Omlet va qovurilgan kartoshkani birlashtirib, mazali taom tayyorlab ko‘ring.
Kerakli mahsulotlar:
- kartoshka – 600 gramm;
- piyoz – 1 dona;
- o‘simlik moyi – 3 osh qoshiq;
- tuxum – 3 dona;
- ko‘kat, tuz va ziravorlar.
- Kartoshk va piyoz tozalanadi va mayda bo‘laklarga bo‘linadi.
- Yog‘ o‘rtacha olovda qizdiriladi. Unga kartoshka solib, vaqti-vaqti bilan aralashtiriladi. 10-12 daqiqa davomida qovuriladi.
- Ustidan piyoz solinadi va pishirishda davom etiladi.
- So‘ngra tuxum va tuz solinadi. Taom idishi bilan 200 daraja qizdirilgan pechga olinadi va 7-10 daqiqa qoldiriladi.
- Dasturxonga tortishdan avval ko‘katlar bilan bezatiladi.
Mavzuga doir:
- Pechda ajika bilan pishiriladigan xushta’m tovuq oyoqchalari
- Kolbasa va brokkoli qo‘shib tayyorlanadigan zapekanka retsepti
- Brokkoli qo‘shilgan qizil baliqli zapekanka retsepti
- Tovuq go‘shtidan tayyorlanadigan bir-biridan mazali taomlar retsepti
- Pishloq qo‘shib tayyorlanadigan xushta’m qo‘ziqorinlar
Izoh (0)