• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Olimpiya rekordi, medalga “bir qadam” qolganda kurashdan chiqqanlar va ishonchni oqlayotgan bokschilar. O‘zbekistonlik sportchilarning Tokio—2020 3-kunidagi natijalari

    Yaponiyaning Tokio shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 26-iyul kungi chiqishlarini yakunladi.

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Qilichbozlik

    18 yoshli Zaynab Dayibekova sablya yo‘nalishining dastlabki bosqichida yaponiyalik Aoki Chikani 15:9 hisobida mag‘lub etdi. 1/16 finalda o‘zbekistonlik qilichboz Osiyo o‘yinlari finalchisi xitoylik Yatsi Shaoni 15:10 hisobida taslim qildi. Dayibekovaning keyingi raqibi Janubiy Koreya vakili Ji Su Yon bo‘ldi. Ushbu jangda Zaynab 15:12 hisobida g‘alaba qozondi. Chorak finalda Dayibekova vengriyalik Anna Martonga imkoniyatni boy berib qo‘ydi — 11:15. Shu tariqa musobaqalarda 35-raqamda saralangan Dayibekova yakunda kuchli sakkizlikka kirishga muvaffaq bo‘ldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Boks

    26-iyul kuni o‘zbekistonlik ikki nafar bokschi ringga ko‘tarildi. Shahobiddin Zoirov (-52 kg) turkiyalik Botuxon Chifchiga imkoniyat qoldirmadi (5:0). Rio—2016 Olimpiadasi chempionining keyingi raqibi Kabo-Verde vakili David De Pina bo‘ladi. Jang 31-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

    Fanat Qahramonov (-75 kg) gruziyalik Giorgi Xarabadzega qarshi bahsda g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga chiqdi. Fanat nimchorak finalni 29-iyul kuni qozog‘istonlik Abilxan Amankulga qarshi o‘tkazadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shu tariqa Tokio—2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘l olgan 11 nafar o‘zbekistonlik bokschidan 9 nafari 1/8 finalida qatnashadigan bo‘ldi. 25-iyul kuni uch nafar o‘zbekistonlik bokschi: Tursunoy Rahimova, Elnur Abduraimov va Dilshod Ro‘zmetov o‘z janglarini g‘alaba bilan yakunlab, keyingi bosqichga yo‘l olgandi. Rayhona Qodirova, Mirazizbek Mirzaxalilov, Bobousmon Boturov va Bahodir Jalolov yuqori reyting sabab o‘z ishtirokini 1/8 finaldan boshlaydi. Avvalroq Shahnoza Yunusova va Sanjar Tursunov 1/16 finalda yutqazib, Olimpiada bilan xayrlashgandi.

    Dzyudo

    -73 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Hikmatulloh To‘rayev dastlabki bosqichda germaniyalik Igor Vandtkeni mag‘lub etib, avvalgi sheriklarining muvaffaqiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi. Biroq To‘rayev 1/8 finalda janubiy koreyalik nomdor sportchi Chan Rim Anga to‘qnash kelib qoldi va imkoniyatni boy berdi.

    Olimpiadaning dastlabki ikki kunida Sharofiddin Lutfullayev (-60 kg), Sardor Nurillayev (-66 kg) va Diyora Keldiyorova (-52 kg) 1/16 finaldayoq o‘z yurishini to‘xtatgandi. Shu tariqa yakkalik bahslarda ishtirok etadigan 10 nafar (7 erkak, 3 ayol) o‘zbekistonlik dzyudochidan 4 nafari o‘z chiqishini yakunladi.

    Taekvondo

    Nigora Tursunqulova (-67 kg) 1/8 finalda xitoylik Mengyu Chjanga qarshi bahs olib bordi. Asosiy vaqt 9:9 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha raundda “Oltin zarba”ni ijro etish xitoylik sportchiga nasib etdi. Shu tariqa Rio Olimpiadasida chorak finalga qadar yetib borgan Tursunqulova bu safar ilk bosqichdayoq o‘z yurishini to‘xtatdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Nikita Rafalovich 1/8 finalda Dominikan vakili Moyzes Ernandesni 17:7 hisobida yengdi. Chorak finalda Rafalovichga ikki karra jahon chempioni va Rio Olimpiadasi sovrindori ozarbayjonlik Milad Begini 12:1 hisobida taslim etdi. Biroq yarim finalda Nikita kutilmaganda qo‘shimcha bo‘limlardagi “oltin zarba” tufayli iordaniyalik Solih ash-Sharabatiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda o‘zbekistonlik sportchi Toni Kanayetga yutqazdi (24:18) va medallardan quruq qoldi.

    Og‘ir atletika

    -55 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Muattar Nabiyeva Olimpiada tarixiga kirdi. Dast ko‘tarish mashqida 98 kg vaznni bo‘ysundirgan Nabiyeva ushbu vazn toifasi rekordini yangiladi. Biroq siltab ko‘tarish mashqlarida Muattarga omad yetishmadi. Ikki urinishda 114 kg qayd etgan sportchi uchinchi urinishda 117 kilogrammlik toshni ko‘tara olmadi. Shu tariqa umumiy 213 kg natija bilan Nabiyeva 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    26.07.2021, 20:33   Izoh (0)   30841
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tokio-2020. Olimpiada rekordini o‘rnatgan og‘ir atletikachi Muattar Nabiyevaga bronza medalini qo‘lga kiritish uchun bir kilogramm yetmadi

    26.07.2021, 18:31

    Nikita Rafalovich Tokio Olimpiadasining bronza medali uchun kechgan bahsda xorvatiyalik raqibiga mag‘lub bo‘ldi

    26.07.2021, 17:03

    Tokio Olimpiadasida yaponiyalik aka-singil dzyudochilar bir soat ichida ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bunaqasi Olimpiada tarixida bo‘lmagan

    26.07.2021, 16:16

    Tokio—2020. Fanat Qahramonov gruziyalik bokschidan ustun kelib, 1/8 finalga chiqdi

    26.07.2021, 15:19

    Tokio—2020. Yaponiyalik 13 yoshli qiz Olimpiya chempioni bo‘ldi. Kumush medal egasi ham 13 yoshda

    26.07.2021, 15:02

    Tokio—2020. Nikita Rafalovich yarim finalda iordaniyalik taekvondochiga yutqazib qo‘ydi

    26.07.2021, 13:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eronda Isroil bilan urushda halok bo‘lgan harbiylarning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 17:55

    O‘zbekistonda 29-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 17:35

    Qozog‘istonda ayol avtobus bekatida farzand ko‘rdi

    Dunyo | 28 iyun, 17:15

    Pokistonda portlash tufayli kamida 16 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 28 iyun, 16:55

    Klopp klublar o‘rtasidagi JCH haqida: “Bu kabi turnirlar futbolchilar salomatligi hisobiga o‘tkazilmasligi kerak”

    Sport | 28 iyun, 16:53

    O‘zbekistonda ekologiya bo‘yicha huquqbuzarlarga 115 mlrd so‘m jarimalar belgilandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 16:35

    Hindistondagi hodisa yagona emas: tarixdagi eng yirik aviahalokatlar qayerda sodir bo‘lgan?

    Dunyo | 28 iyun, 16:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.