• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Makrondan Saudiya Arabistoni podshohigacha. Shavkat Mirziyoyev nomiga O‘zbekiston prezidentligiga saylangani munosabat bilan qutlovlar kelmoqda

    O‘zbekistonda 2021-yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan uning nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli davlat va jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev janobi oliylariga

    Janobi oliylari!

    Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga ikkinchi muddatga qayta saylanganingiz bilan chin dildan qutlashga ijozat bergaysiz.

    Siz bilan BMTning mamlakatingizdagi jamoasi hamda Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi orqali bizlarni qiziqtirgan masalalarda yaqindan hamkorlik qilishimizdan umidvorman.

    BMT global xatarlarni birgalikda bartaraf etishda, shu jumladan xalqaro tinchlik va xavfsizlik, inson huquqlari va barqaror taraqqiyot masalalarida O‘zbekistonning ko‘magiga va qat’iy intilishiga tayanishda davom etadi.

    Janobi oliylari, sizga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromimni qabul qilgaysiz.

    Antoniu Guterrish, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev janobi oliylariga

    Janobi oliylari!

    O‘zbekiston Respublikasi xalqining faol qo‘llab-quvvatlashi bilan Prezident lavozimiga muvaffaqiyatli qayta saylanganingiz bilan Sizni samimiy qutlashga ijozat bergaysiz. Sizning mohirona rahbarligingizda O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini davom ettirishiga ishonaman.

    Prezident sifatida faoliyatingizning ikkinchi muddati davomida siz bilan yaqin hamkorlik qilish orqali mamlakatlarimiz o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashimizga umid qilaman.

    Siz va rafiqangiz bilan joriy yil dekabr oyida Koreyada uchrashishimni orziqib kutmoqdaman.

    Sizga mustahkam sog‘lik, O‘zbekiston Respublikasiga esa abadiy ravnaq tilayman.

    Mun Chje In, Janubiy Koreya prezidenti

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev janobi oliylariga

    Janobi oliylari!

    Yaponiya hukumati va xalqi nomidan sizni O‘zbekiston Respublikasi lavozimiga qayta saylanganingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

    Qonun ustuvorligiga asoslangan erkin va ochiq xalqaro makonni barpo etish doirasida Yaponiya biz uchun muhim strategik hamkor bo‘lgan O‘zbekiston bilan sheriklikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda.

    Yaponiya O‘zbekistonning mamlakatni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini va siz, janobi oliylarining rahbarligida olib borilayotgan islohotlarni izchil qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

    2019-yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirilgan rasmiy tashrifingiz davomida erishilgan barcha kelishuvlar va qo‘shma loyihalarni bundan buyon ham birgalikda amalga oshirishimizga umid bildiraman.

    Kelgusi yilda diplomatik munosabatlarimiz o‘rnatilganining 30 yilligini keng nishonlaymiz. Umid qilamanki, Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik barcha yo‘nalishlarda yanada rivojlanadi.

    Ushbu imkoniyatdan foydalanib, Sizga mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa bardavom ravnaq tilayman.

    Fumio Kisida, Yaponiya bosh vaziri

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev janobi oliylariga

    Prezident janoblari!

    Sizga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylanganingiz munosabati bilan samimiy tabriklarimni yo‘llamoqdaman.

    Ushbu lavozimdagi faoliyatingizning ikkinchi muddatida ham O‘zbekiston Siz tanlagan keng ko‘lamli islohotlar va jamiyat ochiqligini ta’minlash yo‘lidan borishiga hamda demokratiya va qonun ustuvorligi borasida yangi muvaffaqiyatlarga erishishiga umid bildiraman. Manfaatlar muvozanati va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga qaratilgan tashqi siyosati tufayli O‘zbekiston Markaziy Osiyoni barqarorlashtirishga bundan buyon ham muhim hissa qo‘shishiga ishonaman. Bu Afg‘onistonda kechayotgan bugungi voqealar nuqtayi nazaridan ham favqulodda muhim ahamiyatga ega.

    Ayniqsa, ikkimizning 2019-yilgi o‘zaro tashriflarimiz natijasida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar mustahkamlanib, sezilarli faollashganini ijobiy baholayman. Germaniya kelajakda ham O‘zbekistonga ochiqlik yo‘lidagi harakatida sheriklik ko‘magini ko‘rsatishga va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga tayyor. Siz bilan o‘rtamizdagi fikr almashinuvini yuksak qadrlayman va kelgusida uni davom ettirishdan mamnun bo‘laman.

    Oldingizda turgan muhim vazifalarni bajarishda hamda siz o‘zbek xalqini rozi qilishdek maqsadni o‘z oldingizga qo‘yganingizni hisobga olib, sizga kuch-quvvat, muvaffaqiyat va doimiy omad tilayman.

    Frank Valter-Shtaynmayer, Germaniya Federativ Respublikasi Federal prezidenti

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev janobi oliylariga

    Hurmatli Prezident janoblari!

    Siz O‘zbekiston Prezidenti yuksak lavozimiga qayta saylangan kunning ertasiga katta mamnuniyat bilan samimiy qutlovlarimni yo‘llamoqdaman. Ushbu lavozimdagi faoliyatingizni Fransiyaning do‘sti hisoblangan o‘zbek xalqi manfaatlari yo‘lida amalga oshirishda Sizga eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

    Qayta saylanganingiz keyingi besh yilda Sizning rahbarligingizda jamiyat hayotining barcha sohalarida boshlangan muhim islohotlar samarasi yanada yuksalishiga umid qilaman.

