• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyaning Amerikaga eng katta tuhfasi. Asr savdosi — Alyaskaning AQShga sotilishi

    1867-yil 18-oktabr kuni Alyaskaning Novoarxengelsk (hozirgi Sitka) shahrida Rossiya bayrog‘i AQSh bayrog‘iga almashtiriladi. Amerika bu boy va ulkan yerlarni bironta ham o‘t ochmasdan qo‘lga kiritadi. “Daryo” asr savdosiga aylangan ushbu xarid haqida hikoya qiladi.

    Rus Amerikasi

    Yevropaliklar XVIII asrgacha Alyaska (aluet-alyaska so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “buyuk yer” ma’nosini beradi)  haqida bilishmasdi. Shimoliy va sharqiy Sibir hamda Shimoliy Amerika qit’alari bo‘ylab sayohat qilgan rus dengizchisi Semyon Dejnyov 1648-yilda Bering dengizi bo‘ylab suzib o‘tadi, ammo u Alyaska qirg‘oqlarini payqamaydi. Alyaskani 1732-yili Mixail Gvozdev va Ivan Fyudorov boshchiligidagi rus ekspeditsiyasi kashf etadi. Yarimorol 1741-yilda Vitus Bering va Aleksey Chirikovning Ikkinchi Kamchatka ekspeditsiyasi davrida batafsil o‘rganiladi. Oradan qirq uch yil o‘tib irkutslik savdogar Grigoriy Shelixov Alyaskaning janubidagi Kodyak oroliga keladi va birinchi rus manzilgohi — “Uch avliyo porti”ga asos soladi. Avvaliga Alyaskani xususiylashtiruvchilar, 1799-yildan boshlab esa Shelixov hamda uning vorislari tashabbusi bilan tashkil qilingan maxsus monopoliya — Rossiya–Amerika kompaniyasi (RAK) o‘zlashtira boshlaydi va nazorat qiladi.

    RAK Amerikaning shimoli-g‘arbiy qismida, shuningdek, Kuril va Aleut orollarida savdo, baliqchilik va foydali qazilmalarni o‘zlashtirishda monopoliyaga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, Rus-Amerika kompaniyasi Tinch okeanining shimolida yangi hududlarni ochish va ularni Rossiyaga qo‘shib olish huquqiga ham ega edi. 1825–1860-yillarda RAK tomonidan yarimorolda izlanishlar olib borilib, uning xaritasi tuziladi. Alyaskaning mahalliy aholisi eksimos, aluet va tlingitlar kompaniya xodimlari boshchiligida mo‘ynali hayvonlar ovini tashkil qilishga majbur qilinadi. Bu esa oxir-oqibat qabilalar va ruslar orasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lishiga olib keladi. 1809–1819-yillarda Alyaska mo‘yna savdosidan 15 million rubl daromad ko‘radi. Bu yiliga 1,5 million rublga teng edi, taqqoslash uchun Rossiyaning 1809-yildagi umumiy daromadi 138 million rublni tashkil qilgan.

    Rossiya-Amerika kompaniyasining Novoarxangelsk (Sitka) shahridagi bosh qarorgohi. 1827-yil

    Rossiya-Amerika kompaniyasining Novoarxangelsk (Sitka) shahridagi bosh qarorgohi. 1827-yil
    Foto: Getty Images

    XIX asr o‘rtalariga kelib Alyaskada jami ellik mingga yaqin aholi istiqomat qilardi. Shimoliy Amerikadagi rus mulklarining ma’muriy markazi Novoarxangelsk (hozirgi Sitka) shahri edi. Rossiya Amerikasining umumiy maydoni 1,5 million kvadrat kilometr bo‘lib, uning chegaralari 1824–1825-yillardagi AQSh va Buyuk Britaniya bilan tuzilgan shartnomalarga ko‘ra tasdiqlanadi.

    Sotish rejasi va sabablar

    Hukmron doiralarda Alyaskani AQShga sotish haqidagi dastlabgi g‘oya 1853-yilda Shimoliy Sibir general-gubernatori Nikolay Muravyov Amurskiyning imperator Nikolay I ga yuborgan maktubida aytiladi. Gubernator maktubida Rossiya Amerikadagi mulklaridan voz kechishi kerakligini, rus imperiyasi bu hududlarni kuchayib borayotgan AQSh tajovuzidan himoya qilish uchun harbiy va iqtisodiy salohiyatga ega emasligini bildiradi.

    Muravyov, shuningdek, “Temir yo‘llarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan biz har qachongidan ham ko‘proq ishonch hosil qilishimiz kerakki, AQShning shimoliy shtatlari butun Shimoliy Amerika bo‘ylab kengayadi va esdan chiqarmasligimiz kerakki, ertami-kechmi ular bizning Shimoliy Amerikadagi mulklarimizga yetib kelishadi” deya yozadi. Muravyov Rus Amerikasini rivojlantirish o‘rniga e’tiborni Uzoq Sharqqa qaratishni, buning evaziga esa AQSh bilan Buyuk Britaniyaga qarshi ittifoq tuzishni taklif qiladi.

