• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Tolibon” Afg‘onistonda giyohvand moddalar ishlab chiqarish to‘xtatilishni va’da qildi. Bu ular uchun endi eng asosiy daromad manbai emas. Biroq toliblar va’dasini bajarmasligining ehtimoli yuqori

    “Tolibon” harakati Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgach, mamlakatning giyohvand moddalari yetishtirishni to‘xtatishi haqida va’da berdi. “Endi giyohvand moddalar ishlab chiqarilmaydi va kontrabanda yo‘li bilan boshqa davlatlarga olib o‘tilmaydi. Afg‘oniston afyun yetishtiradigan mamlakat bo‘lmaydi”, — degan harakat vakili Zabihulla Mujohid. U shunday siyosat olib borish uchun “Tolibon”ga xorij davlatlarining ko‘magi zarurligini ham ta’kidlagan. Meduza “Tolibon”ning Afg‘onistonda giyohvand moddalar yetishtirilishiga qarshi turishi juda qiyin bo‘lishini tahlil qilgan.

    Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining xodimlari ko‘knor maydonlarini yoqmoqda, 2021-yil avgust

    Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining xodimlari ko‘knor maydonlarini yoqmoqda, 2021-yil avgust
    Foto: Saifurahman Safi / Xinhua / Sipa / Scanpix / LETA

    Toliblarning mazkur va’dasi haqiqatga to‘g‘ri kelishi yoki aksincha ekanligi hozircha noma’lum, sababi ko‘p yillar davomida harakatning asosiy daromad manbai giyohvand moddalar bo‘lib kelgan. Ammo oxirgi yillarda toliblar o‘z iqtisodiyotini qayta tashkil qilishga urindi va mablag‘larning asosiy qismi boshqa manbalardan olina boshlandi.

    “Tolibon” 2000-yilda giyohvand moddalarni rasman taqiqlagan. Bu harakatning Afg‘onistondagi boshqaruv rejimi tugashiga turtki bergan bo‘lishi mumkin.Geroin savdosi qariyb yigirma yil davomida “Tolibon” uchun asosiy mablag‘lar manbai bo‘lgan, deyiladi 2020-yil may oyida e’lon qilingan BMT Xavfsizlik kengashining hisobotida. Toliblar narkotik ishlab chiqarishdan 2000-yillarda Afg‘onistondagi birinchi hukumati vaqtida uzoqlashishga uringan: 2000-yilda xalqaro hamjamiyat “Tolibon” tuzgan davlatni tan olishi uchun ular afyun va ko‘knori yetishtirishni taqiqlab, ko‘knori yetishtiriladigan dalalarni yo‘q qilgan.

    Oqibatda geroin ishlab chiqarish rekord darajada pasayib ketgan, biroq oradan hech qancha fursat o‘tmay, AQSh qo‘shini Afg‘onistonga kirib kelib, urush boshlangach, toliblar boshqaruvni yo‘qotganidan keyin yana o‘z holiga qaytgandi. Keyinchalik ekspertlar toliblar tomonidan ko‘knor yetishtirishning taqiqlanishi harakat hukumatining tezda qulaganiga sabablardan biri ekanini qayd etgan, ya’ni mahalliy fermerlar toliblarni ortiq qo‘llab-quvvatlamay qo‘ygan. Yakunda mamlakatda ko‘knor yetishtirishga qaytildi va hatto “Tolibon” vakillari ham AQShga qarshi kurashda o‘z-o‘zini moliyalashtirish uchun afyun biznesiga qaytdi. Shuningdek, taqiqning vaqtinchalik bo‘lgani, toliblar geroin narxining minimumgacha tushishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shunday qilgani, chunki mamlakatda ko‘knor hosili odatdagidan ancha ko‘p bo‘lganligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

    AQSh mamlakatga harbiylarini kiritganidan keyin Afg‘onistonda giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashga 9 milliard dollardan mablag‘ ajratilganiga qaramay, afyun yetishtiriladigan ko‘knor maydonlari kattalashdi (nafaqat toliblar hukmronlik qiladigan hududlar, balki rasmiy hukumat yerlarida ham ko‘knor yetishtirilardi).

    Afg‘onistonda oxirgi to‘rt yillikning uch yilida rekord darajadagi hosil olingan, hatto 2020-yil koronavirus pandemiyasi sharoitida ko‘knor plantatsiyalari 37 foizga ko‘paygan. BMT ekspertlarining taxminiga ko‘ra, “Tolibon” o‘ziga tegishli yerlarda ko‘knor yetishtirib, laboratoriyalarida afyun oladi va tayyor “mahsulot”ning mustaqil savdogarlar orqali butun hudud bo‘ylab yetkazib berilishini ta’minlaydi.

    Geroindan tashqari toliblar metamfetamin yetishtirishdan ham daromad ko‘radi. Ushbu modda avval Afg‘onistonda keng tarqalmagan edi, biroq oxirgi besh yil ichida afg‘onlar uni ishlab chiqarish uchun efedra o‘simligidan xomashyo ajratib olishni o‘rgangach, metamfetamin ishlab chiqarish hajmi keskin oshib ketdi. 2014-yilda butun dunyoda atigi 10 kilogramm metamfetamin olingan bo‘lsa, 2019-yilning birinchi yarmida ushbu ko‘rsatkich 650 kilogrammga yetdi. BMT axborotlariga ko‘ra, 2020-yilda toliblar boshqaruvidagi Afg‘oniston yerlarida metamfetamin laboratoriyalarining 60 foizi joylashgani aniqlangan.

    Oxirgi yillarda giyohvand moddalar tashkilotning asosiy daromad manbai bo‘lmay qoldi. Guruh endi foydali qazilmalarni sotish bilan shug‘ullanmoqda.BMT Xavfsizlik kengashi hisobotiga ko‘ra, harakatning 2020-yildagi yillik daromadi 300 milliondan 1,5 milliardgacha deb baholangan. Taqqoslash uchun, 2019-yilda Afg‘onistonning umumiy yalpi ichki mahsuloti hajmi 18,9 milliard dollarni, budjet daromadlari esa 5,5 milliard dollarni tashkil qilgan.

    NATO ham 2020-yil sentabr oyida shunga o‘xshash baholashni amalga oshirgan, “Ozod Yevropa radiosi” tashkilotning yopiq hisobotiga tayanib, ortda qolgan moliyaviy yilda toliblarning 1,6 milliard dollar ishlab topganini xabar qilgan. Shundan 416 millioni giyohvand moddalar savdosidan, yana 450 millioni foydali qazilmalardan, 160 millioni tashkilotga tegishli hududlarda savdo qiluvchi tadbirkorlardan olingan bojlardan olingan daromad. Qolgan 240 million esa “Tolibon”ga o‘zining asosan Pokiston va Fors Ko‘rfazidagi davlatlarda yashovchi homiylaridan kelib tushgan.

    Hisobotda aytilishicha “Tolibon” daromadlarining oshgani uchun, avvalo, mulla Muhammad Yoqubdan minnatdor bo‘lishi lozim. U 2013-yilda o‘ldirilgan Mulla Umarning o‘g‘li. “Tolibon” harbiy komissiyasi rahbari bo‘lgan Yoqubning boshqaruvi ostida toliblar temir rudasi, mis, oltin, rux va boshqa kamyob qazilma boyliklariga, mineral resurslarga ega Afg‘oniston ma’muriy hududlarini asta-sekin egallab olishni boshlagan.

    Toliblar o‘zlari egallagan hududlarda foydali qazilmalar olish sirlarini o‘zlashtirishdi, aholidan soliqlar olishni boshlashdi va bir vaqtning o‘zida o‘zlari egalik qiladigan hududlarda yashirin kanallar yaratish orqali, asosan, Xitoy hamda BAAdagi katta ulgurji xaridorlarga mahsulot yetkazishni boshladi. Oqibatda 2015-yildan 2020-yilgacha guruhning foydali qazilmalardan olgan daromadi hajmi 35 milliondan 464 millionga ko‘tarildi.

