Yaponiyaning Tokio shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiadada 25-iyul kuni og‘ir atletika bo‘yicha -67 kg vazn toifasidagi bahslar o‘tkazildi.
Ushbu vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Adhamjon Ergashev dast ko‘tarish mashqida 139 kg, siltab ko‘tarishda esa 173 kg og‘irlikni o‘ziga bo‘ysundirdi.
Ikki kurash bahslariga ko‘ra Ergashev umumiy hisobda 312 kg og‘irlik bilan musobaqani oltinchi o‘rinda yakunladi. U so‘nggi chiqishida 184 kg og‘irlikni ko‘tara olmadi.
Avvalroq taekvondochi Ulug‘bek Rashidov finalda britaniyalik raqibini mag‘lub etib, oltin medalga ega chiqqandi. Bokschilar Elnur Abduraimov, Dilshod Ro‘zmetov, Tursunoy Rahimova esa keyingi bosqichga yo‘l olgandi.
Izoh (0)