O‘zbekistonda 3-chorakdan jismoniy tarbiya fani barcha maktablarda haftasiga ikki soatdan o‘tiladi, deb xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi.
Qayd etilishicha, 2020—2021-o‘quv yilidan boshlab sport zali mavjud bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida qishki davrda o‘tiladigan jismoniy tarbiya fani darsi o‘quv soatlarini 10 hafta davomida 5—10-sinflarda haftasiga 2 soatdan 1 soatgacha kamaytirilgan edi.
11-yanvar kuni tartibni bekor qilish hamda maktablarda jismoniy tarbiya fani o‘qitilishi jarayonlarini takomillashtirish to‘g‘risida xalq ta’limi vazirining buyrug‘i imzolangan.
Unga ko‘ra, o‘quvchilarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida umumta’lim maktablarida qishki davrda ham fan barcha sinflarda haftada 2 soatdan o‘qitiladi.
Hozirda O‘zbekistondagi 2245 ta maktabda sport zali mavjud emas.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi maktablarda ham qishki ta’til 24-yanvargacha davom etadi. 3-chorak 25-yanvardan boshlanadi.
Mavzuga doir:
- “Toshkentda shunday bo‘lsa, Qoraqalpog‘istonda qanday?” — Shavkat Mirziyoyev maktab oshxonalari haqida
- Shahrisabzdagi maktab o‘quvchilariga jismoniy tarbiya darsi poli chirib ketgan sportzalda o‘tildi
- O‘zbekistondagi barcha maktablarda shaxmat sinflari ochiladi, 150 ta ixtisoslashtirilgan shaxmat maktabi tashkil etiladi
Izoh (0)