    Qolaversa, Alyaska hindulari (aluetlardan tashqari) ruslar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortadi. Koloniya mo‘yna savdosida muammolarga duch kela boshlaydi: mo‘ynasi qimmatbaho hisoblanuvchi kalanlar (yirtqich dengiz sutemizuvchisi) deyarli yo‘q qilinadi, dengiz mushuklarining mo‘ynasiga esa talab keskin pasayadi.

    Alyaskani sotish g‘oyasining paydo bo‘lishining yana bir sabablaridan biri Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi sovuq munosabat edi. Qrim urushi davrida (1853–1856-yillar) Buyuk Britaniya tinch okeanida mutlaq ustunlikka intilib, Rossiya Uzoq Sharqidagi Petropavlovsk shahriga hujum uyushtiradi. Shahar himoyasi Qrim urushining eng muhim janglaridan biriga aylanadi. Rus qo‘shinlari portni muvaffaqiyatli himoya qilib, inglizlarning uchta hujumini qaytaradi.

    Britaniyaning Rus Amerikasiga ham hujum qilishi aniq edi. AQSh hukumati Alyaskaning Buyuk Britaniya qo‘l ostiga o‘tishidan manfaatdor emas edi. Shuning uchun ular Rossiyaga Alyaska va boshqa Rus Amerikasi yerlarini uch yilga AQShga topshirishni taklif qiladi. Biroq bu taklif Rossiya va Buyuk Britaniya o‘zaro muzokaralarga erishishi natijasida amalga oshmay qoladi.

    Keyinchalik imperator Aleksandr II ning ukasi, Davlat kengashi raisi hamda dengiz floti va bo‘limining bosh qo‘mondoni knyaz Aleksandr Konstantin Nikolayevich Alyaskani sotishning asosiy tashabbuskoriga aylanadi. Uning moliya vaziri Aleksandr Gorchakovga yozgan maktubida Alyaskani AQShga sotish fikri ko‘tarilgan bo‘lib, knyaz “davlat moliyasining cheklangani” va go‘yoki Rus Amerikasi hududlarining past daromad rentabelligini uni sotishning foydali tomoni sifatida ko‘rsatadi. Bundan tashqari, u AQShning Shimoliy Amerikada yagona hukmdor bo‘lishga intilishini, Rossiya esa bunga qarshilik qilishga qodir emasligini ham aytib o‘tadi.

    Alyaskani AQShga sotishning asosiy tashabbuskori bo‘lgan buyuk knyaz Aleksandr Konstantin Nikolayevich 

    Alyaskani AQShga sotishning asosiy tashabbuskori bo‘lgan buyuk knyaz Aleksandr Konstantin Nikolayevich 
    Foto: Wikipedia

    Imperator Aleksandr II ukasining fikrini qo‘llab-quvvatlaydi. Dengiz qo‘mondonining taklifini Tashqi ishlar vaziri ham ma’qullaydi, ammo Gorchakov muammoni hal qilishga shoshilmaslikni va uni 1862-yilga qoldirishni taklif qiladi. Rossiyaning AQShdagi elchisi baron Eduard Steklga “AQSh prezidenti kabinetining bu boradagi fikrini bilish” vazifasi topshiriladi.

    Rasmiy ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki RAK faoliyatidan davlat g‘aznasiga yillik daromad 430 ming rublni tashkil qiladi (o‘sha yili esa davlat budjetining umumiy daromadi 267 million rubli tashkil qilgan). Natijada davlat kengashi raisi va moliya vaziri Saxalin orolini rivojlantirish vazifasini RAK ixtiyoriga berishni rad qilib, kompaniyaning ko‘plab savdo imtiyozlarini bekor qiladi. Bu esa shundoq ham ahvoli og‘ir bo‘lgan RAK’ning moliyaviy ko‘rsatkichlari yanada yomonlashishiga olib keladi. Aytish mumkinki dengiz ishlari rahbari bo‘lmish Konstantin Nikolayevich va kompaniya o‘rtasida Tinch okeanida manfaatlar to‘qnashuvi ham sodir bo‘lgandi.

    Sotish

    1866-yil 28-dekabr kuni Sankt-Peterburgda joylashgan Tashqi ishlar vazirligi binosida Shimoliy Amerikadagi rus mulklarini AQShga sotish bo‘yicha maxsus yig‘ilish o‘tkaziladi. Unda imperator Aleksandr II, uning ukasi Konstantin Nikolayevich, moliya vaziri Mixail Reytern, dengiz suvlari vaziri Nikolay Krabbe va Rossiyaning AQShdagi elchisi baron Eduard Stekl ishtirok etadi.

