Daryo

Brokkoli qo‘shilgan qizil baliqli zapekanka retsepti

Ikki xil pishloq, mazali baliq, sarxil brokkoli va qaymoqli aralashma mazkur taomni yanada mazali qiladi

1 daqiqa o‘qish20 352 ko‘rishlar0 izoh0

Ikki xil pishloq, mazali baliq, sarxil brokkoli va qaymoqli aralashma mazkur taomni yanada mazali qiladi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • qizil baliq filesi — 250-300 g;
  • feta — 200 g;
  • chedder — 70-80 g;
  • brokkoli — 350-400 g;
  • tuxum — 6 ta;
  • qaymoq — 230 ml;
  • o‘simlik yog'i — 1 osh qoshiq;
  • tuz.
Tayyorlanish jarayoni: 
  1. Baliqni mayda bo‘laklarga, fetani kub shaklida to‘g‘rang. Chedderni katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing.
  2. Brokkolini mayda shoxchalarga ajrating. 2-3 daqiqa davomida qaynoq suvga botirib, chovli bilan suzib oling. Sovuq suvda yuvib, suvi quriguncha qoldiring.
  3. Tuxumni avval qaymoq va tuz bilan aralashtirib, keyin chedder qo‘shing.
  4. Pech qolipini yog‘lang. Avval baliqni, uning ustidan feta va brokkoli shoxchalarini joylashtiring. Tuxumli aralashmani ustidan quying.
  5. Taxminan, 30-40 daqiqa davomida 180 darajali issiqlikda pishiring.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar