Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hududidan o‘tgan yo‘lda Nexia-2 YTHga uchrashi oqibatida 20 yoshli yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Navoiy viloyati IIB YHXB matbuot xizmati

Voqea 27-iyun kuni soat 12:30 larda yuz bergan. 20 yoshli haydovchi Nexia-2’ni Qiziltepa—Kogon yo‘nalishida katta tezlikda haydab ketayotganida boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib ketgan.

Oqibatda avtomobilda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 20 yoshli fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay vafot etgan.

Holat yuzasidan Qiziltepa IIB tergov bo‘limi tomonidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida odamlar o‘limiga olib kelish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Navoiyda haydovchining tezlikni oshirishi oqibatda uch nafar yo‘lovchi vafot etgani, Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yuk avtomobili bilan to‘qnashgan velosipedchi shifoxonada vafot etgani haqida xabar berilgan edi.