Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, hurmat bajo keltirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Tadbirda viloyat hokimi Zoir Mirzayev boshchiligidagi sektor rahbarlari, tashkilot va korxona mas’ullari, shuningdek, jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1938-yil 30-yanvar kuni Samarqand shahrida tavallud topgan bo‘lib, 2016-yil 2-sentabr kuni olamdan o‘tgandi. 2016-yildan beri 2-sentabr sanasi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovni xotirlash kuni sifatida tilga olinadi. Aynan 2016-yil 2-sentabr kuni Islom Karimovning vafoti haqida Oliy Majlis hamda Vazirlar Mahkamasining qo‘shma axboroti e’lon qilingan edi.
Izoh (0)