• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Muvaffaqiyatga erishishiga yaqinlari ham ishonmagan yulduzlar (foto)

    Mashhur yozuvchilar, aktyorlar yoki qo‘shiqchilarning hikoyalari ko‘p yillar davomida muvaffaqiyatsizlikka uchraganligi, rad etilganligi va boshqalarning tanqidiy qarashlari bilan to‘la. Faqat chinakam kuchli shaxslargina mashaqqatga boy yo‘lni yengib o‘tishga qodir va ularga shubha qilganlarning barchasiga, yumshoq qilib aytganda, noto‘g‘ri ekanliklarini isbotlay oladi. Qolaversa, ayrim hollarda nafaqat yaqinlar, balki o‘z ota-onalari ham bugungi mashhur odamlarning qanotlarini kesishga harakat qilgan.

    Kventin Tarantino

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Mashhur rejissor va ssenariynavis bolaligidanoq adabiy maydonda kuchini sinab ko‘rishni boshladi. Va ko‘pincha bu uy vazifasi zarariga sodir bo‘lardi. Natijada Kventin onasi bilan doimo janjallashib turardi. Tarantino hech qachon onasining maktab mashg‘ulotlari haqidagi yomon fikrlarini kechira olmagan. U kelgusidagi gonorarining bir foizini ham unga bermaslikka va’da bergan.

    Jennifer Eniston

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan aktrisalardan biri doimo onasi tomonidan tanqid qilinardi. Nensi Dou filmlarda ham rol o‘ynagan, ammo uning filmografiyasi yulduz qiziga qaraganda ancha kamtar bo‘lib chiqdi va u hech qanday maxsus mukofotlarga ega emas edi. Ammo Jennifer “Do‘stlar” sitkomi, shuningdek, aktyorlik uchun bir qancha nufuzli mukofotlar, shu jumladan, “Emmi” va “Oltin globus” tufayli dunyoga mashhur.

    Stiven Spilberg

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Rejissor Stiven Janubiy Kaliforniya universitetining kino maktabiga qabul qilinmagan. Sababi arzimas maktabdagi o‘rtacha ko‘rsatkich va sertifikatda past baholar edi. Yigit taslim bo‘lmagan va orzusini ro‘yobga chiqarish uchun kurashni davom ettirgan.

    Anjelina Joli

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Hozirda “Oskar” va bir nechta “Oltin globus” mukofotlari bo‘lgan aktrisa maktabda masxaralashga dosh berishga majbur bo‘lgan. Bolalar uni nozikligi, shuningdek, ko‘zoynak taqib olgani uchun masxara qilishardi. Biroz vaqt Anjelina faqat qora kiyim kiyishni boshlagan va hatto darslarini ham tashlagan.

    Opra Uinfri

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Kichkina Opraning mashhur teleboshlovchi bo‘lishiga ishongan yagona odam buvisi edi. U nevarasi hatto panjara ustidagi qo‘g‘irchoq va qarg‘alardan qanday intervyu olganini eslaydi. Ammo boshqa odamlar kambag‘al oiladan bo‘lgan, bolaligida kartoshka qopidan tikilgan libos kiygan qiz hayotda hamma narsaga erisha olishiga ishonmagan.

    Viktoriya Bekxem

    Foto: Aquarella

    Foto: Aquarella

    Spice Girls’ning mashhur qo‘shiqchisi va modelyeri deyarli prodyuserlar tomonidan rad etilgan. Ular qizlarning ijodkorligi juda o‘ziga xosligini va keng jamoatchilik tomonidan talab qilinmasligini his qilgan. Shuning uchun ular qizga bolalar televizion dasturlarida ishtirok etishni davom ettirsa yaxshi bo‘lardi, degan fikrni bildirgan. Ammo yosh xonimlar o‘zini tanitishda davom etdi va natijada 1990-yillarning mashhur pop guruhlaridan biriga aylandi. Viktoriya Bekxem o‘shandayoq o‘zining yulduzlik karyerasini boshlagan.

    Elvis Presli

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Bo‘lajak rok-n-rol qiroli yoshligida Tennessi shtatidagi vokal kvarteti tanlovida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Yigitga qo‘shiq kuylamaslikni taklif qilishdi. Keyin Presli Crown Electric kompaniyasiga yuk mashinasi haydovchisi sifatida ishga joylashdi, lekin vokalchi bo‘lish umidini yo‘qotmadi. Keyingi sinovlarda esa unga: “Yuk mashinasini haydashda davom eting, chunki qo‘shiqchi sifatida siz to‘liq nolsiz”, deyishgan.

