Daryo

O‘zbekistondagi maktablarda ham qishki ta’til 24-yanvargacha uzaytirildi

Ta’til kunlari davomida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ular uchun onlayn fan olimpiadalar, intellektual o‘yinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlar tashkil etiladi

1 daqiqa o‘qish153 562 ko‘rishlar0 izoh0

Xalq ta’limi vazirligi maktablarda qishki ta’til kunlari 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, xalq ta’limi tizimidagi direktor, direktorning o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda pedagog-o‘qituvchilarning xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarilgan Milliy o‘quv dasturlari asosida malakalarini oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida mavsumiy gripp kasalligining keskin ko‘payishining oldini olish maqsadida shunday qarorga kelingan.

Ta’til kunlari davomida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ular uchun onlayn fan olimpiadalar, intellektual o‘yinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlar tashkil etiladi.

Bundan tashqari, xalq ta’limining ijtimoiy tarmoqlari hamda Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari orqali turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, OTM talabalari, akademik litsey va hunar maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati ham 24-yanvargacha uzaytirilgandi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar