Daryo

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash mart oyining birinchi yarmida boshlanadi

Bu maqsadda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davolash profilaktika muassasalari qoshida 3138 ta emlash xonalari va 820 ta mobil brigadalar tashkil etilgan

2 daqiqa o‘qish68 920 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston aholisini koronavirusga qarshi emlash 2021-yilning mart oyi birinchi yarmida boshlanadi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtab ma’lumotiga tayanib, Sanitariya-epidemiologiya xizmati matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davolash profilaktika muassasalari qoshida 3138 ta emlash xonalari va 820 ta mobil brigadalar tashkil etilgan, ular barcha emlash ishlarini jadval bo‘yicha va bosqichma-bosqich amalga oshiradi.

“Respublika bo‘yicha xavf guruhiga kiruvchi aholini emlash ishlari yakunlanishi va respublikaga vaksina kelishiga binoan qolgan aholi ham emlanadi”, — deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, ayni paytda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan GAVI tashkilotining COVAX jamg‘armasiga, COVID-19 infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchi 12 ta yetakchi korxonalar bilan ushbu vaksinalarni xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Joriy yilning iyul oyiga Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.Ltd. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va respublikada o‘tkazilayotgan klinik sinovlari muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng koronavirusga qarshi vaksinasini sotib olinishi ham rejalashtirilayotgani ta’kidlangan.

Bundan avval Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbarining o‘rinbosari Botir Qurbonov O‘zbekiston aholisini koronavirusga qarshi emlash fevral oyining oxiri, mart oyining boshida boshlanishini aytgandi. Nurmat Otabekov O‘zbekistonda dastlabki bosqichda 50 mingga yaqin kishi COVID-19’ga qarshi emlanishini ma’lum qilgan. Moliya vaziri Timur Ishmetov 2021-yilda O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari va vaksina sotib olish xarajatlari uchun 3 trillion so‘m ajratishini bildirgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat dasturi bo‘yicha yig‘ilishda aholini koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlash zarurligini ta’kidlagandi.

O‘zbekistonda ayni vaqtda Xitoyning Anhui Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasi tomonidan yaratilgan ZF 2001 rekombinant vaksinasining sinovlari davom etmoqda. Ushbu vaksina sinovida ishtirok etadiganlar soni qariyb ikki baravar oshirildi.

Shuningdek, Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejasi ham mavjud. Rossiya O‘zbekiston “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadigan kompaniyani tanlashini kutmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda kimlar koronavirusga qarshi vaksina bilan birinchi navbatda emlanishi ma’lum qilindi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar