Daryo

Pechda ajika bilan pishiriladigan xushta’m tovuq oyoqchalari

Tovuq oyoqchalarini sous bilan dasturxonga torting

1 daqiqa o‘qish31 418 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Tovuq oyoqchalari xushbo‘y ziravorlar bilan uzoq vaqt marinadlanadi. Shuning uchun go‘sht juda mazali bo‘lib chiqadi.

Foto: Lifehacker
 Kerakli mahsulotlar:
  • tovuq oyoqlari – 4 dona;
  • ajika (achchiq) – 2-3 osh qoshiq;
  • parranda go‘shti uchun ziravorlar – 1 choy qoshiq;
  • o‘simlik moyi – 2-3 osh qoshiq;
  • tuz va murch.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Tovuq oyoqchalariga ajika, ziravorlar, tuz, murch va yog‘ solinadi. Muzlatkichda kamida 5-6 soat yoki bir kechaga qoldiriladi.
  2. Go‘sht yaxshilab marinadlangach, 200 daraja pechda 45-60 daqiqa davomida pishiriladi.
  3. Tayyor bo‘lgan tovuq oyoqchalari salat barglari va garnir bilan dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar