• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Multfilm — bu jiddiy masala. U orqali har qanday g‘oyani singdirish mumkin”. O‘zbekistonda multiplikatsion soha rivojlanmasligiga ssenariy, mablag‘ va kadrlar masalasi aybdormi?

    1892-yilning 28-oktabrida fransuz rassomi va ixtirochisi Emil Reyno Parij shahridagi Greven muzeyida harakatlanuvchi suratlar ketma-ketligini — ilk multfilm namunasini yig‘ilganlarga namoyish etadi. Oradan 110 yil o‘tib, Xalqaro animatsion filmlar assosiatsiyasi (ASIFA) ushbu sanani “Xalqaro animatsiya kuni” deb e’lon qiladi.

    “Daryo” muxbiri bayram bahona yig‘ilib borayotgan (ko‘pincha javobsiz) savollar: O‘zbekistonda animatsion filmlar nimaga rivojlanmayotgani, bolalar xohlayotgan multfilmlar nega yaratilmayotgani, nima uchun milliy emas, xorij mahsulotlari bilan farzandlar ovutilayotgani haqida mutaxassislarga yuzlandi, ota-onalar, ruhiyatshunoslarning fikr-istagini eshitdi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Asosiy masaladan oldin...

    Multfilm — bugungi zamon bolasining do‘sti. Internet, televizion kanallarda har qanday yoshdagi bolaga mo‘ljallangan millionlab animatsion filmlar bor va ularning soni, qamrovi yil sayin ortsa ortyaptiki, kamayayotgani yo‘q. Tan olish kerak, aksarimiz bola tarbiyasini o‘zimizdan soqit qilib, turli-tuman multfilmlarga “topshirib”, xotirjam bo‘lib qolganmiz. Bari yig‘ilsa, bir kunda 3-4 soatini multfilm ko‘rib o‘tkazadigan bolalar ko‘p. Ota-onaning muttasil bandligi (xoh ro‘zg‘or, xoh ishxonadagi yumushlar) go‘daklikdanoq harakatlantiruvchi tomoshaga mubtalolikka yo‘l ochdi degani.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyasi bor: 2,5 yoshgacha har qanday raqamli kontent koni zarar. Ayrim mutaxassislar buni 3 yoshgacha cho‘zadi. Taqiqning boisi — miya rivojlanishida ortda qolish ehtimoli yuqori. Telekanallarda yosh chegarasini ko‘rsatadigan sonlar (0+, 3+, 5+...) esa befoyda. Rossiyalik shifokor, psixologiya fanlari doktori Nadejda Mazurova: “Butun dunyoda multiplikatsiyaning aniq mezonlari yo‘q. Ota-onalar o‘zlariga yoqqanini bolaga tanlab beradi”, — deydi. Multfilmlarni mutlaqo yomon, taqiqlanishi shart mahsulot deyish ham noto‘g‘ri. Ko‘pgina ta’limiy, bolaga tevarak-atrof, muloqot, kattalar dunyosi qonuniyatlarini o‘rgatadiganlari uyda berilmaydigan bilimdan afzal. Lekin muayyan xalq bolalari o‘z madaniyati, milliyligi, dunyoqarashi aks ettirilmagan multfilmlarga bog‘lanib qolishi chindan xavotirlanarli.

    Ayrim ota-onalardan farzandi bir kunda necha soat multfilm tomosha qilishini so‘raganimda:

    “Ikki nafar farzandim bor. To‘ng‘ichim 2-sinf bo‘lishiga qaramay, darslaridan bo‘shaboq multfilmga yopishadi. 5 soat, ba’zan undan ham ko‘proq vaqtini televizor oldida o‘tkazadi. Kichkinam 5 yosh. Bog‘chasi ishlamagan, tayyorlov kurslari yopiq vaqti 8-9 soat va undan ham ko‘proq vaqtini turli mavzudagi multfilm ko‘rishga sarflaydi”, — deydi ikki o‘g‘ilning onasi Munojot Odilova.

