Yevropaning bir qator mamlakatlarida katta miqdorda o‘g‘irlik sodir etgan xalqaro qidiruvdagi jinoyatchi hibsga olindi, deb xabar beradi Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi.
Ma’lum qilinishicha, Makedoniyaning Interpol Milliy markaziy byurosi (MMB) ma’lumotlariga asosan hamda O‘zbekiston Interpol MMB xodimlarining tezkor harakatlari tufayli uyushgan jinoiy guruh a’zolaridan biri bo‘lgan ushbu shaxs O‘zbekistonda aniqlangan va qo‘lga olingan.
“Bugungi kunda, olib borilgan muzokaralar va olingan tezkor axborotlar tufayli xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs sodir etgan jinoyatlariga sud oldida javob berish uchun makedoniyalik hamkasblarga topshirildi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning oktabrida Seulda Janubiy Koreya Interpol xodimlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini chegara postini kesib o‘tish vaqtida qo‘lga olgandi.
Izoh (0)