    Ishonchim komilki, 2018-yilda Fransiyaga amalga oshirgan tashrifingiz tufayli hamkorligimizga bag‘ishlangan sur’at saqlanib qolib, Prezident lavozimidagi faoliyatingizning ikkinchi muddati ikki tomonlama munosabatlarning barcha – siyosiy, madaniy va iqtisodiy yo‘nalishlarida yanada rivojlanadi.

    Afg‘onistondagi tahlikali vaziyatdan kelib chiqib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha muloqotni 30-avgust kuni o‘tgan suhbatimizda kuzatilgan o‘zaro anglashuv va hamkorlik ruhida davom ettirish ayniqsa muhimdir.

    Shuningdek, Fransiya va O‘zbekiston global iqlim, salomatlik va iqtisodiy taraqqiyot kabi tobora dolzarb tus olayotgan masalalarga nisbatan xalqaro hamjamiyatning o‘zaro muvofiqlashtirilgan yechimlarni ishlab chiqishga ko‘maklashish maqsadida bu boradagi harakatlarini muvofiqlashtirishni davom ettirishiga umid qilaman.

    Eng ezgu tilaklarimni izhor etarkanman, siz, Prezident janoblariga bo‘lgan yuksak ehtiromimni bildiraman.

    Hurmat bilan, Emmanuel Makron, Fransiya prezidenti

    Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
    • Armaniston Respublikasi prezidenti Armen Sarkisyan;
    • Armaniston Respublikasi bosh vaziri Nikol Pashinyan;
    • Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili;
    • Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr;
    • Avstriya Respublikasi Federal prezidenti Aleksandr Van der Bellen;
    • Bolgariya Respublikasi prezidenti Rumen Radev;
    • Gretsiya Respublikasi prezidenti Katerina Sakellaropulu;
    • Latviya Respublikasi prezidenti Egilts Levits;
    • Vengriya bosh vaziri Viktor Orban;
    • Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz al-Saud;
    • Saudiya Arabistoni podshohligi valiahdi, bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz al-Saud;
    • Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy;
    • Pokiston Islom Respublikasi prezidenti Orif Alviy;
    • Bangladesh Xalq Respublikasi prezidenti Abdul Hamid;
    • Qatar davlati amiri Tamim bin Hamad al-Soniy;
    • Qatar davlati amirining o‘rinbosari Abdulla bin Hamad al-Soniy;
    • Qatar davlati bosh vaziri, ichki ishlar vaziri Xolid bin Xalifa bin Abdulaziz al-Soniy;
    • Quvayt davlati amiri Navof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
    • Quvayt davlati bosh vaziri Saboh Xolid al-Hamad as-Saboh;
    • Quvayt davlati valiahdi Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
    • Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux;
    • Vyetnam sotsialistik respublikasi prezidenti Nguyen Suan Fuk;
    • Kuba Respublikasi prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes;
    • Rossiya Federal majlisi federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko;
    • YUNESKO bosh direktori Odri Azule;
    • Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriya;
    • Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – ijrochi kotibi Sergey Lebedev;
    • Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bag‘dod Amreyev;
    • Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy;
    • Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungong;
    • BMTning Jenevadagi bo‘linmasi direktori Tatyana Valovaya.
    Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimida so‘zlagan nutqi
    • Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimidan fotoreportaj
    • Shavkat Mirziyoyev dunyoga ochiq bo‘lish, afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatish kerakligi haqida gapirdi

    06.11.2021, 21:55   Izoh (0)   19900
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimida so‘zlagan nutqi

    06.11.2021, 19:24

    O‘zbekiston aholi daromadlari o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga chiqadi

    06.11.2021, 19:03

    “Tibbiyot sohasiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ikki baravarga oshiriladi, oliy toifali shifokorlar maoshi ming dollarga yetkaziladi” — Shavkat Mirziyoyev

    06.11.2021, 18:23

    Samarqandda mansabdor shaxslar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari rahbar bo‘lgan jinoiy guruh aniqlandi

    06.11.2021, 17:47

    Shavkat Mirziyoyev dunyoga ochiq bo‘lish, afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatish kerakligi haqida gapirdi

    06.11.2021, 17:26

    Shavkat Mirziyoyev: Qurolli Kuchlar qudratini yanada oshirish ustuvor maqsad bo‘lib qoladi

    06.11.2021, 16:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ko‘kdaladagi portlash: voqea joyidan kechikkan reportaj

    O‘zbekiston | 20 iyul, 22:41

    Ilon Mask bolalar uchun Baby Grok ilovasini ishga tushiradi

    Dunyo | 20 iyul, 22:30

    Avtoritar tizim o‘zgarmaguncha Gruziya Yevropa Ittifoqiga qo‘shila olmaydi — YI parlamenti

    Dunyo | 20 iyul, 22:10

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40

    Janubiy Koreyada suv toshqinlari va ko‘chkilar sabab halok bo‘lganlar soni 14 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 21:10

    “Real” navbatdagi shov-shuvli transferni amalga oshirishi mumkin

    Sport | 20 iyul, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.