    Munojot Odilova

    Munojot Odilova
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Multfilmlar bolaning asab tizimiga hech qanday vositasiz ta’sir qilishi ochiq haqiqat. 1997-yili Yaponiyada 653 nafar bola epileptik tutqanoq tufayli kasalxonaga yotqizilgan. Vaziyat o‘rganilganda “Pokemon” multfilmining 38-qismidagi epizod bunga sabab bo‘lgan. Shu kuni barcha bolalar o‘sha sahnani qayta-qayta tomosha qilgan. Keyinchalik Yaponiya hukumati bu multfilmni qat’iy taqiqlagan va hech qachon qayta suratga olinmagan. Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiyalari universitetida o‘qib qaytgan Shavkat Xoldorov Yaponiyadagi bugungi vaziyat, animatsion filmlarni xalqqa yetkazishdagi qiziq usulni aytib berdi:

    “Yaponiyada bolani ekranga ‘mixlamaslik’ uchun qiziq odat bor. Yangi ishlab chiqarilgan filmlarni namoyish etib, hammaning diqqatini o‘shanga qaratgach, telekanalda uzatish shartta to‘xtatiladi-da, qolgani kitob holida bosib chiqariladi. Yoshi kattalar ham birdek miriqib ko‘radigan multfilmlarning davomini kitob holida oilaviy o‘qib, bilib olaveradi. Sevimli multqahramonlarining taqdiriga qiziqqanlar asarning keyingi nashrlarini intiq kutadi. Bunda ham kitobxonlik, ham animatsion filmlar yaratish san’ati baqamti rivojlanaveradi”, — deydi Shavkat Xoldorov.

    Hammasi kadr, ssenariy va mablag‘ga bog‘liqmi?

    Bugun dunyoda ellikdan ortiq, millionlab tomoshabiniga ega animatsion studiyalar bor. Pixar, Walt Disney Animation Studios, DreamWorks Animation, Industrial Light & Magic, Studio Ghibli, Framestore, Blue Sky Studios, Warner Bros Animation, Sony Pictures Imageworks kabilarning mahsuloti O‘zbekistongacha kirib kelgan. “Bolajon”, “Aqlvoy” telekanallarida xorij multfilmlariga ajratilgan soatlar ham salmoqli.

    “Aqlvoy” telekanalining 2021-yil may oyidagi teledasturlari mundarijasidan parcha.

    “Aqlvoy” telekanalining 2021-yil may oyidagi teledasturlari mundarijasidan parcha.
    Skrinshot: “Aqlvoy.uz”

    Bolaligimizdan tanish “Qirol Sher”, “Pakaxontas”, “Oppog‘oy va yetti gnom”, “Bembi”, “Sohibjamol va mahluq”, “Dambo”, “Mulan”, “Tarzan” kabi filmlar hamon esimizda. Hatto ko‘p ko‘rilaverganidan dialoglari ham til uchida turadi. Lekin o‘zbek multfilmlari deganda ko‘z oldimizda muayyan animatsion mahsulotlar emas, qolipga solingan tasvirlar — boy va kambag‘al, Zumrad va Qimmat sarguzashtlari, laqma va ayyor, yaxshi va yomon kishilar atrofida kechadigan voqealar gavdalanadi, xolos. O‘zimizniki, deb ko‘z-ko‘zlaydiganimiz deyarli yo‘q. Balki, nohaqdirman, ammo siz o‘zbek multfilmlaridan qaysilarini eslay olasiz, oxirgi paytlari ishlangan qaysi asarlarga ko‘zingiz tushdi, bolalarga qanday filmlar bera olyapmiz?

    Nima sababdan O‘zbekistonda multiplikatsion soha o‘rnidan siljimayotganiga shu sohaning egalari yaxshi ssenariy, mablag‘ va kadr muammosini sanab o‘tadi. Lekin 2016-yili xususiy animatsion studiyasiga asos solgan animator, rejissor Abdulatif Haydarov boshqacha fikrdaligini aytdi.

    “To‘g‘ri, bizda siz sanayotgan uch omil asosiy kamchiligimiz. Ammo barchasi har doim ham bunga bog‘liq emas. Pul ajratiladi. Misol uchun, 1 million bo‘lsin. Shundan oltmish foizigina asosiy ishga sarflanadi. Qirq foizini davlat soliq qilib, yana qaytarib oladi. Agar shu summa to‘lig‘icha berilsin-chi, kim yonib ishlamas ekan! Ssenariynavislar ham bor. Haqiqatan yaxshi yozadiganlari ko‘p. Hafsalangizni o‘ldirib, yozgan narsangizni qaytaraversin, kengashdan o‘tkazmasin-chi!

    Arzimagan haq evaziga har qanday odam ham ‘Bor-e!’ devoradi. Kadrlarga kelsak, buyam katta muammo emas. Xorijiy kompaniyalar uchun ishlaydigan o‘zbeklarni bilaman. Soniyasiga pul oladi. Bu sohaning afzal tomoni — uyda o‘tirib bemalol ishlash mumkin. O‘z ishining shunday ustalarini bilaman, kerak bo‘lsa, ular so‘ragan haqni to‘lolmayman. Chunki professionalligini biladi, shunga yarasha haq olishni istaydi. To‘g‘ri qiladi. Har kim mehnatiga yarasha olishi kerak”, — deydi Abdulatif Haydarov.

    Ota-onalar esa multfilmlarning saviyasi, dinamikasi, mavzusini asosiy kamchilik hisoblaydi, jumladan, Munojot Odilova shunday deydi:

    “O‘zimizning multfilmlarni ko‘rsin deb, bolalarimni juda ko‘p marta majburlaganman. Mashinalar haqidagi ‘Poyga’ning g‘oyasi yoqdi, lekin multfilmdagi tasvirlar — daraxt va binolarning aralashib ketgani o‘g‘illarimning g‘ashiga tegdi. Masalan, poygada doimo teng kuchlardagi mashinalar o‘ynashi kerak. Bu yerda ‘kamaz’, ‘kran’ ham birdek qatnashyapti, ular yuk mashinalari-ku, poygada kuchlar noteng deya multfilmni ‘tahlil’ qilishgan.

    Har kuni nonushta mahali multfilm tanlovi uzoq cho‘ziladi. Oyim xafa bo‘lmasin deb, o‘zbek multfilmlarini tillariga ham olishmaydi. Chunki saviyasi haminqadar, efir setkasi yosh ketma-ketligida tuzilmagandek. Dublyaji mutlaqo bolaga mos emas, ovoz effektining sujetga tushmagan joylari juda ko‘p”.

    “Bu soha o‘gay bolaga o‘xshaydi”

    Ssenariy, mablag‘ va kadr muammo bo‘lmasa, unda muammo nimada, degan ikkinchi savol tug‘iladi. Lekin bunga aniq javobni shu choqqacha yurak yutib aytadigan topilmagan. O‘zbek multiplikatsiyasi tarixida ilk bor moybo‘yoq uslubida ishlangan “Qiz va bulut” animatsion filmi rejissori, qisqa metrajli kinofilmlari bilan tanilgan Shokir Xoliqov ham multiplikatsiyadagi muammolar ildizi qaysi nuqtadaligini aytib o‘tadi.
    Yosh o‘zbek tomoshabiniga animatsiya kerakmikan, deb jiddiy o‘ylaydigan tashkilot bormi? Shu soha bilan alohida shug‘ullanadigan tashkilot yoki mas’ul bormi, degan savol ko‘ndalang turadi. Animatsion filmlar mavzusi, ko‘rinishi, shakli, g‘oyasini tizimli ishlab chiqadigan va bu haqda bosh qotiradigan tashkilot bormi, degim keladi. Agar shunday tashkilot bo‘lsa, ularning ishi deyarli ko‘rinmayapti. Rejissura va ssenariylardan tashqari, albatta. O‘gay bolaga o‘xshatish mumkin bu sohani.

    Ssenariy, rejissura, mablag‘siz na film olish mumkin, na multfilm. Harakat va talab bor joyda mahsulot bo‘ladi. Demak, shuni yaxshilab o‘ylab, talab qiluvchi, ishlab chiqaruvchining yo‘qligi, nazarimda, eng katta sabab.

    “O‘zbekmultfilm” yaqinda yopildi. Balki, bu ham to‘g‘ridir. Ehtimol, birov ko‘rmaydigan multfilmning bo‘lganidan bo‘lmagani yaxshi, deb yopishgandir.

    Kadrlar masalasi deyapmiz. Bor gap. Lekin qanchadan qancha iste’dod bor. Bugun “O‘zbekmultfilm”dan ko‘ra xususiy studiyalarning darajasi ancha baland. Ayrim studiyalar xorijiy buyurtmalarni tayyorlayotganini bilaman. Ishi juda mukammal. Aybini topolmaysiz.

