Daryo

Qamchiq dovonida Captiva yo‘l chetiga ag‘darilishi oqibatida 5 kishi jarohatlandi

YTH yuzasidan hududiy IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish48 610 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB

Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida Qamchiq dovonida Captiva ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Foto: YHXBB

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 27-iyul kuni soat 14:20 larda Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 215-kilometrida Captiva rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib, transport vositasi ag‘darilgan.

Oqibatda mazkur avtomobil haydovchisi va 4 nafar yo‘lovchisi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.

YTH yuzasidan hududiy IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Qashqadaryoda yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketgan Nexia haydovchisi YTH oqibatida halok bo‘lgani, Samarqandda Lada yo‘lni kesib o‘tayotgan 24 yoshli fuqaroni urib yuborgani hamda Namanganda ikki Damas to‘qnashuvi oqibatda to‘rt yashar qizaloq halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar