O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes bosh murabbiyi Srechko Katanes koronavirusdan sog‘ayib, Dubay shahriga yetib keldi, deb yozmoqda O‘FA matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, sloveniyalik mutaxassis 22-yanvar kuni karantin o‘tab bo‘lib, terma jamoa yig‘iniga qo‘shilgan. 12-yanvar kuni Katanesning virusga chalingani va terma jamoa yig‘iniga kela olmayotgani haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, darvozabon Umidjon Ergashev qayta topshirilgan manfiy testdan so‘ng mashg‘ulotlarga kirishgan.
Navbatdagi PZR-testlar topshirgan delegatsiya a’zolaridan faqat Odiljon Hamrobekovda musbat natija chiqqan. Hamrobekov karantinga olingan va unda kasallik simptomlari kuzatilmayapti.
Avvalroq terma jamoaning BAA yig‘ini doirasida 23-yanvar kuni BAAning “Al-Vahda”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi ma’lum qilingandi. Shuningdek, yig‘in doirasida 1-fevral kuni Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2021-yilning sentabr oyida Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Oktabr oyidagi o‘rtoqlik uchrashuvlarida Malayziya (5:1) ustidan g‘alaba qozonib, Iordaniyaga qarshi o‘yinda (0:3) yengildi. Noyabr oyida esa Gruziyaga kichik hisobda (0:1) mag‘lub bo‘ldi.
Izoh (0)