    O‘zbek multiplikatsiyasi kimga kerak? Kim qiziqadi bu bilan? Tayinli javobning yo‘qligi — birinchi sabab. Agar astoydil xohlasak, egasi chiqadi. Keragidan ortiq animatorlarimiz bor. Aytyapman-ku, chet eldan buyurtma olib, ularga mahsulot yetkazish hazilakam gap emas. “Qiz va bulut”dan xabaringiz bor ekan. Posterlari chiqqach, menga 3D’da ishlaydigan animatsion studiya taklif bilan chiqdi. Bizga ham xuddi shunday yaxshi ssenariy bo‘lsa, birga ishlasak, biz ham shu chet el multfilmlari darajasidagi multfilmlar qilishga qurbimiz yetadi, deb taklif bildirishdi. Ular bilan ishlash niyatim yo‘q emas.

    Shokir Xoliqov, rejissor

    Kinorejissor, ssenariynavis Shokir Xoliqov

    Kinorejissor, ssenariynavis Shokir Xoliqov
    Foto: Shokir Xoliqovning shaxsiy arxividan

    Pul, vaqt va mehnat havoga sovurilsa...

    Salkam 50 yillik tarixga ega o‘zbek multiplikatsiya san’ati asarlarini, mayli, o‘ta oddiy, sodda ishlangan bo‘lsa-da, hamon yaxshi ko‘ramiz. Ammo o‘tgan 30 yil ichida bolalarni hayratlantiradigan (xorijiy filmlar diqqatni tortishi va hayratlantirishi bilan doim oldinda), tuzukroq ssenariy asosida ishlangan mahsulot va qahramonni ko‘rmadik hisob. Hech bo‘lmaganda, shu choqqacha bolalarning sevimli qahramoni, orzusidagi obrazni gavdalantirish mumkinmidi...

    Agar gap mablag‘ga taqalsa, 2019-yili “Multiplikatsion filmlar studiyasi” davlat unitar korxonasi (hozir yopilib ketgan) tomonidan 10 ta multfilm ishlanishi rejalashtirilgan va quyidagi 5 ta kartina yakuniga yetkazilgan:

    “Charxpalak”, budjeti — 526 434 189 so‘m;

    “Mening go‘zal yashil rangim”, budjeti — 230 925 569 so‘m;

    “Sehrli tanbur”, budjeti — 782 184 560 so‘m;

    “Par yostiq”, budjeti — 472 789 045 so‘m;

    “Qo‘zichoq, nay va qaroqchilar”, budjeti — 291 531 078 so‘m.

    Bolalarga taqdim etilishi kutilgan filmlar:

    “Samarqand noni”, budjeti — 281 585 145 so‘m;

    “Zag‘cha”, budjeti — 275 296 667 so‘m;

    “Charxpalak-2”, budjeti — 272 502 889 so‘m;

    “Qaldirg‘och bilan mayna”, budjeti — 266 298 669 so‘mni tashkil etgan.

    Mazkur multfilmlar uchun umumiy miqdorda 3 399 547 811 so‘m sarflangan.

    Xususiy studiyalar esa o‘sha yili:

    “Kenja botir”, budjeti — 338 627 819 so‘m;

    “Sayyoh” 3D, budjeti — 499 822 263 so‘m;

    “Avtosarguzashtlar”, budjeti — 499 782 916 so‘m kabi filmlarni ishlab chiqqan.

    To‘g‘ri, bu summalarni xorijniki bilan solishtirish noo‘rin (masalan, “Dovyurak” multfilmiga 185 million dollar, “Mashinalar 2”ga 200 million dollar, “Rapunzel”ga 260 million dollar sarflangan va xarajat to‘laligicha o‘zini oqlab, o‘rtacha 500 million dollardan 1 milliard dollargacha foyda keltirgan). Biroq 2019-yili O‘zbekistonda 3 milliarddan ortiq mablag‘ 10 ta multfilm uchun ajratilgan bo‘lsa-yu, birortasini bolalarimiz haligacha sevib tomosha qilmasa... shuncha mehnat, pul va vaqt havoga sovurilgan bo‘ladimi?

