Taekvondo bo‘yicha -80 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Nikita Rafalovich bronza medali uchun bahsda qatnashdi.
U xorvatiyalik Toni Kanayetga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 3 ta raund natijasiga ko‘ra 24:18 hisobi qayd etildi.
Shu tariqa Nikita musobaqani medalsiz yakunladi. U 1/8 finalda Dominikan vakili Moyzes Ernandesni 17:7 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan, chorak finalda esa ozarbayjonlik Milad Begini yenggandi (12:1).
Eslatib o‘tamiz, 25-iyul kuni o‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashidov Olimpiya o‘yinlari oltin medaliga sazovor bo‘lgandi.
Izoh (0)