Pangaia brendi paxta o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan o‘simlik tolalari asosida mato ishlab chiqdi, deb xabar beradi Esquire.
Birinchi material PLNT Fiber nomini olgan. U bambuk, Himolay qichitqi o‘ti, evkalipt va dengiz o‘tlaridan tashkil topgan. Bular tez o‘sadigan o‘simliklar bo‘lib, ularning yetilishi uchun paxtadan farqli o‘laroq pestitsidlar, o‘g‘itlar yoki sug‘orish ishlari talab etilmaydi.
Ikkinchi mato FRUT Fiber — bu bambuk liotsellasi va mevalar chiqindisidan olinadigan tolalarning aralashmasi: mevalar yig‘ib olinganidan keyin qoladigan ananas va banan barglari. Paxta va sintetikaning muqobiliga aylanishdan tashqari, u oziq-ovqat chiqindilari borasidagi muammolarni ham hal etadi. Aks holda ular yoqib yuborilmoqda — bu qishloq xo‘jaligida uglerod izining ko‘payishiga olib keladi.
Yangi materiallardan bazaviy buyumlar — xudi, futbolka, sport shimlari va shortilar tikilgan. Bu keng o‘lchamdagi lineykaga kiruvchi gender-neytral kiyim-kechaklar hisoblanadi.
O‘simlik matolaridan ishlangan kolleksiyani Pangaia sayti orqali topish mumkin: futbolka va shortilar narxi 95 dollar atrofida bo‘lsa, xudilar 195 dollardan boshlanadi.
Mavzuga doir: Singapurlik olimlar “aqlli” sport kostyumini yaratdi
Izoh (0)