O‘zbekiston OTMlarida vaksina olgan talabalarga chegirma berish muddati uzaytiriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
O‘zbekistonda 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan (ya’ni vaksina olgan) talabalarga stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi berilishi belgilandi.
Endilikda ushbu muddat 15-noyabrga qadar uzaytirildi. Shu muddatgacha koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan va sertifikat taqdim etgan barcha talabalarga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi berilishi ma’lum qilingan.
Bundan avval O‘zbekistonda 3-bosqich talabalarga ham maktabda dars o‘tish huquqi berilgani hamda O‘zbekistonda endi yoshlarning alohida toifalariga garovsiz kreditlar ajratilishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)