O‘zbekiston hududiga 28—29-yanvar kunlari Eron hududlaridan Kaspiy dengizi va Turkmaniston orqali nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar beradi “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, 28—29-yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan:
- 28-yanvarda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida 17-22 metr/sekundgacha;
- 28-yanvarda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida 17-22 metr/sekundgacha, ayrim joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin;
- 29-yanvarda Surxandaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarida shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.
Izoh (0)