• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQShda konstitutsion inqiroz sodir bo‘ladi, dunyoda yangi urush boshlanadi, insonlar 25 yil uzoqroq yashashni boshlaydi. Saxo Bank 2022-yil uchun “hayratga soluvchi bashoratlar”ni e’lon qildi

    Daniyaning Saxo Bank investitsiya banki 2022-yil uchun “hayratga soluvchi prognozlar”ni e’lon qildi. 10 ta bashoratdan iborat jamlanmani bankning o‘zidagilar “moliyaviy bozorlarga katta ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ehtimoldan uzoq hodisalar” deb ataydi. Har yilgi prognozlar 19-marta e’lon qilinmoqda. Meduza ularning eng e’tiborga moliklarini taqdim etdi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Facebook bumerlar uchun platformaga aylanadi

    Facebook “keksa bumerlar” uchun platformaga aylanib bormoqda — uning foydalanuvchilarni doim bir xil yoki yolg‘on kontentni ko‘rishga undovchi algoritmlari yoshlarni ijtimoiy tarmoqdan uzoqlashishiga majbur qilmoqda. Ijtimoiy tarmoq yoshlar va 40 yoshdan kattalar o‘rtasidagi madaniy qarama-qarshilik markazida qolyapti — yoshlar unga xuddi feyk yangiliklar va “xasis” korporatsiya sifatida qaramoqda.

    Investorlar Facebook’ning yangi “ona” kompaniyasi Meta — yosh avlodni shiddat bilan yo‘qotayotganini tushunib turibdi, demak bu kelajakdagi potensialning yo‘qotilishi hisoblanadi. Yuqorida qolishga bo‘lgan urinish sabab Meta Snapchat yoki TikTok’ni xarid qilmoqchi va milliardlab dollarlarni o‘z servisiga yoshlarni qaytarish uchun sarflayapti. Shu bilan bir qatorda, u asosiy maqsadi foydalanuvchilar haqida ma’lumot to‘plash bo‘lgan “metaolam”ni yaratish bilan shug‘ullanmoqda.

    Natijada Meta o‘z qiymatining 30 foizini yo‘qotyapti va uning xizmatlarini alohida tuzilmalarga bo‘lish tavsiya etiladi — Mark Sukerbergning monopoliya haqidagi orzulari shunday barbod bo‘ladi.

    Umr ko‘rish davomiyligini 25 yilga oshirish borasidagi tibbiyot yutug‘i

    2022-yilda tibbiyotda ulkan siljish sodir bo‘ladi — hujayra darajasidagi jarayonlarni boshqarish va ularning umrini uzaytirishi mumkin bo‘lgan dori vositalaridan kokteyl yaratilgan. Laboratoriya sichqonlari ustida o‘tkazilgan tajribalar ularning umri davomiyligi 30 foizga oshganini ko‘rsatgan. Insonlar uchun bu umrning 25 yilga uzayishini anglatadi.

    Bundan tashqari, yangi dori vositasi qarishni sekinlashtiradi va qari hujayralarni yoshartiradi. DNKni tahrirlashning yangi usullari yosh bilan bog‘liq ko‘plab kasalliklardan qutulish imkonini beradi.

    O‘rtacha umr ko‘rishning istiqboli haqiqiy yutuq bo‘lsa-da, axloqiy va moliyaviy muammolarni keltirib chiqaradi. Agar har bir kishi o‘rtacha 115 yil yashasa — bu pensiya tizimi uchun nimani anglatadi? Shuncha odamni boqish uchun oziq-ovqat yetadimi? Yangi doridan hamma ham foydalana olishi kerakmi?

    Gipertovushli texnologiyalarning rivojlanishi yangi sovuq urush va kosmik poygaga olib keladi

    Xitoy tomonidan gipertovushli raketaning sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazilishi AQSh uchun kutilmagan “sovg‘a” bo‘ldi, kosmosga chiqishga qodir gipertovushli apparatlar Vashington va Pekin o‘rtasidagi raqobatning nafaqat iqtisodiy, balki mudofaa sohasining markazida bo‘ladi. Poygaga ilg‘or harbiy texnologiyalarga ega boshqa “o‘yinchilar” ham qo‘shiladi: Rossiya, Hindiston, Isroil va Yevropa Ittifoqi.

    Gipertovushli texnologiyaning rivojlanishi sovuq urush davridan beri mavjud ko‘p yillik “status-kvo”ning buzilishiga olib keladi. Ular o‘zaro ishonchli halokatning asosiy prinsipiga tahdid soladi — gipertovushli raketa yordamida birinchi yadroviy zarba berilgan taqdirda, qit’alararo ballistik raketalarning javob hujumini to‘liq bartaraf etish mumkin. Shu sababli poyga ommaviyga aylanadi: hech kim o‘zini ortda qolayotgandek his qilishni istamaydi.

    Bu gipertovushli qurollarni yaratish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning jadal o‘sishiga, an’anaviy qurollanishga ega harbiy kemalar va samolyotlar uchun qurilmalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning esa qulashiga olib keladi.

    AQShda konstitutsiyaviy inqiroz boshlanadi

    Demokratlar va respublikachilar o‘rtasidagi qarama-qarshilik o‘z chegarasiga yetib bormoqda. Kongress uchun o‘tkaziladigan oraliq saylovlarda respublikachilar g‘olib chiqish uchun barcha narsaga tayyor, demokratlar qo‘rquvni uyg‘otish bo‘yicha u qadar mashhur bo‘lmagan kampaniyasini olib boryapti.

    Saylovlardan keyin bir yoki ikkala tomon ham ovozlar natijasining tasdiqlanishiga qarshi chiqish qiladi. Natijada Kongressning yangi tarkibini shakllantirish mumkin emas va u rejadagidek 2023-yilning 3-yanvaridan ish boshlay olmaydi.

