• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jo Bayden va Si Szinpin AQSh-Xitoy o‘rtasidagi raqobat, pandemiya va Tayvan masalalarini muhokama qildi. Onlayn uchrashuv 3,5 soat davom etdi

    AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasida videokonferensaloqa uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Amerika ma’muriyatining yuqori martabali vakili jurnalistlar uchun maxsus brifingda ma’lum qildi.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    “Bugun uzoq muloqot seansi bo‘ldi, u kutilganidan ko‘proq davom etdi, ular, taxminan, 3,5 soat suhbatlashishdi”, — dedi ma’muriyat vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, videokonferensiya formati ikki davlat rahbarlariga “telefon suhbatlari chog‘ida cheklanadigan  muloqotni to‘liq olib borish” imkonini bergan.

    “Suhbat hurmat va to‘g‘ridan to‘g‘ri, ochiqlik bilan o‘tdi, deb ayta olaman, aslida ularning avvalgi suhbatlari haqida ham shunday deyish mumkin”, — deya ta’kidladi brifing boshlovchisi. “Uchrashuvning mohiyati shundan iborat bo‘ldiki, ikki davlat rahbarlari AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bellashuvni mas’uliyatli tarzda tartibga solish va ushbu raqobatning himoya mexanizmlarini qanday yo‘lga qo‘yishni muhokama qildi”.

    Qayd etilishicha, AQSh va Xitoyning onlayn sammitida hech qanday yutuqlar bo‘lmagan, Vashington bu muzokaralar alohida burilish yasashini kutmayapti. “AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holatidan kelib chiqib, bunday uchrashuvlar o‘ziga xos burilish nuqtasi bo‘lishini kutmaymiz”, — dedi vakil. U onlayn uchrashuv “mas’uliyatli raqobatni rivojlantirish” va kelajakda ikki tomonlama munosabatlarning “barqarorligi”ni saqlashga qaratilganini ta’kidladi.

    Shuningdek, u onlayn sammitda Pekinda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada mavzusiga to‘xtalib o‘tilmaganini aytdi: “Olimpiadaga kelsak, bu mavzuga to‘xtalib o‘tilmadi”, — dedi amerikalik rasmiy.

    Bayden va Si Szinpin onlayn sammitda pandemiyaga qarshi kurashni ham muhokama qilgan. “Koronavirusga kelsak, ikki davlat rahbarlari ham koronavirus, ham sog‘liqni saqlash xavfsizligi bo‘yicha kengroq masalalar haqida gaplashdi. Prezident kelajakdagi pandemiyalarning oldini olish muhimligini, global sog‘liqni saqlash muammolarini hal etishda shaffoflik muhim o‘rin tutishini ta’kidladi”, — dedi u. Bayden, shuningdek, “yirik vaksina zaxiralariga ega bo‘lgan davlatlar” ularni boshqa mamlakatlarga xayriya qilishi kerakligini ta’kidlagan.

    Shuningdek, vakil Bayden XXRni AQSh bilan tuzilgan savdo bitimi shartlariga rioya qilishga chaqirganini aytdi. Bundan tashqari Bayden AQSh “yagona Xitoy” siyosatini olib borayotganini yana bir bor ta’kidlagan. “Ular Tayvan masalasini keng muhokama qildi”, — dedi rasmiy. Qo‘shma Shtatlar Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlik saqlanib qolishidan manfaatdor ekanligini aniq qilib aytgan.

    Uchrashuv davomida AQSh va XXR Eron bo‘yicha samarali muloqotni ta’minlash bo‘yicha fikr almashgan. “Eron masalasi bo‘yicha. Tomonlar Eron yadroviy dasturi bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi atrofida kutilayotgan muhokamalar, ularning umidlari, jarayon samarali bo‘lishini ta’minlash usullari bo‘yicha fikr almashdi. Men boshqa tafsilotlarga berilmayman”, — dedi AQSh ijroiya hokimiyati vakili.

    U Amerika rahbari xitoylik hamkasbini Pekinni Eron neftini sotib olishni davom ettirishdan bosh tortishga undayaptimi, bunda jumladan AQShning ushbu sohadagi bir tomonlama sanksiyalari hisobga olinyaptimi, degan savolga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob bermadi. “Albatta, AQSh o‘z sanksiyalarini qo‘llashda davom etish majburiyatini ochiq ko‘rsatmoqda”, —dedi brifing boshlovchisi va muhokama tafsilotlarini oshkor qilishdan qochadi.

    Bundan tashqari, u joriy AQSh-Xitoy sammitida Pekin tomonidan gipertovushli qurollarni yaratish bilan bog‘liq mavzular ko‘rib chiqilgan yoki yo‘qligiga, aniqlik kiritishdan bosh tortdi. “Gipertovushli qurollar mavzusida menda aytadigan hech gap yo‘q”, — dedi AQSh rasmiysi.

    Bu Bayden 2021-yil yanvarida AQSh prezidenti lavozimiga kirishganidan beri ikki yetakchi o‘rtasidagi birinchi rasmiy uchrashuvdir. Ilgari ular xabarlar va qo‘ng‘iroqlar almashishgan. Bayden va Si Szinpin o‘rtasidagi so‘nggi telefon muloqoti 10-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan.

    Virtual sammitni o‘tkazishga oktabr oyida, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan va Xitoy Markaziy komissiyasining tashqi ishlar bo‘yicha direktori Yan Szechi o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar yakunida kelishilgan. Sentabr oyida Financial Times manbalari Si Szinpin Jo Baydenning shaxsan uchrashish borasidagi taklifini rad etganini ma’lum qilgandi, biroq Amerika prezidenti ushbu ma’lumotni tasdiqlamagan.

    Avvalroq Xitoy AQShni Tayvan bilan rasmiy aloqalarini zudlik bilan to‘xtatishga, shuningdek, sovuq urush mentalitetidan voz kechib, XXRga xayoliy raqib sifatida munosabatda bo‘lishni bas qilishga chaqirgandi.

    16.11.2021, 17:40   Izoh (0)   30530
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bayden AQShning 1,2 trln dollarlik infratuzilma rejasini imzoladi

    16.11.2021, 14:59

    Ilon Mask Teslaning yana 930 million dollarlik aksiyalarini sotdi

    16.11.2021, 14:28

    Kim Chen In bir oydan buyon ilk bor OAVda ko‘rinish berdi

    16.11.2021, 13:11

    Liverpuldagi portlashdan so‘ng, Buyuk Britaniyada terrorchilik xavfi darajasi oshirildi

    16.11.2021, 09:31

    KXDR Germaniyani Koreya yarim oroli suvlariga harbiy kema yuborgani uchun qoraladi

    16.11.2021, 07:49

    Armaniston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan ozod qildi

    16.11.2021, 07:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.