Navoiy viloyatining Nurota tumanida YTHga uchragan Nexia-3’da 43 yoshli yo‘lovchi halok bo‘ldi.
YHXBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, voqea 28-iyul kuni soat 16:20 larda Nurota tumani, “Qadoq” MFY hududidan o‘tgan 4R-55 avtomobil yo‘lining 76-kilometrida yuz bergan. Haydovchi Nexia-3’da harakatlanib ketayotib boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.
Oqibatda 1982-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi X.K. og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Xabarda aytilishicha, ushbu YTH yuzasidan Nurota tumani IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Navoiy viloyatining Navbahor tumanida Nexia-3 ag‘darilishi oqibatida uch kishi, Qiziltepa tumanida katta tezlikda ketayotgan Nexia-2 ag‘darilishi oqibatida 20 yoshli yo‘lovchi vafot etgandi.
Izoh (0)