• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Kichik qiyomat”. Bundan 101 yil avval Buxoro amirligi vahshiyona tugatilgan edi

    Bundan 101 yil muqaddam — 1920-yilning 2-sentabr kuni Buxoro shahri qizil askarlar tomonidan egallanib, tarixi salkam 415 yil davom etgan o‘zbek davlatlaridan biri yo‘q qilingan edi. Amirlikni tugatish jarayonida, baxtga qarshi, mahalliy aholi vakillari ham qatnashgan. “Daryo” ushbu sana munosabati bilan tarix fanlari doktori Qahramon Rajabovning 2007-yilda e’lon qilingan “Fayzulla Xo‘jayev” nomli tarixiy essesidan aynan Buxoroning qulashiga doir kichik qismini mushtariylar e’tiboriga havola qiladi.

    Qizil Armiya Buxoroni shturm bilan egallashga urinishi vaqtida shaharda yuzaga kelgan yong‘inlar. Surat aeroplandan olingan. 1920-yil, 1-sentabr.

    Qizil Armiya Buxoroni shturm bilan egallashga urinishi vaqtida shaharda yuzaga kelgan yong‘inlar. Surat aeroplandan olingan. 1920-yil, 1-sentabr.
    Foto: Wikipedia

    Buxoro amirligida 1920-yil yozida siyosiy vaziyat juda keskinlashdi. 25-avgustda Turkiston fronti qo‘mondoni Mixail Frunze Turkfront qo‘shinlariga “qo‘zg‘olon ko‘targan Buxoro mehnatkashlariga yordam ko‘rsatish” to‘g‘risida buyruq berdi. Qizil qo‘shin tarkibidagi zarbdor guruhlarning ko‘pchiligiga dastlabki marralarni egallash va 29-avgustga o‘tar kechasi faol harakatlarni boshlash buyurildi. Jang harakatlariga siyosiy jihatdan rahbarlik qilish uchun Yangi Buxoro (Kogon) shahriga Turkiston komissiyasi (Turkkomissiya) va Turkbyuroning yangi a’zosi G.Safarov jo‘natildi. Bosqinchi Qizil Armiya tomonidan Buxoro shahriga hujum ham 29-avgustga o‘tar kechasi boshlandi. Hal qiluvchi janglar Buxoroi sharif darvozalari yaqinida ro‘y berdi.

    Bolsheviklarning snaryadlari va bombalari sabab vayron bo‘lgan Mir Arab madrasasi, orqa fonda Minorai Kalon, 1920-yil, sentabr.

    Bolsheviklarning snaryadlari va bombalari sabab vayron bo‘lgan Mir Arab madrasasi, orqa fonda Minorai Kalon, 1920-yil, sentabr.
    Foto: “Vikond65.livejournal.com”

    Bu voqealarning bevosita shohidi quyidagicha yozgan edi: “Shahar markazi yer bilan yakson qilindi. Jang davomida yuzlab zambaraklar va samolyotlar ishga solindi. Minglab snaryadlar va bombalar Eski Buxoro obidalariga yog‘dirildi. Shahar himoyachilaridan tashqari ko‘plab begunoh keksalar, ayollar va bolalar halok bo‘ldi. Yuzlab aholi uy-joylari, me’morchilik va tarixiy obidalar yer bilan yakson bo‘ldi. Registon yondirildi”. Bosqinchi va talonchi qizil askarlar tomonidan Sharq mo‘jizasi hisoblangan Buxoro ana shunday shafqatsiz ravishda o‘qqa tutildi.

    Amir Said Olimxon o‘z xotiralarida bu fojialarni quyidagicha tasvirlaydi: “Bu urush asnosida dushman, taxminan, Buxoroning yarmini to‘p va pulemyotlardan o‘qqa tutib, ko‘p talafot yetkazdi. Ular o‘n bitta tayyora bilan Buxoro shahri ustida havoda parvoz etib, bomba yog‘dirdilar”. Amir o‘z yozganidek, “vayronagarchilik yanada zo‘rayib, odamlarning yana halok bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik andishasi ila” o‘z qo‘shinlari bilan poytaxtdan chiqib ketdi. 1920-yil 2-sentabrda Turkiston fronti qo‘shinlari qattiq janglardan keyin Buxoro shahrini egalladi.

    Bosqin vaqtida ilma-teshik qilingan Minorai Kalon. “Minoraga 76 va 122 millimetrli snaryadlar kelib urilgani ko‘rinib turibdi”, — deb yozadi blogerlardan biri. 1920-yil, sentabr.

    Bosqin vaqtida ilma-teshik qilingan Minorai Kalon. “Minoraga 76 va 122 millimetrli snaryadlar kelib urilgani ko‘rinib turibdi”, — deb yozadi blogerlardan biri. 1920-yil, sentabr.
    Foto: “Vikond65.livejournal.com”

    Frunze boshchiligidagi qizil qo‘shinning umumiy miqdori 70 ming kishi bo‘lgan. Shunday qilib, Sharqning eng qudratli va ko‘hna davlatlaridan biri Buxoroda qizil askar nayzalari ostida amirlik hokimiyati ag‘darib tashlandi. Buxoro vahshiyona bombardimon qilindi, shahardagi uch yarim ming yillik tarixga ega ko‘plab osori-atiqalar vayron bo‘ldi, butun shahar o‘t ichida qoldi. Buxoroliklar bu kunlarni “kichik qiyomat” deb atashgan. Minglab buxoroliklar o‘z muqaddas shaharlarini himoya qilish paytida jon berdi. Sovet manbalarida yozilishicha, qizil askarlardan ham 500 dan ortiq kishi shaharni bosib olish paytida mudofaachilar tomonidan o‘ldirilgan. Biroq bu manbada qizil askarlarning talafoti ataylab kamaytirib ko‘rsatilganini ta’kidlab o‘tish joiz.