    To‘rt yillik ta’lim befoyda(mi?)

    Kadrlar muammosiga davlat bundan to‘rt avval yechim topgandek edi. Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutida har yili o‘nga yaqin talaba multiplikatsiya san’ati bo‘yicha maxsus yo‘nalishni tamomlaydi. Rejissor Abdulatif Haydarov esa kadrlarni bu zayl tayyorlashga biroz qarshi:

    Mayli, buyam o‘zini oqlar. Lekin o‘sha o‘nalovidan juda kamchiligi shu soha ortidan ketadi. Qolganlari yo iste’dodsiz, yo kirish ballari pastligidan shu fakultetni tanlagan bo‘ladi. To‘rt yil behuda vaqt ketkazib, animatorlikka o‘qish shart emas. 4 yoki 6 oylik kurs yetadi. O‘zim ham o‘qishni bitirgach, endi nima qilsam ekan, deganman. Sohaga qiziqqanidan diplomni ham o‘ylamay, bor kuch-quvvatini o‘z yumushiga sarflayotganlarni taniyman.
    Shokir Xoliqov ham o‘xshash manzara haqida gapiradi:
    Milliy rassomlik va dizayn institutida animatsiya yo‘nalishi bor. Kamida 10-15 mutaxassis bir yilda bitiradi. Mayli, o‘qimagan deylik, u-buni bahona qilaylik, lekin yiliga o‘n nafaridan olti nafari boshqa sohaga o‘tib ketsa ham, qolganlari qayerda hozir? Animatsiyada qolishning foydasi yo‘q, deb hisoblashgani aniq. E’tibor qaratadigan joy bo‘lmagandan keyin, boshqa chorasi ham yo‘q-da.

    Siyqasi chiqqan mavzudan o‘rtamiyona ssenariygacha

    O‘zbek multfilmlarida mavzular yakrang: qariyb barchasida didaktika hukmron. Bolaga nima to‘g‘riligi, nima yomonligi ipidan ignasigacha ko‘rsatiladi. Bolani mantiqiy fikrlashga emas, pand-nasihat orqali tarbiyalashga urinish ko‘p. Aslida, didaktikasiz ham oq-qora, ezgulik-yovuzlik, yaxshi-yomon, baland-pastni o‘rgatish mumkin.

    Mablag‘ va kadr masalasini tashqaridan kuzatadiganlar asosiy muammo deb bilar. Ammo soha ichidagilar buning aksini aytadi. Gap pul bilan mutaxassisga bog‘liq bo‘lmasa, borib-borib ssenariyga taqalmay qo‘ymaydi.

    Keling, xorijniki bilan taqqoslay. Ularda ssenariynavis katta-katta kompaniyalarga ishini yaxshi haq evaziga sotgach, bo‘ldi, jarayonga boshqa aralashmaydi. Kompaniya sotib olgan ssenariysining g‘oyasi, asos-mag‘zini qoldiradi-da, o‘ndan ortiq (aslida, yuzlab) kuchli, sohada yetakchi ssenaristlarni bir yerga yig‘ib, butunlay boshqa asarni tayyorlab berishlarini so‘raydi. Har kimga xizmatiga yarasha to‘lanadi. Pishiq-puxta ssenariy yaratilgach, keyin ishning qoralamasiga o‘tiladi. Bizda, o‘tgan yilgi holat bo‘yicha, bir ssenariyga 2 million 850 ming qalam haqi berilgan. Lekin bu bir martada badiiy kengash nazaridan o‘tsa qani! Qaytarilaverib, bechora ssenaristning hafsalasi o‘ladi, yozganlariga ming pushaymon bo‘ladi. Oxiri, hammasiga qo‘l siltaydi.

    Abdulatif Haydarov, animator

    Durust ssenariy bo‘lmagach, ko‘rsa arzigulik film ham tug‘ilmay o‘ladi.

