Energetika vazirligi soat 12:00 holatiga respublika hududlarida tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, hozirgi paytda iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Ko‘rilgan choralar tufayli tabiiy gaz iste’molchilarining 67 foizida ijobiy natijaga erishildi.
Quyidagi hududlarda esa gaz bosimi nisbatan past bo‘lib turibdi:
- Farg‘ona viloyatida — 57 foiz;
- Andijon viloyatida — 75 foiz;
- Namangan viloyatida — 58 foiz;
- Toshkent viloyatida — 99 foiz;
- Surxondaryo viloyatida — 32 foiz;
- Toshkent shahrida — 18 foiz.
Eslatib o‘tamiz, 27-yanvar kuni ertalab soat 09:00 dan boshlab shaharlararo yo‘nalishlar bo‘ylab, shuningdek, aksariyat hududlarda gaz quyish shoxobchalari ishlay boshladi. Toshkent, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida esa gaz ta’minotining ish rejimini tiklash ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)