O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1 nafarga oshib, 150 kishiga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, infeksiya toshkentlik fuqaroda aniqlangan.

Avvalroq koronavirus infeksiyasi 2 nafar andijonlik ayolda, 1 nafar farg‘onalik erkakda va 1 nafar toshkentlik erkakda aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi chiroqchilik 14 yashar bolada aniqlangani, u Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgani haqida xabar berilgandi.