    “O‘zimizning multfilmlarni o‘g‘illarim juda zerikarli, o‘ta sodda deyishadi. To‘ng‘ichim Koreya, Xitoy, Vyetnam anime va komikslarini yaxshi ko‘radi. Ba’zan Pixar va Disney mahsulotlarini menga ham tavsiya qiladi, ko‘ring deb. Kichkinam mashinalar, instruktorlar, kashfiyotlar, shifokorlar haqidagi multfilmlarni qaytalab tomosha qilaveradi. Mavzusi, ishlanishi, dinamikasi talab darajasida-da. ‘Фиксики’, ‘Пин-код’, ‘Доктор плюшева’, ‘Бумажки’ni ko‘rishdan charchamaydi”, — deydi Munojot Odilova.

    Yana bir onadan bolalaringiz o‘zbek multfilmlaridan qaysilarini yaxshi ko‘radi, deb so‘rasam:

    “Bolalarim qolib, o‘zim zerikaman ‘O‘zbekkino’ chiqaradigan multfilmlardan. Voqealarga boy, rang-barang, o‘tkir sujetli, rasmlari chiroyli, sifatli bo‘lishi kerak, menimcha. Ko‘proq tarixiy, fantastik filmlar yaratilsa, ayni muddao. Pand-nasihatni esa tarixiy multfilmlar orqali berish mumkin. O‘g‘lim yapon, o‘rtancha qizim g‘arb multfilmlarini sevib tomosha qiladi. O‘zimiznikini sifatsiz, qahramonlari sun’iy, ‘odamga o‘xshamaydi’, deb umuman ko‘rishmaydi”, — dedi to‘rt farzandning onasi Marhabo Jo‘rayeva.

    To‘rt farzandning onasi Marhabo Jo‘rayeva

    To‘rt farzandning onasi Marhabo Jo‘rayeva
    Foto: Marhabo Jo‘rayevaning shaxsiy arxividan

    Birinchi nuqta ssenariydan boshlansa-yu, poydevor mustahkam qo‘yilmasa, qurilgan imorat qulashi tayin. Ota-ona va bolalar ko‘p hollarda rejissurasi kuchli, voqealarga boy, rang-barang, tomoshabinga eng avval ta’lim beradigan filmlarni afzal bilishadi-yu, shu sohaga daxldor mas’ullar negadir bunga parvo qilishmaydi.

    Multfilm yaratishdagi darajamiz 2D’da edi. Yana eski ssenariylardagi bo‘shliklar, qaytariqlar... Boy kambag‘al bo‘ladi, kambag‘al boyni oxirida mot qiladi. Shoh dovdir qilib tasvirlanadi. Xullas, chaynalgan, bir xil mavzu. Fikrda o‘zgarish yo‘q. Hammasi eski gap. Ishlanish usuli, chizilishi, ranglari bir-biridan deyarli farqlanmaydigan mahsulotlar edi.

    Tanlangan mavzu bolaning ong оstiga bevosita ta’sir qiladi. Bo‘laveradi, deb chet elnikini ko‘rsatyapmiz-u, o‘zimiznikini yaxshilash payida bo‘lmaymiz. Bola yaratayotgan multfilmlarimizni hali tushunmaydi, deymiz. Lekin bola miyasining imkoniyati juda yuqori. Katta odam bo‘lib emas, boladek o‘ylaylik. Uning nima xohlayotganiga e’tibor beraylik.

    Oddiy rang, personaj qiyofasini olaylik. Albatta, bizda yovuz odam xunuk bo‘lishi kerak, yaxshi odam chiroyli bo‘lishi, yovuz kimsa ko‘rsatilsa, musiqasi vahimali bo‘lishi kerak, degan stereotip bor. Hayotda unday emas-ku! Multfilmga multfilm darajasidan emas, kino darajasida qaragan ma’qul va hammasi obdon o‘ylanishi kerak. Psixolog, balki bolalarning o‘zidan fikr so‘ragan o‘rinlidir.

    Shokir Xoliqov, rejissor

    Qo‘shnimizdan ortdamiz

    Qozog‘iston animatsion filmlar ishlab chiqarishda bizdan ancha oldinda. Davlat va xususiy studiyalarda yaratiladigan multfilmlar saviyasi, darajasi, qamrovi va kontenti ancha baland. Hatto ayrim filmlardagi komikslar maxsus dasturlarda allaqachon sotuvga qo‘yilgan. Multfilmlar qatorida qozoqlar endi multterapiya bilan astoydil shug‘ullanishmoqchi. Ijodiy sotsiallashuvni rag‘batlantirish va rivojlanishda nuqsoni bor bolalarga maxsus uslubda rassomlik, grafika, san’at va hunarmandchilik, musiqa va adabiyotdan saboq berishmoqchi. Bunda psixologiya, art-terapiya, animatsiya sintez qilinadi.

