• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rossiya prezidentidan Dubay amirigacha. Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekistonda 2021-yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan uning nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda. Qutlov matnlari Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga.

    Hurmatli Shavkat Miromonovich!

    Sizni davlat rahbari saylovida ishonchli g‘alabaga erishganingiz bilan chin dildan qutlayman.

    Ovoz berish natijalari Sizning yuksak siyosiy obro‘yingizni, O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va uning manfaatlarini xalqaro maydonda himoya qilishga qaratilgan siyosatingiz qo‘llab-quvvatlanayotganini to‘la-to‘kis tasdiqladi.

    Siz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga katta shaxsiy hissangizni qo‘shyapsiz. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan bundan buyon ham sherikligimizni turli sohalarda kengaytirishimiz, mintaqa va global kun tartibidagi dolzarb masalalarni hal etishda konstruktiv hamkorlik qilishimizga ishonaman. Bu, hech shubhasiz, Rossiya va O‘zbekistonning do‘st xalqlari manfaatlariga javob beradi, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadlariga mos keladi.

    Chin qalbimdan davlat lavozimidagi faoliyatingizga muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik va baxt-saodat tilayman.

    Hurmat bilan,

    Vladimir Putin, Rossiya Federatsiyasi prezidenti

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga.

    Hurmatli Prezident janoblari!

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylanganingiz munosabati Xitoy Hukumati va xalqi nomidan hamda shaxsan o‘z nomimdan Sizga samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni bildirishga ijozat bergaysiz.

    Sizning davlat rahbari sifatidagi faoliyatingiz davrida mamlakat jadal rivojlanishga erishdi, yangi qiyofa kasb etmoqda hamda shu orqali Markaziy Osiyoda barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashga muhim hissa qo‘shmoqda. Sizning rahbarligingizda O‘zbekiston davlat qurilishining barcha sohalarida yangi muvaffaqiyatlarga albatta erishadi, deb ishonaman.

    Diplomatik munosabatlarimiz o‘rnatilganidan buyon Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik muttasil mustahkamlanib bormoqda. Men Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqdaman hamda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik solnomasida Siz bilan birgalikda yangi sahifa ochish uchun barcha sa’y-harakatlarni qaratishga tayyorman.

    Sizga mustahkam sog‘lik va barcha ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman.

    Do‘st O‘zbekistonga ravnaq va qudrat, xalqingizga baxt-saodat va farovonlik tilayman.

    Si Szinpin, Xitoy Xalq Respublikasi raisi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga.

    Janobi Oliylari, Prezident saylovidagi yorqin g‘alabangiz munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib ikkinchi muddatga saylanganingiz mamlakat xalqining Sizning rahbarligingiz va rahnamoligingiz ostida amalga oshirilayotgan islohotlarga bo‘lgan ishonchi ramzidir. Bu O‘zbekistonning demokratik yo‘lda erishgan ulkan muvaffaqiyatlarini ham aks ettiradi.

    Sizning qayta saylanganingiz haqidagi xabarni men katta mamnuniyat ila qabul qildim, chunki bu shaxsan biz uchun O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi hamkorlikni davom ettirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

    Ikkimiz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash yo‘lida jadal ishlaganimiz juda quvonarlidir, bu esa, o‘z navbatida, yuqori darajadagi muntazam siyosiy almashinuvlar, ikki tomonlama aloqalarimizning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha, xususan, koinot, fuqarolik atom energetikasi, ta’lim va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirishda yangi yo‘nalishlarni ochib berdi. Ko‘p tomonlama forumlar doirasidagi hamkorligimiz ham namunali bo‘ldi.

    Sizga ikkinchi Prezidentlik muddatingizda muvaffaqiyatlar tilayman va Siz bilan yaqindan hamkorlik qilishdan umidvorman. Fursatdan foydalanib, Sizga va oila a’zolaringizga mustahkam sog‘lik, baxt va farovonlik tilayman.

    Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.

    Narendra Modi, Hindiston Respublikasi bosh vaziri

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga.

    Respublika Prezidentligiga qayta saylanganingiz munosabati bilan Sizga ushbu yuksak lavozimdagi vakolatlarni bajarishda katta muvaffaqiyatlar tilayman.

    Ishonchim komil, Italiya tomonidan yuqori qiziqish bilan qaralayotgan O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi yaqin besh yilda yanada rivojlanish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Shu ma’noda, mamlakatingizning yuksak marralarni ko‘zlovchi islohotlarni amalga oshirish hamda Toshkent va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.

