Daryo

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana bir futbolchisida koronavirus aniqlandi

Avvalroq terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes va yarim himoyachi Hojimat Erkinovda infeksiya aniqlangandi

1 daqiqa o‘qish42 714 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston milliy terma jamoasida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat borasida ma’lumot berildi.

Kollaj: O‘FA

Avvalroq terma jamoa a’zosi Hojimat Erkinovda koronavirus aniqlangani borasida xabar berilgandi. Futbolchining qayta topshirgan testi manfiy chiqdi va u yakka tartibda yengil mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.

Shuningdek, delegatsiyaning qolgan a’zolari ham navbatdagi PZR testlarini topshirdi. Unga ko‘ra, terma jamoa darvozaboni Umidjon Ergashevda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ayni paytda futbolchi o‘zini yaxshi his etyapti va boshqa simptomlar ko‘zga tashlanmayapti. Ergashev bir necha kundan so‘ng qayta test topshiradi. Hozirda darvozabon izolyatsiyaga olingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hozirda Dubayda yig‘in o‘tkazmoqda. Mazkur yig‘in doirasida Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi kerak edi, biroq koronavirus bilan bog‘liq tang vaziyat tufayli Yaponiya so‘roviga ko‘ra 21-yanvar kuniga belgilangan uchrashuv bekor qilindi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentabr oyida Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Oktabr oyidagi o‘rtoqlik uchrashuvlarida Malayziya (5:1) ustidan g‘alaba qozonib, Iordaniyaga qarshi o‘yinda (0:3) yengildi. Noyabr oyida esa Gruziyaga kichik hisobda (0:1) mag‘lub bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar