• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Yevro—2020. “Qizil furiya” Zlatansiz qolgan shvedlarga qarshi, “oq burgutlar” esa “lochinlar” bilan o‘ynaydi

    Yevro—2020 bahslari davom etadi. 14-iyun kuni D va E guruhidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. D guruhidan joy olgan Shotlandiya va Chexiya o‘yini Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlansa, Polsha — Slovakiya uchrashuvi 21:00 da bo‘lib o‘tadi. 14-iyunga belgilangan so‘nggi o‘yin Ispaniya va Shvetsiya o‘rtasida bo‘ladi. Sevilyada bo‘lib o‘tadigan o‘yin 00:00 da start oladi.

    Yevro—2020

    1-tur bahsi

    14-iyun, dushanba

    Ispaniya, Sevilya. “Estadio de la Kartuxa” stadioni

    Ispaniya – Shvetsiya 00:00

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Ispaniya

    Koronavirus mashg‘ulotlar va tayyorgarliklar rejasini barbod qildi

    6-iyun kuni Serxio Buskets koronavirus uchun test topshirdi va natija ijobiy chiqqach, Ispaniya terma jamoasining musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish rejalari o‘zgarib ketdi. Litva bilan bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuviga yoshlar jamoasi tushirildi. Agarda kattalar karantinga olinadigan bo‘lsa, yoshlar Yevroda ularning o‘rniga musobaqani davom ettirilishi ko‘zda tutilgandi.

    Diyego Lyorentening ham topshirgan testi ijobiy chiqqanidan so‘ng vaziyat yanada jiddiylashgani oydinlashdi. Futbolchilar ma’lum muddat individual mashqlarni bajarishga majbur bo‘ldi. Lyorentening ikkinchi bor topshirgan testi salbiy natijani ko‘rsatganidan keyin u ham Shvetsiyaga qarshi bahsda maydonga tushishga ruxsat oldi.

    Shvetsiyaga qarshi o‘yinga 3 kun qolganda Ispaniya terma jamoasining barcha futbolchilari vaksina oldi. Vaksinadan so‘ng yuz beradigan ba’zi aks-ta’sirlar birinchi o‘yindayoq futbolchilarning jismoniy holatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

    De Xea Ispaniya terma jamoasi tarixiga kirmaydiganga o‘xshaydi

    Ispaniya terma jamoasining afsonaviy darvozabonlari Andoni Subisaretta va Iker Kasilyaslar o‘z jamoalarida bir nechta musobaqa davomida asosiy darvozabon sifatida ishtirok etgan. Afsuski, David de Xeaga bu darvobonlar qatoriga kirish nasib etmayapti. Iker Kasilyasning izdoshi sifatida ko‘rilgan David ispanlar ishtirok etgan oxirgi ikki yirik musobaqada (Yevro—2016 va JCh—2018) ishonchni oqlay olmagani sababli bosh murabbiy Luis Enrike Yevro—2020 da “Atletik” darvozaboni Unai Simonga ko‘proq ishonyapti.

    Bunga yana bir sabablardan biri de Xea yakunlangan mavsumda “Manchester Yunayted”da ham omadsiz o‘tkazgani bo‘lishi mumkin. Ispaniyalik posbon Din Henderson bilan raqobatda yutqazib qo‘yishiga oz qoldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ramosning o‘rnini kim bosadi?

    Ispaniya terma jamoasiga “Real” futbolchilaridan birortasi chaqirilmagach, Luis Enrike manziliga juda ko‘p savollar yog‘dirildi. Eng hayratlanarlisi Serxio Ramos ham qaydnomadan tushib qoldi. Uning o‘rniga ortda qolgan navsumda “Manchester Siti”da u qadar ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan Erik Garsiya va Aymerik Lyaportlar chaqirildi.

    Lyaport Fransiya termasining taklifini kutib o‘tirmadi va o‘zida basklar qoni oqayotgani sabab Ispaniya fuqaroligini oldi. Hattoki Ispaniyaning Portugaliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘z debyutini o‘tkazishga ham ulgurdi. Aymerik va Garsiyaga “Vilyarreal” himoyachisi Pau Torres yordamchi bo‘ladi.

