Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumani Gulobod mavzesiga tashrifi davomida 41-maktabga kirdi.

Prezident sport zaliga kirib, jismoniy tarbiya darsidagi bolalar va o‘qituvchilar bilan gaplashdi. Maktab oshxonasi, menyusini ko‘rdi va birma-bir surishtirdi.

“Bular endi imkoni yetgancha masalliq olib kelib, tayyorlashadi. Toshkentda shunday bo‘lsa, Qoraqalpog‘istonda qanday? Maktab oshxonalarining ichiga hali kirmadik. Sifati, muddati qanday, narxi — bularni tizimga solish bo‘yicha ish olib bormadik. 10-yanvarga qadar maktablar oshxonalariga sifatli, to‘yimli, balanslashtirilgan taomnoma bo‘lishi uchun ketring xizmatini autsorsing asosida tashkil qilish bo‘yicha puxta loyiha qilinglar”, — dedi Prezident.

Shuningdek, maktab 2 smenali bo‘lishi uchun yangi korpus qurish bo‘yicha topshiriq berildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Toshkentda Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
Mahalliy
Qashqadaryoda 38 yoshli ayol va 19 yoshli qiz o‘zini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qildi. MFY raislaridan biri bu axborotni yashirib, “mahallaning siri” demoq...
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda