• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga e’lon qilingan global boykotni to‘xtatadi

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasining O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha tuzilgan dasturga asosan, xalqaro matbuot-brifing uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Cotton Campaign koalitsiyasi mazkur qarorni 2021-yilda O‘zbekistonda paxta yig‘im terimida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmagani munosabati bilan qabul qildi.

    Ilk bor o‘zbek paxtasiga 2009-yilda boykot e’lon qilingandi.

    “Tizimli, davlat tomonidan tashkillashtirilgan majburiy mehnatga barham berishdagi bu yutuqqa paxtachilik sohasidagi inson huquqlari buzilishini aniqlashda jasorat ko‘rsatgan o‘zbekistonlik mehnat va huquq himoyachilari sabab bo‘ldi. Ularning yillar davomida qo‘rqmasdan kuzatuvlar o‘tkazgani va hisobotlar taqdim etgani butun dunyoni o‘zbekistonlik ishchilar huquqlarini himoya qilish uchun chora ko‘rishga undadi”, — deydi “Inson huquqlari bo‘yicha o‘zbek forumi” direktori Umida Niyozova.

    O‘zbekistonlik fuqarolik jamiyati faollarining 2009-yildagi o‘zbek paxtasini boykot qilishga chaqirgan petitsiyasiga javoban kompaniyalar shaxsiy majburiyatlarni qabul qila boshladilar va Cotton Campaign o‘zbek paxtasiga boykot e’lon qilgan. O‘shandan beri 331 ta brend va riteyler kompaniyalari, jumladan, C&A, Gap Inc., H&M, Levi Strauss & Co., Tesco va Walmart kabi dunyoning ko‘plab yirik brendlari o‘zbek paxtasiga nisbatan boykotga amal qilish majburiyatini oldi.

    “So‘nggi 12 yil davomida yuzlab kompaniyalarni o‘zbek paxtasidan voz kechishga undaganimizdan so‘ng, biz O‘zbekiston paxtasiga nisbatan boykotga amal qilish majburiyatini bekor qilish vaqti kelganini e’lon qilishdan mamnunmiz, — dedi Responsible Sourcing Network bosh direktori va Cotton Campaign asoschilaridan biri Patrisiya Yuryevich. — Endi kompaniyalar o‘zlari mehnat huquqlariga amal qilinishini baholashlari va O‘zbekistondan paxta sotib olish bo‘yicha qaror qabul qilishlari kerak”.

    “O‘zbek forumi hisobotida qayd etilishicha, paxta terimi mavsumi tizimli majburiy mehnatsiz o‘tkazilgan bo‘lsa-da, kuzatuvchilar mahalliy hokimiyat tomonidan majburlash va aralashish holatlari, shuningdek, ayrim majburiy mehnat holatlarini aniqlashgan. Bundan tashqari, dalalarda monitoring qilish va salohiyatni oshirish bilan shug‘ullanadigan mustaqil guruhlarda ro‘yxatdan o‘tish, erkin faoliyat yuritishning chegaralangani rivojlanishga to‘siq bo‘lmoqda”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qayd etilishicha, O‘zbekiston yangi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan korxonalar orqali, mahsulot ishlab chiqarish zanjirida shaffoflik va kuzatuvni taklif qiluvchi paxta-to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish uchun jozibador mamlakatga aylanish salohiyatiga ega.

    Cotton Campaign O‘zbekistondan mahsulot sotib olishda manfaatdor bo‘lgan barcha brendlarni ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida, jumladan paxta fermalari, to‘qimachilik fabrikalari va ishlab chiqarish korxonalarida mehnat va inson huquqlariga rioya etilishini ta’minlash uchun sinchkovlik bilan tekshirishga chaqirdi. Shuningdek, majburiy mehnatning oldini olish, monitoring qilish, shikoyatlar yo‘llash va qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun ishonchli va mustaqil mexanizmlar mavjudligini ta’minlash zarur hisoblanadi.

    “Biz prezident Mirziyoyevning davlat tomonidan majburiy mehnatga barham berish va O‘zbekiston paxta sektorini isloh qilish uchun zarur bo‘lgan tarixiy islohotlar tashabbusi va amalga oshirishdagi rahbariyatini yuqori baholaymiz. Endi biz O‘zbekiston hukumatini fuqarolik jamiyati uchun maydon ochishga va global brendlarni jalb qiladigan hamda mehnat va inson huquqlarini himoya qiladigan mas’uliyatli mas’uliyatli yetkazib beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan qulay muhitni yaratishga chaqiramiz” — dedi Cotton Campaign asoschilaridan biri, AQSh davlat kotibining demokratiya, inson huquqlari va mehnat bo‘yicha yordamchisi sobiq o‘rinbosari Bennet Friman.

    Cotton Campaign inson va mehnat huquqlari bo‘yicha xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, mustaqil kasaba uyushmalari, brend va riteylerlar, mas’uliyatli investor tashkilotlari, ta’minot zanjiri shaffofligi guruhlari va akademik hamkorlarning global koalitsiyasidir.

    Bundan avval O‘zbekiston odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish reytingida ko‘tarilgani hamda Cotton Campaign O‘zbekiston 2020-yilgi paxta terimida majburiy mehnatga barham berishda “sezilarli yutuqlar”ga erishganini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.

    10.03.2022, 17:38   Izoh (0)   19464
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketmaslik uchun keskin o‘ngga burilgan — “Toshshahartrans” 70 yoshli kishi va 5 yoshli bolani urib yuborgan avtobus haqida  

    10.03.2022, 17:36

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    10.03.2022, 17:10

    Farzandidan kaltak yegan 57 yoshli samarqandlik ayolga himoya orderi berildi

    10.03.2022, 15:30

    O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 15-martgacha sel kelishi xavfi e’lon qilindi

    10.03.2022, 15:12

    Toshkent aeroportida 27,3 ming dollar va 1,8 mln rublni tamaki qutilariga yashirib olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi

    10.03.2022, 14:59

    Qashqadaryo TV direktori senzuraga yo‘l qo‘ygani aytilmoqda. Mas’ul esa vaziyatni izohlamadi

    10.03.2022, 14:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.