• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12939.93
    • RUB162.03
    • EUR14725.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida qonun muhokamasi adliya vaziri va senatorlar o‘rtasidagi debatga aylanib ketdi (video)

    Senatning 20-yalpi majlisida senatorlar “Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunni qayta ko‘rib chiqish kerak degan xulosaga keldi. “Gazeta.uz” qonun muhokamasi vaqtida nima sababdan adliya vaziri Ruslanbek Davletov senatorlar bilan o‘zaro bahs-munozaraga kirishgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Senat matbuot xizmati

    Foto: Senat matbuot xizmati

    Qonun haqida

    O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligida “ijtimoiy tadbirkorlik” degan huquqiy tushuncha mavjud emas. Prezidentning alohida qarorlari bilan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mahsulot va uskunalar ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, ruhiy kasallik va nogiron bemorlarni parvarish qilish bilan bog‘liq tibbiyot sohasi uchun imtiyoz va preferensiyalar, jumladan, bojxona va soliq imtiyozlari berilgan.

    Hozirga qadar bu imtiyozlar nafaqat bojxona va soliq imtiyozlari, balki investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni olish sharti bilan xaridorga davlat mulki obyektlari “nol” qiymatida berib kelingan.

    Adliya vazirligi ishsizlikka qarshi kurashish, shuningdek, ijtimoiy foydali tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun rag‘batlantiruvchi vosita bo‘lgan ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishning dolzarbligini qayd etdi.

    Buning uchun ushbu sohadagi xorijiy tajribani hisobga olgan holda “ijtimoiy tadbirkorlik” tushunchasini qonuniy ravishda belgilash taklif etildi.

    Qonunchilik palatasi 2021-yilning yanvar oyidayoq birinchi o‘qishda qonunni qabul qilgan edi. Hujjat bilan amaldagi qonunchilikda belgilangan o‘z resurslarini ijtimoiy sohaga yo‘naltirgan korxonalarni aniqlash mezonlari, ijtimoiy sohaga investitsiya jalb qilganlik uchun taqdim etiladigan imtiyoz va preferensiyalar hisobga olingan. Shuningdek, ijtimoiy korxonani aniqlash mezonlari hamda ijtimoiy tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi shakllari ifodalangan.

    Bundan tashqari, loyihada belgilanayotgan tegishli mezonlardan biriga yoki bir nechtasiga mos kelganda, tadbirkorlik subyektlari yoki notijorat tashkilotlar ijtimoiy korxonalarning reyestriga ijtimoiy korxona sifatida kirishi tartibi joriy qilingan edi. Bunda, tegishli mezonlarga mos kelish bilan birga, ijtimoiy korxonalar reyestriga kiritilgan ijtimoiy korxonaga o‘tgan moliya yilida olingan foydaning kamida 2/3 qismini keyingi moliya yili davomida ijtimoiy korxona faoliyatiga yoki ijtimoiy loyihalarga reinvestitsiyaga yo‘naltirishi talab etiladi.

    Qonun loyihasi to‘ldirishlardan so‘ng, 2021-yil avgust oyida parlament quyi palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga muhokama uchun yuborilgan edi.

    Senat tomonidan qonunning rad etilishi

    Foto: Sneat matbuot xizmati

    Foto: Sneat matbuot xizmati

    Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi a’zosi, Namangan viloyatidan senator Baxtiyor Umarovga so‘z berildi, u qonun yuzasidan yuqori palata munosabatini bildirdi.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun 27 ta moddadan iborat va ijtimoiy tadbirkorlik vakillariga bir qator imtiyoz va preferensiyalar berishni nazarda tutadi. Baxtiyor G‘aniyev qonunda qayta ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan bir qator normalar mavjudligi, xususan, unda nazarda tutilayotgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari amaldagi boshqa qonunlarda belgilangan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga nomuvofiqligini qayd etdi.

    Misol uchun, “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasi va “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunning 38-moddasida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari belgilangan. Biroq undagi quyidagi toifalar “Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunda ko‘rsatilmagan.

    Jumladan, qonunda 14 yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz otaga yoki onaga, shuningdek ko‘p bolali oilalar ota-onalari, Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, Milliy gvardiya, DXX qo‘shinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar, pensiyaoldi yoshidagi shaxslar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko‘ra o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar va odam savdosidan jabrlanganlar o‘z aksini topmagan.

    Qonunning 12-moddasida tadbirkorlik subyektlarining ijtimoiy korxona mezonlariga mos kelishi ularning soliq hisobotlarini o‘rganish orqali soliq organlari tomonidan aniqlanishi, 17-moddasida olingan foydaning kamida 2/3 qismi ushbu qismda belgilangan maqsadlar uchun yo‘naltirilganligi ijtimoiy korxonaning soliq hisobotlariga asosan aniqlanishi nazarda tutilmoqda, dedi senator.

