O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash guruhlariga talabalar ham kiritildi, emlangan talabalarga to‘lov-kontraktda chegirma beriladi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatdagi mavjud epidemiologik holatni inobatga olgan holda mas’ul tashkilotlarning takliflariga binoan, bugungi kunga qadar Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan umumiy emlash ishlariga jalb etilgan aholi guruhlari qatori kengaytirildi.
Unga ko‘ra:- 18 yoshdan katta bo‘lgan Samarqand va Toshkent viloyati aholisini, shuningdek, imkoniyatdan kelib chiqib, boshqa hududlardagi 18 yoshdan katta aholi qatlamini o‘zlari biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida ixtiyoriy ravishda emlash belgilandi;
- O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 18 yoshdan katta bo‘lgan, bugungi kunda bakalavriatura, magistratura, klinik ordinatura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalarni davlat budjeti mablag‘lari hisobidan koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda ommaviy emlash belgilandi.
Mavzuga doir: Karantin qoidalariga rioya qiladigan, immuniteti kuchli kishilar vaksina olmasa ham bo‘ladimi? Mutaxassis javob berdi