    Yig‘ilishda Alyaskani sotish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, biroq bu qaror jamoatchilikka oshkor qilinmaydi. Hujjat shunchalik qattiq sir saqlanadiki, masalan, urush vaziri Dmitriy Milyutin Alyaskaning sotilishi haqida ingliz gazetalaridan shartnoma imzolangandan keyingina xabar topadi. Rossiya-Amerika kompaniyasi boshqaruv kengashi esa bitim rasmiylashtirilganidan uch hafta o‘tgach bu haqida xabarnoma oladi.

    Shartnoma 1867-yilning 30-mart kuni Vashingtonda AQSh Davlat departamenti kotibi (tashqi ishlar vaziri) Uilyam Styuard va Rossiyaning AQShdagi elchisi Eduard Stekl ishtirokida imzolanadi. Unga ko‘ra AQSh hukumati 1 million 519 ming kvadrat kilometr hududga ega Rus Amerikasi uchun o‘n oy ichida 7 million 200 ming (hozirgi narxda 322,4 million) dollar to‘lashi kerak bo‘ladi.

    Alyaska sotilishi haqidagi shartnomaning imzolanishi. 1867-yil 30-mart.

    Alyaska sotilishi haqidagi shartnomaning imzolanishi. 1867-yil 30-mart.
    Foto: Britannica
    Bitim ingliz va fransuz tillarida tuziladi. Alyaska yarimoroli bilan birgalikda Aleksandrovskiy va Kodyak arxipelaglari, Aleut orollari, shuningdek, Bering dengizidagi bir qancha orollar AQShga beriladi. Mahalliy aholi AQSh fuqaroligiga o‘tkaziladi, rus aholisi va kolonistlari esa uch yil ichida Rossiyaga ko‘chib o‘tish huquqini oladi. Rossiya-Amerika kompaniyasi tugatiladi.

    1867-yil 3-mayda AQSh Senati tomonidan ratifikatsiya qilingan Alyaskani sotish to‘g‘risidagi shartnomaga 15-may kuni Peterburgda imperator Aleksandr II imzo qo‘yadi. 20-iyun kuni Vashingtonda shartnomalar almashinuvi bo‘lib o‘tadi.

    Alyaskaning AQShga o‘tishi

    1867-yil 18-oktabrda Novoarxangelskda Alyaskani Qo‘shma Shtatlarga topshirish marosimi o‘tkaziladi. Faxriy zambaraklardan o‘q uzilib, qal’adan Rossiya bayrog‘i tushiriladi hamda AQSh bayrog‘i  ko‘tariladi. Hududni o‘tkazish to‘g‘risidagi bayonotga Rossiya tomonidan hukumatning maxsus komissari, kapitan Aleksey Peshchurov, AQSh tomonidan general Louell Russo imzo chekadi. Oxirgi rus brigadasi 1868-yil 30-noyabrda Alyaskani tark etadi va shu bilan bu yerlar Rossiya tarkibidan abadiy ajraladi.

    1868-yil 27-iyulda uzoq tortishuvlardan so‘ng AQSh Kongressi Rossiyaga shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘larni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. AQShda ko‘pchilik Alyaskaning sotib olinishini muvaffaqiyatsizlik deya hisoblab, buni “Syuard ahmoqligi” yoki prezident “Endryu Jonsonning oq ayiq bog‘i” deb ataydi.

    AQSh davlat kotibi Uilyam Syuard

    AQSh davlat kotibi Uilyam Syuard
    Foto: Wikipedia

    Kongress to‘lov haqidagi qarorini qabul qilishida Steklning pora berishdan oqilona foydalanishi katta rol o‘ynadi. Rossiya moliya vaziri Reyternning Stekl bilan yozishmalaridan ma’lum bo‘lishicha, Kongress qarorining qabul qilinishiga hissa qo‘shgan senatorlarga 165 ming dollar sarflanadi.

    Alyaska kuni

    Sotuvdan yigirma to‘qqiz yil o‘tib Rus hukumati tomonidan foydasiz deyilgan Alyaska hududidan oltin konlari topiladi. Biroz o‘tib esa bu yerdan yirik neft konlari ham ochiladi. Bugungi kunda AQSh neftining 25 foizi, dengiz mahsulotlarining 50 foizdan ko‘prog‘i Alyaska hissasiga to‘g‘ri keladi. Alyaska 1959-yilga kelib 49-shtat sifatida AQSh tarkibiga kiritiladi. Hudud aholisi hozirda 700 ming kishini tashkil qiladi.

    1917-yildan beri har yili 18-oktabr kuni Alyaskada “Alyaska kuni” nishonlanib kelinmoqda. Bu kun rasmiy dam olish kuni hisoblanib, shu kuni alyaskaliklar bayram tadbirlari: parad, bayroq ko‘tarish kabilarni o‘tkazadi.

    Muhammadqodir Sobirov tayyorladi

    18.10.2021, 08:09   Izoh (0)   112827
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15

    Mayk Tayson raqibining oyog‘ini tishlab olgan, WBC prezidentiga tupurgan va jurnalistni haqorat qilgan matbuot anjumani haqida

    Boks | 31 may, 22:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.