    Baxtiyor Umarovning fikricha, bu kelgusida amaliyotda soliq organlari tomonidan hisobotlarni qabul qilish, ijtimoiy korxonalar reyestriga kiritish yoki reyestrdan chiqarishda turli xil muammolar hamda nomuvofiqliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

    Bundan tashqari, qonunning 15-moddasida mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan shaxslar ish haqi miqdorini qonunchilikka ko‘ra mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilash, ular bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilish, shuningdek ish beruvchi sifatida o‘zining fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish, mehnatni muhofaza qilish hamda texnika xavfsizligi, ekologiya, sanitariya va gigiyena sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etish ijtimoiy korxonalar majburiyatlari sifatida keltirilgan.

    Xuddi shu normalar “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 9-moddasida, qolaversa, Mehnat kodeksi va boshqa amaldagi qonunchilik hujjatlarida ham o‘z ifodasini topgan.

    Shu munosabat bilan senator amaldagi qonunlarda mavjud normalarni takroran belgilash qanchalik to‘g‘riligini o‘rganib chiqish hamda o‘zaro muvofiqlashtirish talab etiladi, deb hisoblaydi.

    Qonunning 17-moddasida soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilishi, davlat ko‘chmas mulk obyektlarini qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozli asosda ijaraga berish, soddalashtirilgan moliyaviy va soliq hisobotlari, bepul reklama qilish uchun efir vaqti, nashr yoki reklama maydoni ajratish, davlat buyurtmachilariga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha ijtimoiy tovarlarni realizatsiya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda boshqa imtiyoz va preferensiyalar berilishi, 18-moddasida Vazirlar Mahkamasi ijtimoiy loyihalarni davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qaytarilmaydigan asosda subsidiyalashni amalga oshirishi belgilangan.

    Ushbu imtiyoz va preferensiyalarni belgilovchi normalar tovar va moliya bozorlaridagi raqobat muhitiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkinligini inobatga olib, mazkur normalarni qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.

    Qayd etilganidek, Prezidentning davlat dasturi to‘g‘risidagi farmoni bilan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqib, Tadbirkorlik kodeksi loyihasini ishlab chiqish belgilangan.

    Ushbu farmon talablaridan kelib chiqib, ijtimoiy tadbirkorlik bilan bog‘liq munosabatlarni alohida qonun shaklida emas, balki ishlab chiqiladigan Tadbirkorlik kodeksi loyihasida ko‘zda tutish masalasini o‘rganib chiqish ayni muddaodir, dedi Baxtiyor Umarov.

    Adliya vazirligining munosabati

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Adliya vaziri Ruslanbek Davletov gapini “ijtimoiy tadbirkorlik” terminini tushuntirishdan boshladi.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat har doim ham aholining e’tiborsiz qolib ketishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy zaif qatlamiga yordam qo‘lini cho‘za olmaydi. Shu kabi holatlarda tadbirkorlar ham muhtojlarga yordam ko‘rsatish sohasida loyihalarni amalga oshirmoqda.

    “Bu xodim sifatida o‘zi raqobatbardosh kadr bo‘la olmagani orqasida qiynalayotganlarni qo‘llab-quvvatlovchi egiluvchan tizim. Davlat oxirigacha yetib bora olmagani uchun 2000-yillardan keyin butun dunyoda rivojlangan tizim”, — dedi u.

    Adliya vazirligi rahbari Muhammad Bangladeshning kambag‘al qishloq aholisiga kredit ajratadigan Yunus Grameen Bank ijtimoiy va tijoriy muvaffaqiyatli loyihasi uchun 2006-yili Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganini yodga oldi.

    BMTning so‘nggi hisobotlarida ham davlatlarda bu boradagi qonunchilikdagi muammolar tartibga solinmagani mazkur sohaning rivojlanishiga ta’sir qilyapti deya ta’kidlagan, dedi u. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti ham davlat bu sohada qonunchilikni rivojlantirishi, imkoniyat va imtiyozlar yaratib berishi kerak degan taklifni beradi.

    Yevropa Ittifoqining o‘zida 16 ta davlat bu boradagi qonunlarni qabul qilgan, 11 ta davlatga shu sohani rivojlantirish uchun tezroq qabul qilinglar deb tavsiya bergan, deya ta’kidladi Ruslanbek Davletov.

    IHTTning 2016-yilgi tahlil natijasida 9 ta davlatdan 871 million odamni ijtimoiy tadbirkorlik qamrab olganini ko‘rish mumkin. Avstraliyaning o‘zida mamlakat YaIMning 2—3 foizini tashkil qiladigan iqtisodiyot shakllanyapti.

