Daryo

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniyaga yirik hisobda yutqazdi

O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi

1 daqiqa o‘qish74 552 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12-oktabr, seshanba kuni Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi.

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Ammanda bo‘lib o‘tgan uchrashuvning 29-daqiqasida Seif Baha hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Nasib Abdullah iordaniyaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 83-daqiqada esa Hamza Aldaradreh hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Shu tariqa Srechko Katanes shogirdlari Iordaniyadagi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lubiyatga uchradi. 9-oktabrda Malayziyaga qarshi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi 5:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

O‘rtoqlik o‘yini

12-oktabr, seshanba

Iordaniya — O‘zbekiston 3:0

Gollar: 1:0 — 29 Seif Baha, 2:0 — 56 Nasib Abdullah, 3:0 — 83 Hamza Aldaradreh

O‘zbekiston: 1. Eldorbek Suyunov, 3. Hojiakbar Alijonov, 2. Islom Qobilov (18. Abdulla Abdullayev, 46) 5. Doston Tursunov (Husniddin Aliqulov, 60), 19. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev ( Farrux Sayfiyev, 60) , 7.Otabek Shukurov, 20. Akmal Mozgovoy, 11. Shahboz Umarov, 17. Dostonbek Hamdamov (9. Azizbek Omonov, 46), 22. Oybek Bozorov (Igor Sergeyev, 60), 14. Eldor Shomurodov.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.