Toshkent—Xojikent yo‘nalishida harakatlanuvchi elektropoyezd Oqqavoq temiryo‘l bekatida to‘xtatildi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 10-iyun kuni soat 08:18 da ushbu yo‘nalishda harakatlanuvchi 6429-sonli elektropoyezd Oqqavoq temiryo‘l bekatida Tyagoviy elektrodvigateldan tutun chiqqani sababli harakatini to‘xtatgan.
Hozirda elektrovozni almashtirish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 1-iyun kuni Toshkent—Xojikent poyezdlarining 4 ta reysi bekor qilingandi.
Ushbu yo‘nalishdagi shaharlararo tezyurar poyezdi qatnovi 2019-yilning may oyidan yo‘lga qo‘yilgan.
Izoh (0)