    Bundan 10 yil oldin qozoqlar ilk milliy to‘liq metrajli “Yer-Tostik va Aydaxar” multfilmi ustida ish boshlaydi. Qozoq xalq ertaklari asosiga qurilgan film 3 yil davomida yaratiladi. “Kazaxfilm”ning ma’lumot berishicha, multfilm budjeti 1,2 million dollarni tashkil etgan. 2013-yil 21-martda prokatga chiqarilgach, ilk haftadayoq 31,3 million tenge (207 ming dollar) mablag‘ yig‘ilgan.

    2013-yili katta ekranlarga chiqqan “Yer-Tostik va Aydaxar” animatsion filmi posteri.

    2013-yili katta ekranlarga chiqqan “Yer-Tostik va Aydaxar” animatsion filmi posteri.
    Foto: Google Images

    Aslida, Qozog‘istondagi vaziyat bundan o‘n yillar avval biznikidan-da og‘irroq, abgorroq edi. 2010–2011-yillari hukumat sohaga jiddiy e’tibor qaratib, katta mablag‘ ajratadi. Qozoq animatorlari esa haqiqiy mutaxassislar, g‘oyalar, kasbining fidoyilarini bir yerga yig‘ib, uch yil ichi prokatga chiqargulik animatsion filmni xalqqa taqdim etishadi.

    Bizda-chi, millionlab pul ajratilyapti-yu, durustroq filmdan nishona yo‘q.

    Ajratilgan summa yaxshi ham, yomon ham emas. O‘rtacha darajada. Lekin bir film uchun yetadi. Agar to‘g‘ri taqsimlansa, katta qismi soliqlarga ushlab qolinmasa. Nomi bir million-u, ishingizga yarmidan ko‘pinigina xarjlaysiz, xolos. O‘sha bir millionni to‘lig‘icha ishlataylik. Shundayam eplolmasak, qo‘limni ko‘taraman.

    Abdulatif Haydarov, animator

    “Hech bo‘lmasa, YouTube’ga joylab, internetda targ‘ibotini o‘zimiz qilsak...”

    2018-yili ishlanib, 2019-yili “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasi bilan Astir animation studio’ning “Avtosarguzashtlar” multseriali telekanallarda namoyish etildi. Hozirgacha 6 ta qismi ko‘rsatildi. Internetda ham faqat shu qismlarini topish mumkin. Film rejissori va animator Abdulatif Haydarovning aytishicha, “serialning 12 ta qismi buyurtmachiga topshirilgan. Qolgan 3 ta qismi ham tayyor. Lekin oltitadan boshqasi na telekanallarda davomiy ko‘rsatildi, na ommaviy axborot vositalarida gapirildi”. Rejissorning barcha yoshdagi tomoshabinlar uchun 3D o‘lchamli grafikada ishlangan “Sayyoh”, “Xasis baqqol” multfilmlari ham “O‘zbekkino”ga topshirilgan, ammo namoyishi va taqdimotidan darak bo‘lmagan.

    “Xalqaro multfilmlar darajasiga yetgulik filmlarimiz xalqqa ko‘rsatilmagandan keyin savollar tug‘iladi-da. Animatsiya sohasi rivojlanmayapti, hech kim ishlamayapti, degan gaplar bo‘ladi. Aslida, ishlayapmiz. Imkon yetganicha mahsulot ishlab chiqaryapmiz. Lekin hech qayerda ko‘rsatolmayapmiz. Qani endi, onlayn namoyishga ruxsat berishsa... Hech bo‘lmasa, YouTube’ga joylab, internetda targ‘ibotini o‘zimiz qilsak... Mehnatimiz natijasini internetdagi ko‘ruvlar sonidan ham bilish mumkin keyin”, — deydi animator Haydarov.