    Daromadning boshqa muhim manbasi — “Tolibon” hududi orqali o‘tadigan tranzit mollar uchun olinadigan o‘lpon. Odatda haydovchilardan ular o‘tadigan blogpostlarda haq olinadi. Shuningdek, toliblarning hududida qonuniy biznes olib borayotgan hamma, hatto uzoq hududlarda mobil aloqa tayanch stansiyasini o‘rnatgan aloqa operatori ham o‘z daromadidan ulushni tashkilotga to‘lashi shart.

    Ekspertlar toliblar ko‘knor yetishtirishga qarshi kurash olib bormaydi, deb hisoblamoqda. Sababi ular ko‘knor hosilidan daromad qiluvchi fermerlar bilan urishmoqchi emas.Tahlilchilar “Tolibon” o‘z va’dasida turib, Afg‘onistonni giyohvand moddalardan holi mamlakatga aylantirishining ehtimoli kam deb hisoblamoqda. London universitetining Sharq va Afrika tadqiqotlari maktabi eksperti Jonatan Gudxend Agence France-Presse’ga bergan izohida giyohvand moddalar biznesini haqiqatan rad etish “Tolibon”ning tarqalib ketishiga sabab bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

    “Toliblar bir tomondan G‘arb bilan muloqotga tayyorligini ko‘rsatib, giyohvand moddalardan holi bo‘lmoqchi — bu Yevropaga yaqinlashishning yaxshi yo‘li. Boshqa tomondan bu G‘ilmon va Qandahor viloyatlaridagi fermerlarga jiddiy zarba berishi mumkin”, – deya ta’kidlagan ekspert.

    Bruking institutining eksperti Vanda Felbab-Braun esa Reuters agentligi bilan suhbatda toliblarning avvalgi hukumati davrida giyohvand moddalar yetishtirishni taqiqlash haqidagi qaror ushbu sohadagi afg‘onistonliklar noroziligiga va AQSh harbiylari mamlakatga kirib kelganidan keyin “Tolibon”ning tezda taslim qilinishi sabablaridan biri bo‘lganini eslatgan. Ekspertning fikricha, endi yana hokimiyat tepasiga qaytgan toliblar o‘z boshqaruviga nisbatan norozilik kayfiyatining oshib ketmasligini ta’minlash uchun qishloqlardagi aholi bilan hisoblashishga majbur.

    Mavzuga doir:

    • Guantanamo qamoqxonasining sobiq mahbusi, mulla Umarning bolalikdagi do‘sti va boshqalar. “Tolibon” o‘zining yuqori martabali faxriylarini asosiy vazir lavozimlariga tayinladi
    • “Tolibon” afg‘on ayollarini uydan chiqmaslikka chaqirdi. Chunki jangarilarga hali “ayollar bilan qanday muloqot qilish o‘rgatilmagan”
    • Panjsherda hammasi endi boshlanyapti, Emomali Rahmon tojiklar ishtirokida hukumat tuzishni taklif qildi. Afg‘oniston yangiliklari

    27.08.2021, 08:06   Izoh (0)   45987
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Guantanamo qamoqxonasining sobiq mahbusi, mulla Umarning bolalikdagi do‘sti va boshqalar. “Tolibon” o‘zining yuqori martabali faxriylarini asosiy vazir lavozimlari...

    26.08.2021, 22:56

    Qozog‘istonning Jambil viloyatida portlash sodir bo‘lib, hududdagi harbiy ombor yonayotgani xabar qilindi (video)

    26.08.2021, 21:11

    Kobul aeroporti yaqinida portlash yuz berdi (video)

    26.08.2021, 20:47

    Ispaniyada uch qavatli turar joy binosi qulab tushdi (foto)

    26.08.2021, 19:56

    Afg‘onistondan odamlarni evakuatsiya qilish jarayoni — suratlarda

    26.08.2021, 18:39

    “Tolibon” va Panjsherdagi qarshilik kuchlari bir-biriga hujum qilmaslikka kelishib oldi — OAV

    26.08.2021, 17:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.