Aleksandra Kolesnichenko Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori etib tayinlandi. Bu haqda fond tomonidan ma’lum qilindi.

Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Aleksandra Kolesnichenko Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Axborot sohasini rivojlantirishni monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining avvalgi direktori, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari etib tayinlangandi.