• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekistonning qudrati, harbiy salohiyati fuqarolar erkinligi, xalq manfaatlarini himoya qilishga qodir” — huquqshunos Bekzod Narimanov bilan suhbat

    Yanvar oyining avvalida Qozog‘istonning Janao‘zen shahrida (Mang‘istov viloyatidagi shahar) suyultirilgan gaz narxining ikki baravar oshishiga qarshi mitinglar boshlandi. 4 va 5-yanvar kunlari Olmaotada namoyishchilarning xavfsizlik xodimlari bilan to‘qnashuvi kuzatildi. 6-yanvarda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) tinchlikparvar kuchlarini Qozog‘istonga jo‘natdi. 7-yanvarda To‘qayev Qozog‘istonda konstitutsiyaviy tartib tiklanganini e’lon qildi va mamlakat bo‘ylab terrorchilik xavfining yuqori darajasi joriy etildi.

    10-yanvar kuni KXShTga a’zo davlatlar rahbarlarining Qozog‘istondagi tartibsizliklarga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilishida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qozog‘istondagi vaziyatdan, avvalo, O‘zbekiston hushyor bo‘lishi keraklini aytib o‘tdi. 11-yanvar kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev parlament majlisida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) tinchlikparvar kuchlarining Qozog‘istondagi asosiy missiyasi yakunlanganini ma’lum qildi.

    “Daryo” mazkur masalalar to‘g‘risida Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi mudiri Bekzod Narimanovning fikrlari bilan qiziqdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Har qanday muammoni qonuniy hal etish mumkin

    Qardosh Qozog‘istonda kuzatilayotgan siyosiy beqarorlik holati strategik sherik va yon qo‘shni sifatida bizni ham xavotirga solib turibdi. Ko‘rinib turibdiki, namoyishlar qonli to‘qnashuvlarga aylanib, mazkur “namoyishlar”dan qozoq xalqi manfaati ko‘zlanmaganligi ma’lum bo‘lib ulgurdi. Milliy manfaatlar iqtisodiy, ichki siyosiy, ijtimoiy, xalqaro, axborot, chegara barqarorligi sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari muvozanatini ifodalaydi. Qozog‘istonda ham infrastruktura izdan chiqishida xalqning manfaati emas, balki ayrim guruhlarning manfaati borligi ko‘rinib turibdi.

    Qozog‘istondagi tartibsizliklardan ko‘rilgan zararning umumiy miqdori, taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 91 million dollarni tashkil etmoqda, shundan 89,8 million dollari Olmaotaga to‘g‘ri keladi. Bu haqda mamlakatdagi “Atameken” tadbirkorlar milliy palatasi ma’lum qildi. Bu zararlarni, albatta, soliq to‘lovchilar va sug‘urta orqali qaytarish mumkindir, ammo mamlakatning xalqaro imiji va siyosiy tizim barqarorligiga yetkazilgan salbiy ta’sirni baholash juda mushkul.

    Muammo borki, uning yechimi ham bo‘ladi. Faqat bu yechimni ommaviy tartibsizliklarda ko‘rmaslik kerak. Har qanday muammoni qonuniy va konstruktiv hal etish mumkin.

    Qozog‘istonda bo‘layotgan tartibsizliklar natijasida, asosan, Olmaota shahridagi xususiy tadbirkorlar, tijorat banklari va korxonalarga yetkazilgan zarar miqdori turli manbalarda turlicha baholangan bo‘lsa-da, o‘rtacha 100 million AQSh dollari atrofida ekanligi aytilmoqda.

    Shu bilan birga, davlat idoralari, infratuzilma obyektlari, transport-logistika sohasi va aholiga yetkazilgan noqulayliklar (aloqa va internet uzilishlari), ishlab chiqarish korxonalarining qisman to‘xtab qolishi, aholi iste’moli mahsulotlarining yetishmasligi, savdo korxonalaridagi uzilishlar, banklarning faoliyat yuritmasligi, tashqi savdo va eksportdagi uzilishlar uzoq muddatda aholi daromadlarining tushib ketishi, ish o‘rinlarining yopilishi kabi tizimli inqirozni keltirib chiqaradi. Natijada mamlakatning investitsion jozibadorligiga jiddiy putur yetkazdi. Bu esa o‘z navbatida milliy valyutaning qadrsizlanishi va iqtisodiyot tarmoqlari o‘sish sur’atlarining jiddiy kamayishiga olib keladi.

    Iqtisodiy farovonlik mashaqqatli, izchil islohotlarga asoslanadi. Ularni amalga oshirish uchun tinchlik, barqarorlik va hamjihatlik zarur. Qozog‘istondagi norozilik namoyishlari iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xatarlarni keltirib chiqarmoqda. Buning oqibatida ayrim fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy yoki ruhiy holatiga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Har bir davlat o‘zining harbiy kuchiga ega bo‘lishi kerak

    Yangi hukumat kelgandan keyin xalqni qiynayotgan muammolar tizimli ravishda o‘rganilib, qozoq xalqining irodasini ifodalaydigan normativ huquqiy hujjatlar, muhim dasturlar qabul qilinishi kutilmoqda. Bunda xalq bilan interaktiv aloqa bo‘lishi kerak, ya’ni xalq bilan muloqot uchun platforma yo‘lga qo‘yilishi kerak. Shu platformada xalqni qiynayotgan masalalar hozirgi kunda bo‘layotgan holatlar bilan emas, balki tinch, konstruktiv, oqilona, ilmiy va maslahatlashgan holda amalga oshirish tizimi kerak. Har bir suveren davlat o‘zining harbiy kuchiga ega bo‘lishi kerak. U tashqi kuchga ham, davlat suvereniteti, konstitutsiyaviy tuzum hamda inson va fuqarolar huquq va erkinliklarini buzishga omil bo‘luvchi barcha nizolarga ham harbiy salohiyati bilan javob bera olishi kerak.

    Har qanday suveren davlatning harbiy salohiyati qaysidir ma’noda davlat va xalq suverenitetining kafilidir. Davlat suverenitetini qisman yo‘qotdimi, demak tashqi kuchlar ta’siri ostida xalqning manfaatiga zid ravishda qarorlar qabul qiladi. Ertangi kunda barcha yetkazilgan zararlarni qoplash uchun davlat budjetidan xarajat qilish natijasida tiklanadi. Budjet esa o‘sha soliq to‘lovchilar, davlat resursi hisobiga shakllanadi.

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi chegara joy olgan 2 203 kilometr. Ya’ni Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarasi nuqtayi nazaridan eng katta maydonni tashkil qiladi. Qozog‘iston eng yirik savdo hamkorlarimizdan biri hisoblanadi. 2021-yilda tovar ayirboshlash rekord daraja — 4 milliard dollarga yetdi.

    Markaziy Osiyoda Qozog‘iston va O‘zbekiston aholisi 71 foizni tashkil etadi, bunda yalpi ichki mahsulot umumiy hajmining 78 foizi va mintaqa davlatlari o‘zaro ichki savdosining 74 foizi shu ikki davlat hissasiga to‘g‘ri keladi.

    Qozog‘iston ham biz bilan qardosh xalq, ham strategik sherik davlat. Ushbu noxush hodisalar O‘zbekistonda real bozor munosabatlariga ta’sir qiladi. Bunda, o‘zaro savdo aylanmasi, Markaziy Osiyoning dengiz yo‘liga chiqishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu O‘zbekistonning tranzit davlat sifatidagi salohiyatining pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari, ilm-fan, innovatsiya, ta’lim yo‘nalishida Qozog‘iston bizning yaqin hamkorimiz. O‘zbekistonlik talabalar Qozog‘istonga borib o‘qiydi yoki buning aksi. Notinch vaziyat esa integratsiya jarayonini susaytirib, balki qaysidir ma’noda to‘xtatib qo‘yadi.

    Qozog‘iston yuzaga kelgan muammolarni mustaqil hal qila oladi

    O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha mamlakatimiz hech qanday harbiy bloklarga qo‘shilmaydi, ularda ishtirok etmaydi va O‘zbekistonda ham boshqa davlatlarning harbiy bazalari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekistonning o‘z qudrati, harbiy salohiyati fuqarolarning erkinligi, xalqning manfaatlarini himoya qilishga qodir. Konstitutsiya bo‘yicha prezident va Oliy Majlisgina xalq nomidan ish olib borish mumkin.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Namoyishlar keyinchalik notinch vaziyatni, siyosiy beqarorlikni olib kelishining oldini olish maqsadida ayrim cheklovlar o‘rnatilishi mumkin. Bu, avvalo, mamlakatimiz hududiy yaxlitligi, siyosiy barqarorligi, xalqaro imiji va inson huquqlari uchun amalga oshirilishi mumkin.

    O‘zbekiston xalqi bilan o‘tmishi, buguni va kelajagi chambarchas bog‘liq bo‘lgan Qozog‘iston xalqi yuzaga kelgan muammolarni konstruktiv dialog orqali o‘zi mustaqil hal qila oladi.

    Og‘abek Samisov yozib oldi

    12.01.2022, 18:50   Izoh (0)   15493
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston jahon pasportlari indeksida uch pog‘ona pastlab, 86-o‘rinni egalladi

    12.01.2022, 18:25

    O‘zbekistonda emlangan fuqarolar o‘rtasida bonusli o‘yinlar tashkil etilishi mumkin

    12.01.2022, 18:11

    Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak Rossiyada ushlandi

    12.01.2022, 17:52

    “Bo‘riqarash qilib, ko‘zini qisib qaraydi” — Bolalar orasida ortayotgan ko‘z kasalligi haqida shifokor bilan suhbat

    12.01.2022, 16:36

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga beshinchi kun ko‘tarildi

    12.01.2022, 16:24

    O‘zbekistondagi ayollar va erkaklar soni ma’lum qilindi

    12.01.2022, 16:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada kompaniyalar xodimlarini issiqdan himoya qilmasa, jarimaga tortiladi

    Dunyo | 2 iyun, 21:05

    “Barselona” ro‘yxatidan “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Bavariya” va “Arsenal” futbolchilari joy olgan

    Sport | 2 iyun, 21:01

    E’tiborli bo‘ling: ushbu tungi simptomlar yuqori qon bosimidan darak beradi

    Layfstayl | 2 iyun, 20:50

    Yer har 44 daqiqada kosmik obyektdan signallar qabul qilmoqda — tadqiqot

    Dunyo | 2 iyun, 20:35

    Andijonda fuqaro zapravkada 2 ta bo‘rini boqib kelayotgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 20:20

    O‘zbekistonda Technovation Girls 2025 tanlovining finali bo‘lib o‘tdi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.