• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSh KXDR sabab Rossiyadagi OTMga nisbatan sanksiya qo‘lladi. Institutda talabalarga “inson ongiga ta’sir ko‘rsatish” va “munajjimlik menejmenti” o‘rgatiladi

    AQSh Moliya vazirligi KXDR bilan aloqalari sabab Rossiyadagi Yevropa YuSTO xususiy instituti va uning rektori Dmitriy Soinga nisbatan sanksiyalar qo‘llanganini e’lon qildi. Bu haqidagi xabar vazirlikning rasmiy saytiga joylashtirilgan.

    Foto: Treasury Department

    Foto: Treasury Department

    “YuSTO Yevropa instituti va janob Soin Shimoliy Koreyadagi quruvchi-ishchilarga yuzlab talabalik vizalari berilishiga ko‘maklashgan”, deyiladi AQSh Moliya vazirligi bayonotida.

    Qayd etilishicha, ishchilarning bir qismi KXDRdagi ommaviy qirg‘in qurolini ishlab chiqish dasturiga aloqador shaxslar bo‘lgan. Ularning daromadidan qurol dasturini amalga oshirishda foydalanilgan bo‘lishi mumkin, deyilgan xabarda.

    Shuningdek, AQShning sanksiyalari ro‘yxatiga Xitoy, Myanma, Bangladesh va Shimoliy Koreyadan yana 14 nafar jismoniy shaxs va 9 ta tashkilot kiritilgan. Ular orasida Myanma hamda Bangladeshning harbiy tuzilmalari, Xitoy kompaniyalari va KXDR bosh prokuraturasi bor. Taqiqlar qo‘llanilgan shaxslar va tashkilotlarning barchasi inson huquqlari sohasida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi ta’kidlangan.

    “YuSTO Yevropa instituti 1995-yilda universitet sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va 2012-yilda institut sifatida qayta tashkil etilgan, deyilgan muassasa rasmiy saytidagi axborotda. Shuningdek, saytda OTM ta’sischilaridan biri Rossiya Davlat dumasi deputati, 2018-yildagi prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ishtirok etgan Sergey Baburin ekanligi yozilgan. Baburinning saylovoldi kampaniyasida Dmitriy Soin uning ishonchli vakili bo‘lgan. OTM saytida 1993–2007-yillarda Soinning Pridnestrovyada davlat xavfsizlik organlarida ishlagani ham bayon etilgan, shuningdek, u 2008-yilda “Yedinaya Rossiya” partiyasidan deputatlikka saylangan Valeriy Bogomolovning yordamchisi lavozimida faoliyat olib borgan.

    “YuSTO Yevropa instituti”da talabalar menejment, yurisprudensiya va iqtisodiyot yo‘nalishlarida ta’lim oladi. Bundan tashqari oliygohda aromaterapiya hamda fitoterapiya kurslari o‘qitiladigan “faol uzoq yashash va adaptiv jismoniy tarbiya” kafedrasi, shuningdek “Inson ongiga ta’sir ko‘rsatish: himoya va hujum” hamda “Imij — vassalom!O‘zingni chetlatishlariga yo‘l qo‘yma!” va “astrologiyada (munajjimlik) menejment va marketing” kabi qo‘shimcha kurslar mavjud.

    Institut talabalar va tinglovchilarga pandemiya sabab yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz sharoitida yaxshi narxlar taklif etgan. Oliy ta’limda tahsil olish narxi yiliga 80 ming rubl (qariyb 1100 AQSh dollari), qo‘shimcha ta’lim uchun narxlar esa 10 mingdan (136 dollar) 40 ming rublgacha (650 dollar) etib belgilangan.

    Avval AQShning Eron, Suriya va Uganda fuqarolariga qarshi sanksiyalar joriy etgani, Vashingtonning Rossiyaga qarshi “tajovuzkor” sanksiyalar paketini tayyorlayotgani, AQSh va Yevropa Ittifoqi migratsiya inqirozi sabab Belarusga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llagani haqida xabarlar berilgandi.

    11.12.2021, 13:54   Izoh (0)   19383
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ramzan Qodirov qizini “Checheniston Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” medali bilan taqdirladi

    11.12.2021, 11:59

    “Menga hanuzgacha samimiylik va harakatchanlik yetishmaydi”. KXDR rahbari Kim Chen Indan 10 iqtibos

    11.12.2021, 08:42

    Hillari Klinton 2016-yilgi saylovda g‘alaba uchun tayyorlagan nutqini e’lon qildi. U mazkur saylovda Trampga yutqazgandi

    10.12.2021, 23:32

    Sharja arab amirligi to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tishini e’lon qildi

    10.12.2021, 22:40

    Apple’ning bozor bahosi O‘zbekiston YaIMdan 50 baravar ortdi

    10.12.2021, 19:25

    Tramp Isroil sobiq bosh vaziri Netanyaxuni xiyonatda aybladi

    10.12.2021, 17:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pokistonda kuchli yomg‘ir va ko‘chkilar oqibatida kamida 160 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 20:39

    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

    Reklama | 15 avgust, 19:30

    Farg‘onada bojxona posti rahbari 5 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 20:16

    Tramp joriy qilgan tariflar Yaponiya avtosanoatini inqiroz yoqasiga olib keldi

    Avto | 15 avgust, 20:10

    Xitoyda robotlar olimpiadasi boshlandi

    Dunyo | 15 avgust, 19:56

    Jag‘dagi husnbuzarlardan qanday qutulish mumkin? 9 ta oddiy qoida

    Go‘zallik | 15 avgust, 19:35

    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi

    Reklama | 15 avgust, 18:11

    “Maxsustrans 2022−2023-yillarda 45 mlrd so‘m zarar ko‘rgan” — Shavkat Umurzoqov

    O‘zbekiston | 15 avgust, 19:21

    O‘zbekistonlik talabalar bir vaqtda 2 mingta robot yasab Ginnes rekordini yangilamoqchi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 19:05

    O‘zbekistonda kunlik ish haqi to‘lash tartibi joriy etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 18:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.