• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12762.53
    • RUB162.66
    • EUR14978.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Afg‘onistonda YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan qadimgi minora qulash arafasida. “Tolibon” xalqaro tashkilotlardan muammoga e’tibor qaratishni so‘radi

    Afg‘onistonning Gur viloyati chekka hududida joylashgan tarixiy inshoot — Jom minorasi qulab tushish arafasida. Bu haqda viloyatning “Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan ma’muriyati vakillari TOLOnews’ga ma’lum qildi.

    Foto: Central Asia

    Foto: Central Asia

    Jom minorasi 1194-yilda Guriylar sulolasi davrida qurilgan. Taxminlarga ko‘ra u Firuzkuh shahridan saqlanib qolgan yagona bino. Firuzkuh 1221-yilda Chingizxon qo‘shini tomonidan egallangan va vayron qilingan. Shundan keyin minora qariyb 700 yil davomida deyarli esdan chiqdi.

    1944-yilda Afg‘oniston tarixini o‘rganish jamiyatining “Anis” jurnalida u haqida maqola chop etilgan. 1957-yilda fransuz arxeologlari minoraga yetib borishga muvaffaq bo‘lgan. 1960-yillarda italyan olimlari tashabbusi bilan minora poydevorini mustahkamlash ishlari olib borilib, uning yonidan saroy xarobalari, qabriston va harbiy istehkomlar topilgan. 2002-yilda Jom minorasi YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

    “Agar biz minoraning ahvoliga beparvo qarasak, u tez orada qulab tushadi, bu esa o‘ta sharmandali holat bo‘ladi. YuNESKO mutasaddilari mazkur masalaga e’tibor qaratishi kerak”, — deydi Gur axborot va madaniyat departamenti rahbari Abdul Xay.

    “So‘nggi 20 yil davomida minorani muhofaza qilishga e’tibor berilmagan. Endi qishda minoraning qulab tushishidan juda xavotirdamiz ”, — deya qayd etgan mahalliy fuqarolik huquqlari faoli Hasan Hakim.

    Yana bir mahalliy ijtimoiy faol Nazar Muhammad Soqibning aytishicha, avvalroq xalqaro tashkilotlar Jom minorasini ta’mirlashga va’da bergan.

    “Xalqaro tashkilotlar, xususan, tarixiy merosni muhofaza qilishga mas’ul YuNESKO minorani himoya qilish va ta’mirlash bo‘yicha va’dalar berganiga qaramay, ularning ustidan chiqmadi”, — deydi Soqib.

    Ta’kidlanishicha, minora ostidagi avvalgi hukumat davrida qurilgan tayanch devorni shu yaqindagi daryo yuvib ketgan, natijada devor qulagan. Endi navbat minoraning o‘ziga kelgan. Hozircha u hududdagi bir qancha uylardan ko‘ra yaxshiroq saqlanib turibdi — uylarning barchasini suv toshqinlari olib ketgan.

    2017-yil sentabr oyida YuNESKO ekspertlari Afg‘onistonning o‘sha paytdagi Axborot va madaniyat vazirligi vakillari bilan birgalikda to‘rt kun davomida Jom minorasini ko‘zdan kechirgan. Yuqori aniqlikdagi kameralarga ega ixcham dron yordamida birinchi marta minoraning ichki va tashqi detallari chuqur o‘rganilgan. Xususan, madaniy yodgorlikning bezaklarini juda sifatli qilib suratga olishga muvaffaq bo‘lingan.

    YuNESKOning ushbu ekspeditsiyasi noyob yodgorlikning birinchi zamonaviy tadqiqi edi. Bungacha olimlar minoraning saqlanish holatini sun’iy yo‘ldosh tasvirlari yordamida kuzatishga majbur bo‘lgan.

    Minora Afg‘oniston g‘arbidagi eng yirik shahar Hirotdan sharqda 200 kilometr uzoqlikda joylashgan. U joylashgan daraning balandligi taxminan 1500 metr bo‘lgan o‘tib bo‘lmas tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan. Eng yaqin aholi punkti bo‘lgan Jom qishlog‘i esa minoradan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan. Minoraning balandligi 60 metrni tashkil qiladi. Bu dunyodagi pishiq g‘ishtdan qurilgan ikkinchi eng baland minora (birinchisi Dehlidagi Qutb minorasi — balandligi 72,6 metr).

    Jom minorasi YuNESKOning borib ko‘rish qiyin bo‘lgan yodgorliklaridan biridir. Yodgorlik asosiy yo‘llar va yirik shaharlardan uzoq tog‘li hududda ekani yetmagandek, 2021-yilning avgust oyi o‘rtalarida “Tolibon” Kobulda hokimiyatni qo‘lga kiritgunga qadar, Jom minorasi joylashgan mintaqadagi vaziyat nihoyatda keskin edi — u yerda hukumat kuchlari, “Tolibon” va IShID o‘rtasida janglar bo‘lib o‘tgan.

    23.11.2021, 06:00   Izoh (0)   31654
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Siz urush boshlamoqchimisiz yoki yo‘q?”. Andropovga xat yozib, undan javob olgan amerikalik o‘quvchi — Samanta Smit haqida

    23.11.2021, 00:23

    Yaponiya AQSh so‘roviga ko‘ra tarixda birinchi marta strategik neft zaxiralarini bo‘shatishi mumkin

    22.11.2021, 21:58

    “Tolibon” ayollar ishtirok etgan bir qator teledasturlarni efirga uzatishni taqiqladi

    22.11.2021, 20:57

    Italiyada Nigeriya mafiyasiga qarshi o‘tkazilgan operatsiya davomida 40 kishi hibsga olindi

    22.11.2021, 19:10

    Bloomberg Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirmoqchiligi haqida AQSh razvedkasi bergan hisobot tafsilotlarini e’lon qildi

    22.11.2021, 18:40

    Liviyada feldmarshal Haftar hamda Kaddafining o‘g‘li prezidentlik saylovlariga qo‘yilmasligi mumkin

    22.11.2021, 17:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina avgust oyining oxirigacha Putin va Zelenskiy uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi” — Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi

    Dunyo | 24 iyul, 00:39

    “Svetni o‘chirib-yoqaverib, texnikalarimizni ishdan chiqaryapsiz” — aktyor Mehriddin Rahmatov energetika tizimi masʼullariga murojaat qildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 23:46

    Fransiya Isroilni ommaviy ocharchilikni keltirib chiqarishda ayblamoqda

    Dunyo | 23 iyul, 23:15

    MMA tarixidagi eng xato qarorlar top-10 ligi

    UFC | 23 iyul, 22:59

    Surxon qo‘riqxonasida yong‘in chiqdi. Besh gektar yerni qamragan olovni 250 kishi o‘chirmoqda

    O‘zbekiston | 23 iyul, 22:56

    Malayziya yashash xarajatlarining oshishi munosabati bilan fuqarolarga pul tarqatadi

    Dunyo | 23 iyul, 22:30

    Zelenskiy korrupsioner amaldorlarni himoya qilmoqchimi? Yevropa tashvish bildirgan, ukrainaliklarni esa g‘azablantirgan qonun ortida nima bor?

    Dunyo | 23 iyul, 22:10

    Eron MAGATE texnik missiyasini qabul qilishga rozi bo‘ldi

    Dunyo | 23 iyul, 21:50

    O‘zbekiston pasporti jahonda o‘z mavqeyini yaxshiladi

    Dunyo | 23 iyul, 21:35

    O‘zbekistonda olti oyda 5,6 trln so‘mlik samarasiz byudjet xarajatlari qisqartirildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.