• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bloomberg Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirmoqchiligi haqida AQSh razvedkasi bergan hisobot tafsilotlarini e’lon qildi

    Bloomberg o‘tgan hafta Amerika razvedka xizmati yevropalik hamkasblarini Rossiya Ukrainaga bostirib kirmoqchiligidan ogohlantirgani haqida xabar qilgandi. Ushbu hisobotning tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

    Foto: “24 Kanal”

    Foto: “24 Kanal”

    AQSh razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya aviatsiya ko‘magida bir vaqtning o‘zida uch tomondan (Qrim, Belarus va to‘g‘ridan to‘g‘ri Rossiya—Ukraina chegarasi orqali) hujum qilish uchun jami 100 000 askardan iborat 100 ga yaqin batalyon taktik guruhlarini (BTG) joylashtirgan.

    Amerika razvedka zobitlari qo‘shinlarning joylashuv shaklini “to‘liq harbiy ishg‘olga o‘tish bilan keng hududni egallab olishga va uni ushlab turishga tayyorgarlik” deb tasvirladi.

    Shuningdek hisobotga ko‘ra, Rossiya zaxiradagi askarlarni yollash va o‘qitish bo‘yicha so‘nggi 30 yil ichidagi eng shiddatli kampaniyani o‘tkazmoqda, bu haqda esa hech qayerda e’lon qilinmagan. Zaxiradagi askarlarning vazifasi BTG o‘tish chizig‘i orqasida qolib ketgan hududlarni egallab olish va ushlab turish uchun “ikkinchi to‘lqin” hujumini amalga oshirish bo‘ladi, deyiladi xabarda.

    Bloomberg manbalaridan biri nashrga so‘nggi paytlarda Rossiya Ukrainani obro‘sizlantirish va “mamlakat ichidagi beqarorlik va norozilik kuchayib borayotganini” ko‘rsatish uchun katta PR kampaniyasi boshlaganini aytdi. Amerikaliklar Rossiya hujumi vaqtini “kelgusi yilning boshi” deb hisoblamoqda, ammo ularning fikricha, Putin hujum bo‘yicha hali yakuniy qarorga kelmagan bo‘lishi mumkin.

    Avvalroq Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov Vashingtonga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida u AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashib, undan Kiyevga qo‘shimcha harbiy yordam berishini so‘ragan. “Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy texnika va qurolli kuchlarni Rossiya—Ukraina chegarasi bo‘ylab harakatlantirish orqali G‘arb davlatlari bilan ‘shaxmat o‘ynamoqda”, — degandi Reznikov The Washington Post gazetasiga bergan intervyusida.

    Kreml bosqinchilikka tayyorgarlik haqidagi xabarlarni quruq gap deb atadi va aksincha G‘arb kuchlarining, jumladan, NATO samolyotlarining razvedka harakatlari faollashgani munosabati bilan Moskva “hushyor bo‘lishi” kerakligini ta’kidladi.

    Rossiya rasmiylari Rossiya hech kimga tahdid qilmasligini va hech kimga xavf solmasligini bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov qo‘shinlarning mamlakat hududi bo‘ylab harakatlanishi davlatning ichki ishi ekanini bildirgan.

    Mavzuga doir:

    • AQSh Ukrainaga 80 tonna jangovar o‘q-dorilarni berdi
    • AQSh Rossiyadan Ukraina chegarasidagi “provokatsiyalar”ga izoh berishini talab qildi
    • WSJ Qrimdagi Rossiya harbiy samolyotlarining sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarini chop etdi. Pentagon Ukraina bilan chegarada 2014-yildagiga qaraganda ko‘proq qo‘shin to‘planganini aytdi (foto)

    22.11.2021, 18:40   Izoh (0)   19322
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Liviyada feldmarshal Haftar hamda Kaddafining o‘g‘li prezidentlik saylovlariga qo‘yilmasligi mumkin

    22.11.2021, 17:54

    Avstraliya yadroviy suvosti kemalari bilan qurollanish dasturini rasman ishga tushirdi

    22.11.2021, 15:05

    Litva chegaradagi mojaro bo‘yicha Belarus bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini rad etdi

    22.11.2021, 14:54

    Qozog‘istonning Olmaota viloyatidagi suv ombori to‘g‘oni yorilib ketdi (foto va video)

    22.11.2021, 13:51

    AQSh dengiz piyodalari koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortmoqda — OAV

    22.11.2021, 13:36

    Saakashvilining shifokori sobiq prezidentni davolashga psixolog va psixiatr talab etilishini ma’lum qildi

    22.11.2021, 13:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.