    “Bu sohadagi juda katta muammo — mana shu qonun bilan ishlaydigan siyosatchilarning xalqdan kelib chiqayotgan yangi g‘oyalarni tushunmayotganining orqasidan shunaqa tushunmovchiliklar bo‘lyapti. Shuni men tushuntirib qo‘ymoqchi edim”, — dedi vazir.

    Adliya vazirligi rahbari, shuningdek, senator Baxtiyor Umarovning har bir argumentini rad etdi. Qonun aholining barcha ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini qamrab olgan. 6-moddada ehtiyojmand aholining ayrimlari “shu jumladan” deb sanab ketilgan va bu ro‘yxatni ko‘rsatilgan punktlar bo‘yicha cheklamaydi.

    “Bu (‘Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida’gi va ‘Aholi bandligi to‘g‘risida’gi) qonunlarning maqsadi boshqa. Agar shu asosda bu qonun qaytsa ham biz buni to‘g‘rilay olmaymiz. Keksalar bo‘yicha ijtimoiy xizmatni yozadigan kategoriya bilan ijtimoiy tadbirkorlikdagi kategoriya har xil. Shuning uchun to‘g‘rilab ber, desa ham to‘g‘rilay olmaymiz”, — dedi u.

    “‘Aholi bandligi to‘g‘risida’gi qonunda Mudofaa vazirligi qurolli kuchlari safidan ketganlar aholi bandligi bo‘yicha alohida qaralishi kerak deyilgan. Lekin biz u qonundagi kategoriyani bu qonunimizga kirita olmaymiz. Chunki armiyadan ketganlarni biz ijtimoiy tadbirkorlik subyekti sifatida qaray olmaymiz-ku. Bironta joyda yo‘q bu… Shuning uchun bu umuman asosga ega emas”, — deya ta’kidladi u.

    Tadbirkorlarning ijtimoiy korxona mezonlariga muvofiqligini aniqlashga va daromadlarning kamida 2/3 qismini belgilangan maqsadlarga, jumladan reinvestitsiya qilishga imkon bermaydigan soliq va boshqa hisobotlarning shakliga kelsak, deya so‘zida davom etdi adliya vaziri:

    “Bu idora hujjati, uni to‘g‘rilaymiz. Qonundan yoki ikkita farmondan kelib chiqib, 3-marta o‘zgartish kiritilgan. Bu yerga kiritilgan reinvestitsiyani hisoblash mexanizmlari 20 yildan beri shakllangan. Chunki juda ko‘p sohada reinvestitsiya kiritish majburiyatlari bor”, — dedi u.

    Ruslanbek Davletov, shuningdek, ijtimoiy korxonalar reyestridan chiqarib tashlash muayyan kompaniyaning tadbirkorlik faoliyatini cheklashga olib kelmasligini, faqat “ijtimoiy korxona” maqomini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi. “Ertaga muammo bo‘lmaydi, Tanzila Kamalovna”, — dedi u.

    Foto: Senat matbuot xizmati

    Foto: Senat matbuot xizmati

    Ayrim normalarning takrorlanishi masalasiga to‘xtalar ekan, vazir “qoida tariqasida” degan so‘zni senator ataylab tashlab ketganini gumon qildi. U 20 yillik tajribasiga tayanib, qonunchilikda ayrim normalarni takrorlasa bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

    “Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun haqida gap ketayotgandan keyin, korxona haqida gapirilayotgandan keyin uning majburiyatini bu qonunda yozmasak, boshqa qonunlardan yig‘ib-terib, uni keyin sohadagilar tushunishi qiyin bo‘ladi. Men huquqshunos sifatida kafolat beraman, bunga o‘xshagan normalar qonunchilikda juda ko‘p”, — dedi u.

    Imtiyoz va preferensiyalar hamda ularning raqobat muhitiga ta’siri haqidagi argumentlarga izoh bera turib, Ruslanbek Davletov ular alohida kompaniyalarga emas, balki sohaga berilishini qayd etdi. Bu kabi norma allaqachon Soliq kodeksida aks etganini qayd etdi.

    “Biz qanaqadir alohida korxonaga deb aytayotganimiz yo‘q, sohaga beryapmiz. Ya’ni bu nogironlarni ijtimoiy sohada qo‘llab-quvvatlash nuqtayi nazaridan eng asosiy, mana shu qonunning yuragidagi normasi bu. Agar davlat imtiyoz bermaydigan bo‘lsa, bu qonun ham kerak emas. Imtiyozlar berish, qo‘llab-quvvatlash, dasturlar, odamlarni shunga jalb qilib, startaplar qilish kerak, oson kreditlar, subsidiyalar berish kerak”, — deya ta’kidladi vazir.

    Adliya vazirligi rahbari, shuningdek, O‘zbekiston qonunchiligida subsidiyalar 15 ta holatda berilishini eslatib, shu bois bu qonunchilikka zid ekanligini aytish noto‘g‘riligini qayd etdi.