    Jo Bayden mamlakatni prezidentlik dekretlari yordamida boshqarishni davom etadi. AQShdagi demokratiya to‘xtatilgan — shu sababli Demokratlar partiyasi saylovlar natijasining Oliy sudda ko‘rib chiqilishiga qarshi chiqmoqda, chunki unda konservativ sudyalar hukmronlik qiladi. Mamlakatni keng ko‘lamli konstitutsion inqiroz qamrab olmoqda.

    Amerikalik faollar o‘zgaruvchan bo‘lib bormoqda, dollar tushib ketayotgan bir vaqtda AQSh obligatsiyalarining daromadliligi ortyapti.

    Yevropa Ittifoqi pensiya jamg‘armalaridan to‘ldirib boriladigan “Superfond”ni yaratadi

    AQSh tomonidan Yevropaga sovuq urush davrida taqdim etilgan “xavfsizlik soyaboni” yo‘qolishi mumkin, chunki Vashingtonning asosiy harbiy va iqtisodiy raqobatchisiga dunyoning boshqa chekkasida joylashgan Xitoy aylanmoqda. Yevropa Ittifoqi mustaqil ravishda mudofaani mustahkamlash va bir vaqtning o‘zida energiya inqirozi boshlanishidan zarar ko‘rgan iqtisodlarga turtki berish yo‘llarini qidirmoqda.

    Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Italiya bosh vaziri Mario Dragi qo‘llab-quvvatlovi ostida qiymati 3 trillion yevro bo‘lgan Yevropa Ittifoqi “Superfondi”ni yaratishni taklif qilmoqda. U mudofaani ta’minlash bilan birga, iqlim o‘zgarishi muammolari va sof energiyaga o‘tishga yordam beradi. Yevropa aholisining qarib borayotgani, shuningdek, soliqlarning allaqachon yuqoriligi hisobga olinsa, siyosatchilar daromad solig‘ini oshirish orqali fondni moliyalash imkonsiz bo‘lishini tushunishadi.

    Fransiya 40 yoshdan katta barcha ishchilarning pensiya aktivlarining bir qismini “Superfond”ning past daromadli obligatsiyalariga majburiy o‘tkazishni taklif etyapti, bu Yevroittifoqning o‘zining obligatsiyalari hisoblanadi. Tizim shu qadar muvaffaqiyatli bo‘lmoqdaki, Yevropada daromad solig‘i sekin-asta kamaymoqda.

    Spotify NFT asosidagi musiqalarni tarqatuvchi servislar sabab kasodga uchraydi

    Musiqachilar striming platformalari tinglangan musiqalardan kelayotgan daromadning 75 foizdan ortig‘ini o‘ziga olayotganidan norozi bo‘lmoqda, shu sababli ular musiqalarini NFT asosidagi servislar yordamida tarqatib, tinglovchilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri raqamli huquqlarni sotmoqda.

    Bu musiqachilarga real vaqt rejimida daromad olish va uni o‘rtakashlar bilan bo‘lishmaslik imkonini beradi, tinglovchilar esa o‘z pullari to‘g‘ridan to‘g‘ri ijrochiga borayotganini bilib turadi.

    2022-yilda NFT asosidagi servislar orqali o‘z musiqasini Keti Perri, Jeyson Derulo va The Chainsmokers taqdim etadi, qolgan qo‘shiqchilar o‘z kompozitsiyalarini kasod bo‘layotgan an’anaviy oqimli platformalardan qaytarib olyapti: Spotify bir yil davomida o‘z qiymatining 33 foizidan ayriladi. Investorlar filmlar, kitob va boshqa kontentlarni sotishda ham NFT’da potensialni ko‘rmoqda.

    Mavzuga doir: 

    • JSST: Yevropada 2022-yilning mart oyiga qadar yana 500 ming kishi koronavirusdan vafot etishi mumkin
    • Xitoy AQShni unga xayoliy raqibdek qarashni bas qilishga chaqirdi

    03.12.2021, 15:50   Izoh (0)   34020
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Salvadorda bortida mudofaa vazirining o‘g‘li bo‘lgan harbiy samolyot halokatga uchradi

    03.12.2021, 15:20

    Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasi mashhurlarning manzilini e’lon qilib yuborgani uchun jarimaga tortildi

    03.12.2021, 14:53

    AQSh va Yevropa Ittifoqi migratsiya inqirozi sabab Belarusga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etdi

    03.12.2021, 14:38

    “Putinning yillik matbuot anjumaniga xorijiy agentlar ro‘yxatidagi OAV vakillari ham taklif qilinadi” — Peskov

    03.12.2021, 10:17

    Germaniya Angela Merkelni kansler lavozimidan kuzatdi. Uning sharafiga tantanali marosim bo‘lib o‘tdi

    03.12.2021, 09:53

    Isroil bosh vaziri pandemiya sharoitida oila a’zolarining xorijga safari tufayli tanqidga uchradi

    03.12.2021, 09:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand besh kunlik mojaroda qo‘lga tushgan ikki nafar Kambodja askarini yurtiga qaytardi

    Dunyo | 3 avgust, 14:51

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 14:40

    Ozarbayjon gazi Turkiya orqali Suriyaga yetkazib beriladi

    Dunyo | 3 avgust, 14:15

    “An-Nassr” Ronalduning tavsiyasi bilan Fernandeshni sotib olmoqchi

    Sport | 3 avgust, 13:55

    O‘zbekistonda ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 13:29

    BAA Misrdan yarim milliondan ortiq g‘azolikni ta’minlash uchun yetadigan suv quvuri tortib keladi

    Dunyo | 3 avgust, 12:55

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.