    “Multfilm ishlab chiqarish film yaratishdan ancha mushkul”

    Rejissorlarning fikri, muammoga yechim bo‘lgulik kuzatuvlarini eshitgach, “O‘zbekkino” milliy agentligi axborot xizmatiga yuqoridagi mulohazalar bo‘yicha bir nechta savol bilan yuzlandik.
    O‘zbekistonda animatsiya e’tibordan qolgan emas. Avvalgidan ko‘ra sohaga ko‘proq e’tibor berilyapti, multfilmlar ishlab chiqarish uchun yanada yaxshi sharoitlar yaratilmoqda. Hozir ko‘p korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilmoqda. O‘z o‘rnida esa xususiy sektorda so‘nggi yillarda ko‘tarilish kuzatilmoqda. Shuning uchun ham O‘zbekistonda Multiplikatsion filmlar studiyasi yopilib, o‘rnida O‘zbekiston animatsiya studiyalari assotsiatsiyasi tashkil etildi. Bundan tashqari Toshkentning o‘zida 10 dan ortiq xususiy studiyalar ishlab kelmoqda. Arxaik usulda olingan multfilmlar ularga raqobat qila olmaydi.

    O‘tgan yili Multiplikatsion filmlar studiyasi DUK va xususiy studiyalar tomonidan 15 ga yaqin multfilmlar ishlangan. “Dino va Zavr”, “Sehrli qalamdon” “Jasur Qutqarboyev”, “Bizning diyorimiz” kabi multseriallar, “Sehrli tanbur”, multfilmi shular jumlasidan. Shuningdek, xususiy studiyalar tomonidan “Xasis baqqol”, “Kichik bilag‘onlar”, “Avtosarguzashtlar”, “Quvnoq zarrachalar”, “Sayyoh”, “Ibn Sino yo‘lidan” kabi tarbiyaviy ahamiyatga ega animatsion filmlar yaratilgan. Hozirda 10 dan ortiq animatsion loyihalarning muhokamasi davom etmoqda.

    Oxirgi paytlari ishlab chiqarilayotgan animatsion filmlar har tomonlama xorij tajribasi asoslangan holda 3D formatda bolalar e’tiboriga taqdim qilinmoqda. Shuning uchun ham 10 daqiqalik qisqa metrajli multfilm uchun o‘rtacha 600-800 mln so‘m, multseriallarning har bir seriyasiga 400-600 mln so‘mgacha mablag‘ ajratilgan. Animatsion filmlar faqat mazmun va mavzu jihatdan o‘zbekona uslubda ishlab chiqarilmoqda. Multfilm ishlab chiqarish film yaratishdan ancha mushkul.

    Animatsion filmlar allaqachon xususiy studiyalarda rivojlangan. Ular anchadan beri tashqi bozorda raqobatdosh loyihalarda ishlab kelishmoqda. Masalan, O‘zbekistonda Dip Animation studio, Futurist Media Group, Astir animation, White line va boshqa shu kabi xususiy studiyalar hattoki xorijlik animatorlar bilan tajriba almashgan holda multfilmlar ishlab chiqarishmoqda.

    Nozim Safarov, “O‘zbekiston kinematografiya agentligi” axborot xizmati rahbari

    Xulosa o‘rnida

    Soha ichida yurgan va past-balandini bizdan yaxshi bilguvchi mutaxassis va mas’ullarning soha rivojidagi fikrlari turlicha. Vakolatli tashkilot jamiki sharoitni yaratib berishga tayyor, lekin amalda tomoshabin kutganchalik asar dunyoga kelmayapti va yana xorijning “qadrdon”, beminnat multfilmlarini miriqib tomosha qilishni davom ettiraveramiz. Nazarimda, bu sohaning lokomotivi nafaqat yaxshi ssenariy, rejissura va mablag‘, yana halol raqobat hamdir. Xususiy sektorning ko‘payayotgani va mablag‘ning to‘g‘ri taqsimoti, professionallarning borligi sohadagi muammolarni zora aritsa. Qaniydi, o‘zimizning ekranga “mixlagulik” multfilmlarimiz tezroq yaratilsa-yu, bu mavzuda boshqa og‘iz och(ol)masak.

    28.10.2021, 17:07   Izoh (0)   38362
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50

    “Turmushga chiqishimni o‘ylab bunday rollarni rad etyapman”. Aktrisa Nozanin Gaffarova kasbidan voz kechmasligi va katta tanqidga uchragani haqida

    Layfstayl | 12 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.