Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan 25-mart kunining o‘zida poytaxtda karantin rejimiga rioya qilmagan 101 kishi aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Profilaktika inspektorlari tomonidan mahallalar, do‘konlar, shuningdek, patrul-post xizmati xodimlarining Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari bilan jamoat joylarida kecha-yu kunduz olib borayotgan patrulliklari davomida quyidagilar aniqlandi:
  • tibbiy niqob taqmasdan yurgan 66 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 53-moddasiga ko‘ra (Sanitariya qonun hujjatlarini buzish) ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Ushbu moddaga ko‘ra fuqarolar bazaviy hisoblash miqdorining bir barobaridan uch barobarigacha jarimaga tortilishi mumkin;
  • 25 nafar fuqaro esa uy karantinini buzib, o‘zboshimchalik bilan ko‘chaga chiqqan. Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan bayonnomalar tuzilgan. Ushbu modda orqali fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Eslatib o‘tamiz, 23-martdan boshlab Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo‘lgan shaxslar ogohlantirilmoqda. 25-martdan boshlab esa niqobsiz yurganlar jarimaga tortilyapti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi