• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Mashinamda gaz tugagan, benzin ham yo‘q, zapravkada tunab qolishga majburman”. Farg‘onalik haydovchilar metan zapravkalarda tong ottirmoqda

    So‘nggi kunlarda Farg‘ona vodiysidagi metan gaz to‘ldirish shoxobchalarida davomiyligi bir necha kilometr bo‘lgan avtomobillar navbati kuzatilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga murojaat qilgan haydovchilarning ma’lum qilishicha, gaz to‘ldirish shoxobchalaridagi navbatlarning yuzaga kelishi zapravkalar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar bilan bog‘liq.

    2021-yil kuz-qish mavsumida avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyatiga dastlabki cheklovlar 2021-yil 17-noyabr kunidan boshlab kiritilgandi. Shu kuni Energetika vazirligi kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz ravishda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalariga har kuni soat 18:00 dan tonggi soat 06:00 gacha gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qildi.

    Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida joylashgan zapravkadagi avtomobillar navbati.

    Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida joylashgan zapravkadagi avtomobillar navbati.
    Foto: “Daryo”

    Shundan so‘ng Farg‘ona viloyatidagi yuzdan ortiq avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari tonggi soat 06:00 dan kech soat 18:00 gacha ishlash rejimiga o‘tkazildi.

    Uchko‘prik tumanidagi zapravkada yuzaga kelgan navbat.

    Uchko‘prik tumanidagi zapravkada yuzaga kelgan navbat.
    Foto: “Daryo”

    “Hurmatli iste’molchilar, vaktinchalik cheklov choralari havo harorati biroz ko‘tarilgunga qadar davom etadi hamda AGTKSH tez orada avvalgi tartibda ishlash rejimiga o‘tishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi Energetika vazirligining 2021-yil 17-noyabr kungi axborotida.

    Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi atrofidagi zapravkada yuzaga kelgan navbat.

    Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi atrofidagi zapravkada yuzaga kelgan navbat.
    Foto: “Daryo”

    Biroq o‘tgan davr mobaynida havo harorati ko‘tarilgan bo‘lsa-da, metan zapravkalar avvalgi tartibda ishlash rejimiga qaytarilmagan. Aksincha, joriy yil yanvar oyidan boshlab viloyatdagi aksariyat metan zapravkalar ish vaqtini yana-da qisqartirib, soat 16:00 dan keyin faoliyatini to‘xtatgan. Fevral oyiga o‘tib esa, avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari tonggi soat 06:00 dan 15:00 gacha ishlash rejimiga o‘tkazildi. Natijada viloyatdagi gaz zapravkalar oldida turnaqator navbatlar yuzaga kelishni boshladi.

    Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi atrofidagi zapravkada yuzaga kelgan navbat.

    Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi atrofidagi zapravkada yuzaga kelgan navbat.
    Foto: “Daryo”

    2021-yilning 15-fevral kuni “O‘ztransgaz” AJ matbuot xizmati Farg‘ona vodiysidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari 15-fevral kuni soat 13:00 dan 16-fevral kuni soat 06:00 gacha faoliyatini vaqtincha to‘xtatishi haqida xabar berdi. Tashkilot matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, 16—18-fevral kunlari ham Farg‘ona vodiysidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyatiga shu kabi cheklovlar joriy qilingan.

    Ushbu cheklovlar ortidan Farg‘ona viloyatidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari oldida yuzlab avtomobillar navbati yuzaga kelgan.

    Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi atrofidagi zapravkada yuzaga kelgan navbat.

    Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi atrofidagi zapravkada yuzaga kelgan navbat.
    Foto: “Daryo”

    Haydovchilarning ma’lum qilishicha, turnaqator navbatlar tufayli avtomashinaga gaz to‘ldirish uchun ikki-uch soat, ba’zida besh-olti soat vaqt ketmoqda.

    “Ikki kun oldin shu joydan mashinamga uch-to‘rt soatda gaz to‘ldirib chiqqandim. Bugun soat 09:00 da zapravkaga kelib, navbatga turdim. Mana, soat 13:00 bo‘ldi, hali navbatim kelgani yo‘q. Bir soatdan keyin zapravka yopiladi. Agar shu vaqtgacha navbatim kelib, gaz to‘ldirishga ulgurmasam, yarim kunim bekor o‘tgan bo‘ladi. Hali mendan keyin ham kamida yuzta mashina navbatda turibdi. Ularning ko‘pchiligi bugun gaz to‘ldirishga ulgurmaydi, baribir qaytib ketishga majbur bo‘ladi. Shuncha odam sarson. Yuzlab haydovchilar soatlab zapravkalarda qolib ketyapti. Boshida bu cheklovlar vaqtinchalik, havo harorati ko‘tarilishi bilan zapravkalar 24 soat ishlaydi, deyishgandi. Mana shu gaplar aytilganiga ham ikki oydan oshdi, kunlar ham isib qoldi. Lekin vaqtinchalik cheklovlar bekor qilingani yo‘q. Kundan kunga navbatlar ko‘payib ketyapti. Buning ustiga gazning bosimi ham past”, — deydi Qo‘qon shahridagi zapravkalardan birida navbatda turgan haydovchi Ikromjon Abdullayev.

    Cheklovlar sabab soat 14:00 da faoliyatini to‘xtatgan Qo‘qon shahridagi zapravka.

    Cheklovlar sabab soat 14:00 da faoliyatini to‘xtatgan Qo‘qon shahridagi zapravka.
    Foto: “Daryo”

    Ko‘pchilik haydovchilar soatlab navbat kutib, mashinasiga gaz to‘ldira olmay, tonggacha zapravkada qolib ketishga majbur bo‘lmoqda.

    “Ish yuzasidan Bag‘dod tumanidan Farg‘ona shahriga kelgandim. Soat 11:00 larda mashinamga gaz to‘ldirish uchun navbatga turdim. Navbatim kelishiga oz qolgandi, soat 14:00 ga yaqin zapravka yopildi. Endi ertaga ertalab soat 06:00 dan gaz quyishni boshlaydi. Mashinamda gaz tugagan, aksiga olib, benzin ham yo‘q, noiloj, tonggacha kutaman. Bugun shu yerda, mashina ichida qolishga majburman. Menga o‘xshagan haydovchilar ko‘p bu yerda”, — deydi Sarvar Muhiddinov.

    Farg‘ona shahrida joylashgan zapravkada tunni o‘tkazayotgan haydovchilar.

    Farg‘ona shahrida joylashgan zapravkada tunni o‘tkazayotgan haydovchilar.
    Foto: “Daryo”

    Farg‘ona shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarida kech soat 19:00 da ham o‘nlab avtomashinalar navbatda turganiga guvoh bo‘ldik. Haydovchilarning aytishicha, gaz-zapravkalar tong soat 06:00 da ish boshlaydi. Shunday bo‘lsa-da, ko‘pchilik haydovchilar mashinalarini bir kun oldin navbatga qo‘yishga harakat qiladi. Maqsad — qatorning boshrog‘idan joy egallash va ertaroq gaz to‘ldirib olish.

    Marg‘ilon shahridagi zapravkada yuzaga kelgan navbat.

    Marg‘ilon shahridagi zapravkada yuzaga kelgan navbat.
    Foto: “Daryo”

    “Damas avtomashinam bor. Yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanaman. Ilgari mashinamga bir kunda ikki marta gaz to‘ldirib, shunga yarasha ishlab, daromad qilardim. Gaz zapravkalar ham bemalol edi. Qish kirishi bilan muammolar boshlandi. Soat bir-ikkidan keyin birorta zapravka ishlamaydi. Hammasi yopiladi. Agar zapravkaga ertalab olti-yettilarda kelsangiz, tushlikkacha vaqtingiz navbat kutish bilan o‘tib ketadi. Shuning uchun bir kun oldin kechki payt zapravkaga kelib, navbatga turaman. Kechasi bilan shu yerda qolaman, tongda zapravka ochilishi bilan gaz to‘ldirib, tirikchilikka chiqib ketaman. Har kuni shu ahvol”, — deydi Furqatjon Sa’dullayev.