    Ledi Gaga

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Bolaligidan yosh Stefani Jermanotta o‘z tengdoshlari orasida o‘zini noqulay his qilardi. 17 yoshida bo‘lajak Ledi Gaga Nyu-York universitetining musiqa maktabiga o‘qishga kirdi, lekin u yerda ham tengdoshlari bilan munosabat o‘rnata olmadi. Ular hatto Facebook’da “Stefani Jermanotta, sen hech qachon muvaffaqiyat qozonmaysan” nomli haqoratli nom bilan guruh tuzdi. Natijada 2-kursni tashlab, musiqiy karyerasiga e’tibor qaratdi.

    Jessika Chezteyn

    Foto: “Film.ru”

    Foto: “Film.ru”

    2000-yillarning o‘rtalarida aktrisa, asosan, televizion loyihalarda kichik rollar bilan kifoyalandi. Hammasiga sochlarning nostandart qizil rangi sabab bo‘lgandi. Ammo keyin Jessikaning iste’dodi sezildi va 2011-yilda uning ishtirokida 6 ta film, shu jumladan, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan “Xizmatkor” va “Hayot daraxti” chiqarildi. Endi aktrisaning ko‘plab mukofotlari va nominatsiyalari bor, shu jumladan, “Oskar” va “Oltin globus” ham.

    Arnold Shvarsenegger

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Yosh Arnold bodibilding karyerasini tugatib, aktyorlik bilan shug‘ullanishga qaror qilganida ko‘p eshitgan. Hamma uning gavdasi va g‘alati aksenti borligini aytdi. Bo‘lajak aktyor bu odamlarning fikrini jiddiy qabul qilmagan va ekranlarda ko‘rinishni ma’qul ko‘rgan.

    Shakira

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Hozirgi “Gremmi” mukofoti sovrindori bolaligida maktab xoridan quvilgan. Sinfdoshlari bo‘lajak yulduzga: “Sen qo‘shiq aytmaysan, echkidek qichqirasan” deya masxara qilishgan. Biroq bu qizni bezovta qilmadi, musiqiy tajribalarini muvaffaqiyatli davom ettirdi va oxir-oqibat dunyoning eng taniqli qo‘shiqchilaridan biriga aylandi.

    Mavzuga doir:

    • Kino tarixidagi eng muvaffaqiyatli aktyor kim ekanligi ma’lum bo‘ldi
    • Karyerasining avvalida tunashga ham joyi bo‘lmagan Gollivud yulduzlari (foto)
    • Arzimagan pul uchun rol o‘ynashga rozi bo‘lgan aktyorlar (foto)

    20.08.2021, 21:59   Izoh (0)   33822
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Filmlarda bir-birini chinakamiga sevgan yulduzli juftliklar (foto)

    20.08.2021, 16:57

    25 yildan so‘ng qirollik oilasi malika Diananing shov-shuvli intervyusi uchun 1,5 million dollar tovon puli oladigan bo‘ldi

    20.08.2021, 13:46

    Diyora Usmonova Qo‘qonda o‘tgan bolaligi, kiyinish uslubi va farzand tarbiyasidagi muhim jihatlar haqida so‘zlab berdi (video)

    19.08.2021, 21:56

    MakSim, Uitni Xyuston va ovozidan ayrilgan boshqa xonandalar

    19.08.2021, 18:56

    Ko‘p farzandli yulduz onalar (foto)

    19.08.2021, 13:55

    Gollivud yulduzi Sandra Bullok haqida 14 ta qiziqarli fakt (foto)

    19.08.2021, 09:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eronda noma’lum shaxslar sud binosiga qurolli hujum uyushtirdi

    Dunyo | 26 iyul, 18:50

    “Arsenal” salkam 70 mln yevrolik futbolchi xarid qiladi

    Sport | 26 iyul, 18:30

    AQSH senatorlari Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga undadi

    Dunyo | 26 iyul, 18:05

    “Kimgadir shu kerak ekan”. Toshkentdagi ko‘p yillik archalar yong‘ini uyushtirilganmidi? (reportaj)

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:41

    Yuqori harorat ish qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Kardiolog javob berdi

    Karyera | 26 iyul, 17:35

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29

    Arman Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

    Sport | 26 iyul, 17:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.