Nozima Davletova Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga direktor etib tayinlandi.
Qayd etilishicha, Mass-media fondi Vasiylik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida fond direktori lavozimiga Davletova Nozimaning nomzodi tasdiqlangan.
Davletova jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassis. U Xalqaro muzokaralar sohasida universitetda dars berish tajribasiga ega, gender masalalari bo‘yicha loyihalar tashabbuskori va koordinatori bo‘lib ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, bu lavozimda shu kunga qadar Akbar Rizayev faoliyat yuritgan. Akbar Rizayev mazkur lavozimda 2020-yilning iyul oyidan buyon direktor sifatida ishlab kelayotgan Aleksandra Kolesnichenkoning o‘rnini egallagandi.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining Kolesnichenkodan oldingi direktori, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Izoh (0)