    1920-yil sentabr oyida Buxoro shahri qizil askarlar tomonidan armonsiz talandi. Amirning xazinasi Frunze va Kuybishevning ko‘rsatmasi ila zudlik bilan Moskvaga jo‘natildi. Tadqiqotchilar arxivdagi manbalar asosida Buxorodan hammasi bo‘lib ikki eshelonda (har bir eshelonda 14 tadan vagon bo‘lgan) oltin va qimmatbaho buyumlar olib ketilganini e’tirof etmoqda. Bu boylikning umumiy qiymati o‘sha paytdagi narx bilan, taxminan, 77 million tilla so‘mdan iborat bo‘lgan. Bu mablag‘ni hozirgi bahoga chaqadigan bo‘lsak, taxminan, 80 milliard dollarni tashkil qiladi.

    Kuli ko‘kka sovurilgan Ali Qozi Kalon karvonsaroyi, orqa fonda esa bombardimondan jiddiy zarar ko‘rgan Minorai Kalon. 1920-yil, sentabr.

    Kuli ko‘kka sovurilgan Ali Qozi Kalon karvonsaroyi, orqa fonda esa bombardimondan jiddiy zarar ko‘rgan Minorai Kalon. 1920-yil, sentabr.
    Foto: “RusRav.uz”

    Bu voqealarga ham qariyb 90 yil bo‘ldi. Bugungi kun nuqtayi nazaridan turib, Buxorodagi sentabr fojialariga nazar tashlansa va mushohada etilsa, bir haqiqat oydinlashadi. Buxorodagi amirlik istibdodi haqiqatan ham kelgusi taraqqiyot uchun to‘siq bo‘lib turardi. Buni mardona e’tirof qilmoq kerak. Fayzulla Xo‘jayev boshchiligidagi yosh buxorolik jadidlar esa mamlakatni yevropacha andozadagi rivojlangan davlat darajasiga ko‘tarish, Buxoroda demokratik tuzum va huquqiy jamiyat qurish uchun chin dildan intilgan edi. Ular amirlik tuzumini o‘z kuchlari bilan yiqita olmay, bolsheviklar va qizil askarlar bilan ittifoq tuzib, qattiq adashdi va xatoga yo‘l qo‘ydi.

    Biroq xalqimizning bu fidoyi o‘g‘lonlari nomiga bugungi kunga kelib zarracha bo‘lsa-da dog‘ tushirish, ularning ezgu niyat va maqsad yo‘lidagi harakatlarini qoralash — bu tarixiy vaziyatni to‘g‘ri tushunmaslik va voqealarni yuzaki tahlil qilish bo‘lur edi.

    Bombardimondan keyingi Buxoro panoramasi. 1920-yil, sentabr.

    Bombardimondan keyingi Buxoro panoramasi. 1920-yil, sentabr.
    Foto: “RusRav.uz”

    Mavzuga doir: Markaziy Osiyoning taqdiri o‘zgargan kun. Buxoro amirligining qulatilganiga 100 yil bo‘ldi

    02.09.2021, 14:29   Izoh (0)   141663
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi ITB sammiti avvalida Qur’on tilovat qilindi

    02.09.2021, 14:08

    Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)

    02.09.2021, 13:49

    Qashqadaryoda multiradarlar bilan jihozlangan patrul avtomobillari harakatlanishni boshladi

    02.09.2021, 13:28

    Toshkentdagi ustunlardan bayroqlarni yechib olgan fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin

    02.09.2021, 12:31

    Surxondaryoda haydovchi uxlab qolishi oqibatida yuk mashinasiga borib urilgan Damas’da yo‘lovchi vafot etdi

    02.09.2021, 12:06

    O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 736 kishida koronavirus, 244 kishida pnevmoniya qayd etilib, 8 bemor vafot etdi

    02.09.2021, 11:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp pochta orqali ovoz berish va bahsli elektron tizimlarga qarshi farmonni imzolaydi

    Dunyo | 18 avgust, 21:20

    “G‘azoni boshqarish uchun vaqtinchalik qo‘mita haqida yaqin orada e’lon qilamiz” — Falastin bosh vaziri

    Dunyo | 18 avgust, 21:10

    Superliga. “Qizilqum” safarda “Xorazm”dan ustun keldi

    Sport | 18 avgust, 21:08

    “Zakovat” III Osiyo ochiq chempionati: 200 million so‘m o‘z egalarini topdi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 21:00

    Minglab falastinliklar Isroilning bombardimonlaridan qo‘rqib, G‘azo shahrini tark etyapti

    Dunyo | 18 avgust, 20:50

    “Universitet talabani kuchli qiladi yoki sindiradi” — 6 tilni biladigan dasturchi Nodirabegim Musayeva bilan suhbat (foto)

    O‘zbekiston | 18 avgust, 19:30

    Trampning reytingi Putin bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng ko‘tarildi

    Dunyo | 18 avgust, 20:30

    IIO xodimlari bilan janjallashgan 2005-yilda tug‘ilgan fuqaro javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 20:20

    Har kim qila oladi: 56 yoshli Jennifer Lopes nima uchun 30 yoshdek ko‘rinadi?

    Shou-biznes | 18 avgust, 20:10

    Qaysi hududlarda qurilish va ishlab chiqarish korxonalari soliqdan eng ko‘p qarzdorligi ochiqlandi

    Iqtisodiyot | 18 avgust, 20:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.