Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQSh Eron, Suriya va Ugandadagi o‘ndan ortiq shaxs va tashkilotlarga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Ular inson huquqlarining jiddiy buzilishi va repressiv harakatlarga sheriklikda ayblanmoqda, deb yozadi Reuters.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Vashington kimyoviy qurollardan tinch aholiga qarshi uyushtirilgan hujumlarda ishtirok etish aybi bilan Suriya Harbiy havo kuchlarining ikki yuqori martabali zobitini hamda Suriya xavfsizlik va razvedka xizmatining uch nafar yuqori martabali harbiysini qora ro‘yxatga kiritdi.

AQSh Moliya vazirligining (OFAC) Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi Uganda harbiy razvedkasi boshlig‘i, general-mayor Abel Kandixoga nisbatan uning nazorati ostida inson huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilgani uchun sanksiyalar kiritdi. O‘z navbatida Uganda harbiylari  ushbu qarordan hafsalasi pir bo‘lganini bildirdi, ularning fikricha, bu qaror tegishli qonuniy jarayonlarsiz qabul qilingan.

AQSh Moliya vazirligi Eronning terrorizmga qarshi kurash bo‘linmalariga, shuningdek, bir qancha amaldorlariga, jumladan, Eronning eng muhim ichki xavfsizlik bo‘linmalaridan birining qo‘mondoni Golamrez Sulaymoniyga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qildi. Bunga javoban Eron AQShni 2015-yilgi Eron yadroviy kelishuvi bo‘yicha Venada bo‘lib o‘tayotgan muzokaralar fonida yangi sanksiyalar joriy etgani uchun tanqid qildi.

Avvalroq Eron yadro dasturi ishtirokchilariga yadroviy majburiyatlar va AQShning ilgari joriy etgan sanksiyalarini bekor qilish yuzasidan o‘z takliflarni topshirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sharqiy Quddusda keskinlik avjiga chiqmoqda (video)
Mahalliy
Ayol dasturchilar uchun mukofoti 8 000 dollarlik xakatonga arizalar qabuli boshlandi
Mahalliy
Narxi 16 ming dollar, vazni 200 kilogrammdan oshadi – “Naslli qo‘chqorlar ko‘rgazmasi”dan reportaj