    O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi munosabatlar a’lo darajada ekanining dalili sifatida Samarqand shahrida navbatdagi “Italiya – Markaziy Osiyo” vazirlar uchrashuvining tashkil etilganini mamnuniyat bilan qayd etib, Sizga va barcha yurtdoshlaringizga farovonlik va ravnaq tilaklarimni yo‘llayman.

    Serdjo Mattarella, Italiya Respublikasi prezidenti

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib qayta saylanganingiz munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabrik va ezgu tilaklarimni yo‘llashdan behad mamnunman.

    Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga sihat-salomatlik va baxt-saodat, do‘st O‘zbekiston xalqi va hukumatiga doimiy taraqqiyot va ravnaq tilab qolaman.

    Yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.

    Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon, Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib qayta saylanganingiz munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga do‘stona tabrik va birodarona tilaklarimni yo‘llashdan behad mamnunman.

    Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sog‘liq, omonlik va baxt-saodat, do‘st O‘zbekiston xalqi va hukumatiga davomiy rivoj va ravnaq tilab qolaman.

    Yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz,

    Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum, Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabrik va iliq tilaklarimni yo‘llashdan bag‘oyat xursandman.

    Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, do‘st O‘zbekiston xalqi va hukumatiga bardavom ravnaq va farovonlik tilab qolaman.

    Chuqur ehtiromimni qabul qilgaysiz.

    Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu Dabi valiahdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabrik va iliq tilaklarimni yo‘llashdan benihoya mamnunman.

    Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga sog‘lik-omonlik va baxt-saodat, do‘st O‘zbekiston xalqi va hukumatiga ravnaq va taraqqiyot tilab qolaman.

    Chuqur ehtiromimni qabul qilgaysiz.

    Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon, Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri o‘rinbosari, prezident ishlari bo‘yicha vaziri

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga.

    Siz Janobi Oliylariga iliq salomlarimni yo‘llagan holda Sizga sihat-salomatlik va omonlik, do‘st O‘zbekiston xalqiga taraqqiyot va ravnaq tilashdan behad mamnunman.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib qayta saylanganingiz munosabati bilan Siz Janobi Oliylariga samimiy tabriklarimni izhor etishdan bag‘oyat xursandman. Bu esa xalqingizning Sizga bo‘lgan ishonchini aks ettiradi. Qodir Allohdan Sizga mamlakatingiz xizmatida ulkan muvaffaqiyatlar, yurtingizga tinchlik-osoyishtalik va farovonlik ato etishini so‘rayman. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari yanada rivojlanishini tilab qolaman.

    Yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.

    Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib qayta saylanganingiz munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabriklarimizni izhor etish bizga katta mamnuniyat baxsh etadi.

    Kelgusi lavozimingiz davomida xalqlarimiz farovonligi yo‘lida ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarimizni yanada mustahkamlashga bo‘lgan sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz.

    Fursatdan foydalanib, do‘st O‘zbekiston xalqining yanada taraqqiyoti va farovonligi yo‘lidagi intilishlarini ro‘yobga chiqarishida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

    Haysam bin Toriq Ol Said, Ummon sultoni

    Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyevni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko qutlagan edi.

    28.10.2021, 19:41   Izoh (0)   19783
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda “chiroyli” avtoraqam auksion orqali 498,15 mln so‘mga sotildi

    28.10.2021, 19:10

    Toshkentda talabaga tegajog‘lik qilishda gumonlanayotgan “zamdekan” qizning o‘zi unga shilqimlik qilganini aytdi

    28.10.2021, 18:24

    “Ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hashamat”. Salim Abduvaliyevning 7 gektar maydonda joylashgan dachasiga sayohat (video)

    28.10.2021, 17:54

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi

    28.10.2021, 17:22

    “Multfilm — bu jiddiy masala. U orqali har qanday g‘oyani singdirish mumkin”. O‘zbekistonda multiplikatsion soha rivojlanmasligiga ssenariy, mablag‘ va kadrlar mas...

    28.10.2021, 17:07

    Viza muddati tugagan Afg‘oniston fuqarolari O‘zbekistondan chiqarib yuborilmasligi ma’lum qilindi

    28.10.2021, 16:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” “PSJ”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 6 iyul, 10:30

    O‘zbekistonda portlovchi va zaharli moddalar aylanmasiga talablar kuchaytirildi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 10:20

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 6 iyul, 09:50

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika kompaniyalari qo‘shma korxona tashkil etdi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 09:40

    Arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmang — Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 08:56

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.