    Shvetsiya

    Shvedlarda ham koronavirus sabab yo‘qotishlar bor

    Yevro boshlanishiga 6 kun qolganda Shvetsiya terma jamoasida ham koronavirus bilan bog‘liq muammo paydo bo‘ldi. “Yuventus” yarim himoyachisi Deyan Kulusevski va “Bolonya” futbolchisi Mattias Svanbergda koronavirus aniqlandi. Natijada butun jamoa test topshirishga majbur bo‘ldi. Boshqa futbolchilarda koronavirus aniqlanmadi.

    Svanberg shvedlarning asosiy futbolchisi bo‘lmasa-da, Kulusevski yarim himoyaning ishonchli vakili edi. Eng kamida birinchi o‘yinda uning o‘rnini Emil Forsberg yoki Viktor Klasson to‘ldiradi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shved darvobonlari omadsiz mavsum o‘tkazdi

    Shvetsiyaning asosiy darvozaboni Robin Olsen “Everton” sharafini himoya qiladi. Liverpul jamoasi Olsenga 2020/21-yilgi mavsum davomida 10 ta o‘yinda o‘zini ko‘rsatishga imkon berdi, xolos. Robinning formada emasligi ispanlarga qarshi o‘yin oldidan shvetsiyalik muxlislarni xavotirga solyapti.

    Qolgan ikki darvozabon o‘z jamoalarida Olsendan ko‘ra ko‘proq o‘yin o‘tkazgan. Ammo ularning ham natijalari havas qilarli darajada emas. Karl-Yuhan Yunsson mavsum davomida “Kopengagen”dagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi. Kristoffer Nordfeldt esa “Genchlerbirligi” bilan Turkiyaning ikkinchi divizioniga tushib ketdi.

    Murabbiylarning fikrlari:

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Asosiy tarkibda kimni tushirish borasida bosh qotiryapman. Hozir qiyin vaziyatdamiz. Maydonga tushib, o‘sha yer atmosferasini ko‘rgach, barchasi joyiga tushishiga umid qilyapmiz.

    Futbolchilarim ulardan nimani talab qilayotganimni tushunayotganidan xursandman. Agar maydonda ham shuni ko‘rsata olsa, men maqsadimga erishgan bo‘laman.

    Luis Enrike, Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Men terma jamoa bilan 61 ta o‘yin o‘tkazdim. Kuchli va kuchsiz raqiblarga qarshi bahs olib bordik. O‘tgan yili kuzda Millatlar Ligasida dunyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o‘ynagandik. Shunday o‘yinlar yirik musobaqalar oldidan tajriba to‘plashingga yordam beradi.

    Ispaniyaga qarshi mehmondagi o‘yin — hozirgi zamonaviy futbolda eng qiyin vazifalardan biri. Boshqa tomondan esa bu qiziqarli. Imkoni boricha yaxshiroq o‘yin ko‘rsatish kerak. Bir safar uddalaganmiz, yana bir bor buni takrorlash niyatidamiz.

    Yanne Andersson, Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi

    Taxminiy tarkiblar: 

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Ispaniya: Unai Simon; Xose Gayya, Pau Torres, Erik Garsiya, Sesar Aspilikueta; Tiago Alkantara, Rodri, Koke, Mikel Oyarsabal, Ferran Torres; Alvaro Morata.

    Shvetsiya: Robin Olsen; Mikael Lyustig, Filip Helander, Viktor Lindelyof, Lyudvig Augustinsson; Emil Forsberg, Kristoffer Ulsson, Albin Ekdal, Viktor Klasson; Markus Berg, Aleksandr Isak.

    Jamoalarning oxirgi 5 o‘yini natijalari:

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Mavzuga doir: “Real”dan bitta ham o‘yinchi olmagan Ispaniya, Zlatansiz Shvetsiya, Levandovskiga ishongan Polsha va kamtargina Slovakiya. Yevro—2020 E guruhi haqida

    “Tartancha armiya” tartibli chexlarga qarshi

    Yevro—2020

    1-tur bahsi

    14-iyun, dushanba

    Shotlandiya, Glazgo. “Hempden Park” stadioni

    Shotlandiya – Chexiya 18:00

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Shotlandiya terma jamoasi 25 yil deganda Yevro musobaqasiga chiqa oldi. Shotlandlarda yosh va iste’dodli futbolchilar bisyor. Ularning ko‘zidagi “olov” terma jamoaga umid bag‘ishlaydi. Shotlandiyaliklarning birinchi turdagi raqibi Chexiya bo‘ladi. Yevro—2004 da yarim finalga qadar yetib borgan chexlar hozirgacha yirik musobaqalarda yaxshiroq natija qayd eta olmayapti. Chexiya tartibli o‘yini evaziga shotlandlarga qarshi sovg‘a tayyorlab qo‘ygan bo‘lishi mumkin.

    Jamoalarning oxirgi 5 o‘yini natijalari:

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

     Mavzuga doir: O‘z uyidagi finalda ishtirok etishni ko‘zlagan “uch sherlar”, tajribali Xorvatiya, Shotlandiyaning qaytishi va barqaror chexlar. Yevro—2020 D guruhi haqida

    “Oq burgutlar” “lochinlar”ga qarshi

    Yevro—2020

    1-tur bahsi

    14-iyun, dushanba

    Rossiya, Sankt-Peterburg. “Sankt-Peterburg” stadioni

    Polsha – Slovakiya 21:00

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Polsha terma jamoasi birinchi tur o‘yinlariga yo‘qotishlar bilan tashrif buyurdi. Avvaliga Pyontek jarohat olgan bo‘lsa, keyin Levandovskiga yordamchi hisoblangan Arkadiush Milik Yevroni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi. U ham musobaqa oldidan jiddiy jarohat oldi. Dunyoning eng yaxshi hujumchisi tarkibida bo‘lsa ham Polsha favoritlar qatorida hisoblanmayapti. Slovakiya terma jamoasi deganda ko‘z oldimizga — Marek Hamshik ismi keladi. Undan tashqari Slovakiyada yana bir qancha yulduzlar: Martin Dubravka, Peter Pekarik, Milan Shkrinyar, Stanislav Lobotkalar bor. Slovaklar guruh autsayderi bo‘lsa-da, raqiblariga qarshi boshog‘riq bo‘lishi kutilmoqda.

    Jamoalarning oxirgi 5 o‘yindagi natijalari: 

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    14.06.2021, 15:48   Izoh (0)   14362
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tilga kirgan Eriksen, Novak Jokovichdan tarixiy natija va JCh—2022 ga borishni maqsad qilgan Buffon. Eng so‘nggi sport xabarlari dayjesti

    14.06.2021, 09:42

    Amerika Kubogi—2021. Braziliya terma jamoasi musobaqani yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi

    14.06.2021, 08:22

    Yevro—2020. 5 ta gol urilgan dahshatli o‘yinda Niderlandiya Ukrainani yengdi, Yarmolenkodan shedevr gol

    14.06.2021, 01:54

    Angliya noxush an’anasiga chek qo‘ydi, “PSJ”dan navbatdagi transfer, yuragi to‘xtab qolgan Eriksen va boshlanayotgan Kopa Amerika. Eng so‘nggi sport xabarlari dayj...

    13.06.2021, 23:08

    Yevro—2020. Avstriya musobaqa debyutanti ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

    13.06.2021, 22:57

    Yevro—2020. Angliya o‘z maydonida Xorvatiya ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

    13.06.2021, 20:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 24-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 24 iyun, 23:15

    Chinozdagi dehqon bozorida o‘g‘rilik sodir etgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 23:00

    NASA’ning “o‘lik” sun’iy yo‘ldoshi 60 yildan so‘ng birinchi marta signal yubordi

    Dunyo | 24 iyun, 22:38

    London politsiyasi Florensiyada yasalgan 285 yillik skripkani qidirmoqda

    Dunyo | 24 iyun, 22:21

    “Ukrainani Yevropa Ittifoqi va NATOga qabul qilish mumkin emas” — Vengriya bosh vaziri

    Dunyo | 24 iyun, 22:05

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari rafiqalari bilan birga qo‘shma konsertda ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 21:51

    O‘zbekistonda besh oyda qancha fuqaro ovqatdan zaharlangani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 21:45

    O‘zbekiston Kubogi. “Mashʼal” mehmonda “Neftchi”ni mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

    Sport | 24 iyun, 21:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.