Britaniya hukumati parlament deputati ser Devid Emessni o‘ldirishda gumonlanuvchi shaxsning ism-sharifini rasman e’lon qildi. BBC yozishicha, uning ismi Ali Harbi Ali. U 25 yoshda bo‘lib, kelib chiqishi somalilik Buyuk Britanida fuqarosidir.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bir necha yil avval hukumat unga ekstremizmga va fuqarolarning radikallashuviga qarshi kurashga qaratilgan Prevent dasturidan o‘tishni tavsiya qilgan. Ushbu dasturda ishtirok etish ixtiyoriy bo‘lib, undan bosh tortganlik uchun jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilmagan.
Ayni vaqtda The Sunday Times aniqlashtirishicha, Ali Harbi Ali Somali bosh vaziri sobiq maslahatchisi, Londonda yashovchi Harbi Ali Kullanning o‘g‘li. “Men kuchli ruhiy zarba oldim. Bu hecham men kutgan yoki orzu qilgan narsa emas”, — dedi Harbi Ali Kullan nashrga.
Devid Emess 15-oktabr kuni saylovchilar bilan uchrashuvda o‘ldirilgandi. Deputatga Londondan 65 kilometr sharqda joylashgan Esseks grafligining Li-on-Si shahridagi cherkov qabulxonasida yosh yigit pichoq bilan hamla qildi. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olindi. Britaniya hukumati Emessning o‘ldirilishini terakt deb atadi.
Izoh (0)