    Ayrim shoxobchalarning nazoratchilari tomonidan asosiy navbat qatoridan tashqari “premium-navbat” ham tashkil etilgan. Uzoq kutishni istamagan haydovchi qo‘shimcha 5-10 ming so‘m to‘laydi va uzoq navbatlarsiz, ikki barobar tezroq vaqt ichida gaz to‘ldirib oladi.

    O‘zbekiston tumanidagi zapravkada yuzaga kelgan navbat.

    O‘zbekiston tumanidagi zapravkada yuzaga kelgan navbat.
    Foto: “Daryo”

    “Nazoratchilarga besh ming so‘m berdim. Zapravkaning chiqish darvozasidan ichkariga kirib, bir soatga qolmay gaz to‘ldirib chiqdim. To‘g‘ri, bu tomonda ham navbat bor, lekin ishingiz tezroq bitadi. Uch-to‘rt soatlab navbatda turmaysiz”, — deydi ushbu “imkoniyat”dan foydalangan haydovchilardan biri.

    O‘zbekiston tumanidagi zapravkada yuzaga kelgan navbat.

    O‘zbekiston tumanidagi zapravkada yuzaga kelgan navbat.
    Foto: “Daryo”

    Farg‘ona shahridagi metan zapravkalardan biri cheklovlarga qaramasdan tungi vaqtlarda ham faoliyatini davom ettirmoqda. “Daryo” muxbirining aniqlik kiritishicha, bu yerda shaxsiy avtomashinalarga emas, faqat yo‘lovchi tashuvchi avtobuslarga va “Toza hudud”ga qarashli maxsus transport vositalariga gaz to‘ldirilmoqda.

    Farg‘ona shahrida joylashgan tungi vaqtlarda ham avtobuslar va maxsus transport vositalariga gaz to‘ldirayotgan zapravka.

    Farg‘ona shahrida joylashgan tungi vaqtlarda ham avtobuslar va maxsus transport vositalariga gaz to‘ldirayotgan zapravka.
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” manbasining ta’kidlashicha, kun davomida shaharda jamoat transporti va obodonlashtirish korxonalarining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida shunday yo‘l tutilmoqda.

    Cheklovlar sabab soat 14:00 da faoliyatini to‘xtatgan Beshariq tumanidagi zapravka.

    Cheklovlar sabab soat 14:00 da faoliyatini to‘xtatgan Beshariq tumanidagi zapravka.
    Foto: “Daryo”

    Hozirga kelib havo harorati ancha ko‘tarilgan, vodiyda bahor havosi hukmron. Lekin avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari oldida turnaqator navbatlar yuzaga kelishi davom etmoqda. Haydovchilar va yo‘lovchilar soatlab vaqtini yo‘qotyapti, bu holat yo‘lkiralar oshishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Metan zapravkalardagi adoqsiz navbatlar kabi bu muammolarning ham oxiri ko‘rinmayapti.

    21.02.2022, 16:08   Izoh (0)   85657
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sardor Umurzoqov Tehronda Eron prezidenti bilan uchrashdi. Tomonlar ikki davlat hududi orqali tovarlar tranzitini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishgan

    21.02.2022, 15:08

    Nishon tumani prokurori salkam bir oy avval ishdan olingani ma’lum bo‘ldi. U jamoatchilikka sudning qonuniy qaroriga qarshi chiqishi bilan tanilgandi

    21.02.2022, 14:27

    O‘zbekistonda hafta davomida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

    21.02.2022, 13:58

    O‘zMUda o‘nlab nodir qo‘lyozmalar yo‘qolgani tasdiqlanib, universitet mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    21.02.2022, 13:32

    Jizzaxda tadbirkorga 200 mln so‘m imtiyozli kredit olib berish uchun 600 dollar so‘ragan davlat soliq katta inspektori ushlandi

    21.02.2022, 13:12

    Samarqandda mahkum IIB Probatsiya noziriga pora berishga urindi (video)

    21.02.2022, 12:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.