    “Hattoki fermerlarga sug‘orishda suv tejamkor texnologiyalardan foydalanish uchun ham [1 gektarga] 8 million so‘mdan subsidiya berilyapti. Qaytmaydi bu pul davlatga. Agar shu mantiqdan boradigan bo‘lsak, unda hamma subsidiya, imtiyozlarni bekor qilishga to‘g‘ri keladi-ku”, — deb hisoblamoqda u.

    Davletov Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi punktlarni Tadbirkorlik kodeksiga kiritish borasida ham fikr bildirdi.

    “Birinchidan, Tadbirkorlik kodeksi hali hukumatga ham kirgani yo‘q. Uning muddati dekabr deb belgilangan. Ikkinchidan, boshqa chet el davlatlarida ham tadbirkorlik bilan ijtimoiy tadbirkorlik alohida ketadi”, — dedi u.

    Qolaversa, vazir “bu qonun muhokamasini hech qayerda ko‘rmaganini” ta’kidlab o‘tdi.

    “Nogironlar jamiyati kutayotgan qonunlardan bittasi… Ko‘zi ojizlar jamiyatida, karlar jamiyatida korxonalar bo‘lgan. Shuni bir tahlil qiladigan bo‘lsak, oxirgi 20 yil ichida umuman e’tibordan chetda qolyapti. Ko‘zi ojizlar jamiyatida 2000-yilda 5000 odam ishlagan, hozir 1500 odam ishlayapti. Karlar jamiyati sohasidagi korxonalarda 2000 odam ishlagan, hozir 176 odam ishlayapti. Ya’ni 10 baravarga kamayib ketgan”, — dedi Ruslanbek Davletov.

    Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev va adliya vaziri senatorlar qarshi chiqqan imtiyozlar berilishi va ijtimoiy tadbirkorlik masalasida o‘zaro bahslashib ketishdi.

    Ruslanbek Davletov Yevropa Ittifoqi, Jahon banki, BMT va IHTTlarga a’zo davlatlardan ham bu sohani qo‘llab-quvvatlash so‘ralayotganini yana bir bor ta’kidladi.

    Uzoq davom etgan bahs-munozara vaqtida tomonlar bir-birining gapini bo‘lishga o‘tishdi. Spikerlarni tinchlantirish uchun vaziyatga Senat raisi Tanzila Norboyeva aralashishiga to‘g‘ri keldi. U senatorlar va vazirni bir-birini hurmat qilishga chaqirib, “Senat qaytardi degani qonunni batamom yo‘q qildi emas”, dedi. “Bu qonun kerak emas, demayapmiz. Bu qonunni mukammallashtirish kerak”, — deya qayd etdi u.

    Yakunda tomonlar birgalikda hujjatni takomiliga yetkazishga kelishib oldi.

    Mavzuga doir:

    • “O‘zbekistonda 2,5 yil ichida transport tashkilotlarining 375 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgan” — Senat qo‘mitasi raisi
    • Milliy gvardiya qo‘mondoni: “Yillab navbatda turish odamlarni bola sotib olishga majbur qilmoqda”

    21.10.2021, 22:57   Izoh (0)   39188
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Jizzaxning ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga qaratilgan ishlar borishi bilan tanishdi

    21.10.2021, 22:15

    Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi UzAuto Motorsning Cobalt’ni o‘rindiq isitish modulisiz yetkazib berish taklifi qonun talablariga muvofiqligini o...

    21.10.2021, 21:37

    Foto: O‘choqda ovqat pishirayotgan Saida Mirziyoyeva

    21.10.2021, 21:36

    Qamchiq dovonida qor yog‘gani munosabati bilan YHXBB haydovchilarni ogohlantirdi

    21.10.2021, 21:16

    Toshkentdagi “Minor” va “Bodomzor” masjidlariga yangi imom-xatib tayinlandi

    21.10.2021, 20:35

    O‘zbekistonda vaksina olgan talabalarga chegirma berish muddati 15-noyabrgacha uzaytiriladi

    21.10.2021, 20:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saudiya olimlari suvsizlanishni aniqlovchi mobil texnologiya ishlab chiqdi

    Layfstayl | 27 may, 23:35

    O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar malakasi oshiriladi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:20

    Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:05

    “Daryo” dayjesti: 27-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 may, 22:50

    Janubiy Koreyaning eng mashhur va baxtiyor 10 nafar juftligi

    Kino | 27 may, 22:20

    Yil boshidan buyon chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi – Bojxona qo‘mitasi

    O‘zbekiston | 27 may, 22:05

    Nazorat kuchaysa, mehr kamayadimi? Olimlar qattiqqo‘l onalar farzandiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

    Ayollar sahifasi | 27 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.