki bosqichda 50 mingga yaqin kishi COVID-19 ga qarshi emlanishini aytadi. Bunda birinchi navbatda koronavirus yuqish xavfi darajasi yuqori bo‘lgan shaxslar emlanib, qolgani faqatgina ixtiyoriylik tamoyili asosida amalga oshirildi. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari va vaksina uchun 3 trillion so‘m ajratish rejalashtirilgani ham bot-bot aytiladi.

    Ammo vaksina bilan bog‘liq turli mish-mishlar, asoslanmagan, soxta ma’lumotlar ham tarqalib, butun dunyo emlanishni yagona najot deb turganda, O‘zbekistonda bu jarayon ancha sekin kechdi. Hatto ko‘zbo‘yamachilik holatlari ham uchrab, odamlar faqat o‘zini aldashdan nariga o‘tolmadi.

    Mavzuga doir: 

    • Qashqadaryolik hamshira fuqaroga 100 ming so‘m evaziga vaksina bilan emlanganini tasdiqlovchi hujjat berib, ma’lumotni bazaga kiritayotganda fosh bo‘ldi. 
    • Vaksina olgan ayollar uch yilgacha farzand ko‘ra olmasligi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi. 
    2021-yil 27-mart kuni Toshkent xalqaro aeroportiga Xitoydan 1 million dozada Xitoy—O‘zbekiston ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelinadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    2022-yilning fevralida o‘zbekistonlik olimlar koronavirusning oldini olishga mo‘ljallangan sut yaratganini e’lon qildi. 2021-yili esa tadqiqotchilarimiz pomidordan koronavirusga qarshi vaksina yaratganini ham ommaga bildirishgandi.  Bu ikki vaksina natijasi yuzaga qalqib, amalda foydasi bo‘lgunicha aholi xorijda va o’zbek olimlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan turli nomdagi vaksinalar bilan emlanib kelinmoqda.

    COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2022-yil 15-yanvaridan boshlab O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga qarshi majburiy test topshirish joriy etildi va O‘zbekistonga kirishda majburiy ravishda ekspress-test topshirish talabi bekor qilindi.

    2021-yilning uchinchi choragiga kelib, vaziyat ancha yengillashgani, yo odamlar, yoki koronavirus muhitga moslashib, qo‘rqinchli, vahima va iztiroblarga to‘la kunlar o‘tib ketgandek bo‘ldi. 2020-yilning bahori yuqorida aytilganidek, omon qolgan, kasallikni boshidan kechirib, uning haqiqiy azobini his qilgan o‘zbekistonliklar xotirasida bir umrga qolishi aniq. “Daryo” yurtdoshlardan COVID-19 ilk marta kirib kelib, hali qandayligini oshkor qilmagan paytdan to bugungacha bo‘lgan kunlarini xotirlashni, kasallik sabab nimalarni topib, nimalarni yo‘qotganini so‘raganda ham aksar javoblarda o‘tgan vaqt og‘rig‘i bilindi.

    Mavzu bo‘yicha yakuniy xulosalarni aytishga vaqt erta, bizningcha. Yildan yilga o‘zgarayotgan, tashqi va ichki muhitga moslashib, mutatsiyaga uchrayotgan koronavirus hali uzoq yillar odamzod bilan yonma-yon yashasa ham hech kim ajablanmaydi. Yuqumli va kimga xavf solishi noma’lum kasallikdan gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish, emlanish, immunitetni kuchaytirish va imkon qadar hushyor bo‘lish orqali saqlanish mumkin.

    O‘tgan ikki yil bizga ko‘p narsani o‘rgatdi: yaqinlarimizni qadrlay boshladik, inson g‘animatligini bildik, sog‘lik eng katta boylik ekani, hayot shirin ne’matligi, cheklovlarsiz turmush baridan yaxshiligini, odam emin-erkin bo‘lmasa, o‘zi istagandek kun ko‘rolmasligini fahmladik. Eng asosiysi, vaqtning qadrini, shu choqqacha ulkan, fojia deb bilgan muammolarimiz aslida o‘ta arzimagan, mayda gaplar ekanini tushunib yetdik.

    15.03.2022, 10:26   Izoh (0)   106267
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 09:08

    Krishtianu Ronaldu terma jamoa safida gol urish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi

    Sport | 5 iyun, 09:00

    Tramp 12 mamlakat fuqarolariga AQSHga kirishni taqiqladi

    Dunyo | 5 iyun, 08:46

    Qo‘qonda kadastr inspektori 150 ming dollarni noqonuniy olayotganda qo‘lga tushdi (video)

    O‘zbekiston | 5 iyun, 08:34

    Millatlar Ligasi. Ronalduning goli Portugaliyani finalga olib chiqdi (video)

    Sport | 5 iyun, 07:16

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.